React JS forever
13 subscribers
25 photos
4 videos
10 links
Contact: @dev_izzat
Download Telegram
Channel created
Hozirgi stackimni kengaytirmoqchiman. Mobile applarga qiziqishim ortib boryapti. React Native ni o'rganishni boshlamoqchiman. Lets start to learn some new technologies!
👍2
# React query haqida

React query API so’rovlarini boshqarish uchun yaratilgan kutubxona bo’lib, oddiy fetch metodidan bir qator ustunliklarga ega. Masalan, fetch orqali ishlaganimizda ErrorHandling bilan bog’liq muammolar o’z-o’zidan hal bo’lib ketadi, loading holatini ko’rsatish uchun yozish kerak bo’ladigan qo’shimcha statelarga hojat qolmaydi. Va yana bir qator qulayliklarga ega. Quyidagi rasmlar orqali fetch metodi va react-query ning farqlarini ko’rsak bo’ladi.
👍2
Material-Tailwind

Reactchilar uchun zo'r yangilik!
UI componentlarga asoslangan Matrial UI va Utility classes ga asoslangan Tailwind CSS ni birlashtirgan holda yozilgan yangi kutubxona.
O'zim hali ishlatib ko'rmadim ))
#highlyrecommended
#reactjsforever
#uitrends
🔥2👍1
# Nesting endi CSS da

SCSS preprotsessori orqali yoziladigan CSS Nesting sintaksisi endi oddiy CSS da.

Sintaksis hali barcha browserlar tomonidan support qilinmagan, lekin ishlatsa bo’ladigan darajada (76%).

#undisputedcss
#cssalwaysintrend
👍4
Hayotdagi muammolardan charchadingizmi? Leetcode da masala yechishni boshlang. Ishoning, sizning muammolaringiz bu yerdagi muammolar oldida hech nima emasligini tushunib yetasiz )
👍3
JavaScript ES6+ versiyalaridagi qo'shilgan yangi xususiyatlar ro'yxati

🪓🪓🪓 from linkedin.com
👍3
#Joke

Junior developers width 7 years experience
🔥3👍1
#Angular

myFrontendFrameworks.push("Angular")
🥱1
Angular bo’yicha xulosalarim

Bo’sh vaqtimda frontend konsepsiyalari bo’yicha bilimlarimni oshirish maqsadida Angular o’rganishni boshladim.

Nimaga Angular? Nimaga Vue yoki Remix, Gatsby emas?

Birinchi sabab, Angular google tomonidan ishlab chiqilgan, web dasturlashni esa bu kompaniya mahsulotlarisiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, fotdalanuvchilarning katta qismi google browserlaridan foydalanishini hisobga olsak, Angularda google browserlari bilan ishlashda qandaydir ustunlik tomonlar bo’lishi kerak degan (subyektiv) fikr.

Ikkinchi sabab, Angular boshqa frontend frameworklariga nisbatan ertaroq ishlab chiqilgan va qaysidir ma’noda React js, Vue js larda Angulardan ilhomlanilgan, undagi kamchiliklardan xulosa chiqarilgan joylari bor.

### Plus taraflari

Routing, style va boshqa bir qancha imkoniyatlar frameworkning o’zida default holatda qo’shilgan bo’lishi, component generatsiya qila olishi, Reactdagidek routing uchun alohida package, style uchun alohida package o’rnatib o’tirish shart emasligi, ma’lumotlar oqimini boshqarishda ham (”data flow”) qo’shimcha imkoniyatlarga ega ekanligi.

Support qiladigan kompaniyaning nomi Google ekanligi.

### Minus taraflari

Men sezgan birinchi noqulay tarafi OOP asosida ishlashi. Bu narsani minus tarafga kiritishim qanchalik to’g’ri no’to’g’riligini bilmadimku, lekin functional programmingdan foydalanib kelgan dasturchi sifatida biroz noqulaylik tug’dirdi.

Hamma narsa qoliplashtirilgan. Dastur yozayotgan vaqtingiz oldindan belgilab olingan “ramka” dan chiqib ketolmaysiz. Va bunga hojat ham qolmaydi. Aynan shu tarafi men uchun biroz zerikarlidek tuyuldi.

Bu xulosalarning barchasi nisbiy. Hali Angularga chuqur kirib ko’rmagan, faqat asosiy tamoyillari bilan tanishib chiqqan dasturchining fikrlari.

Boshidagi fikrim o’zgarmadi. Frontend sohasida faqat bitta framework yoki kutubxonaga bog’lanib qolish to’g’ri emas. Qaysidir o’zbek dasturchisi aytganidek, bir frontendchiga qirq framework (kutubxona) oz )))
👍1🔥1
UmarSadullayev https://t.me/JoshDeveloper kanalida postga o'z fikrlarini qoldiribdi. E'tibor uchun rahmat addushi
https://t.me/JoshDeveloper/2066