React JS forever
13 subscribers
25 photos
4 videos
10 links
Contact: @dev_izzat
Download Telegram
Figmaga alternative sifatida taklif qilinayotgan varianlar:

Browserga qo'shimcha o'rnatiladigan pluginlar:
1. Weblify Code Inspector (Beta)
2. Inspect Style
Figmaning analogi sifatida ko'rilayotgan pixso.net sayti.
Saytga Figma, Photoshop, Sketch kabi dasturlarda yaratilgan fayllarni yuklash (upload) orqali ulardagi stylelerni olish mumkin. Yoki oddiy figma faylning url manzilini kiritishning o'zi yetarli.

Albatta, figmadagidek qulay emas, lekin hozircha ishlatib tursa bo'ladi.
👍3
Adashibman, pixso.net da dev mode bor ekan )
👍1🥱1
Forwarded from Sherzod Shermatov
Футбол терма жамоамизнинг Қатарга мағлубиятига Киберспортчиларимиздан муносиб жавоб бўлиб Қатар устидан ғалаба қозонишди!

Осиё чемпионатида параллел равишда AFC eAsian Cup ҳам ўтказилаётган эди, унда бизнинг киберспортчиларимиз муносиб қатнашиб, Қатар жамоаси устидан ғалаба қозонишгани билан табриклаймиз!

PS. Расмлар АFC Asian cup Instagram аккаунтидан олинди:
https://www.instagram.com/p/C27NfADqnpu/?igsh=MXRhcDB0cW8wM3IyNA%3D%3D&img_index=1
🔥2
Free GPT-4 🥳🥳🥳
React da ishlayman, JS dagi Event loop ni tushunish hech qachon muammoyimni hal qilishga yordam beradi deb o'ylamagandim.
Fikrim o'zgardi.
Lets learn again JS!
👍4
Bugun Husky va Eslint configuratsiyalari bilan ishlashni boshadim.
Tan olish kerak, shu vaqtgacha loyiha davomida qilinadigan oddiy ishlar uchun ham keragidan ortiq vaqt sarflagan ekanman.

Fayllarni import qilish tartibi, kodlarni githubga yuborishdan oldin testlash, build qilib ko'rish kabi ishlarni avtomatlashtirish orqali ham vaqtdan ham kodning sifatliligi jihatdan yutish mumkin ekan.

Endigi navbat CI && CD ga.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Men ham bu mahsulotlarga nisbatan boycott rejimidaman.
Tan olib aytish kerak, oldinlari sog'liq uchun zararligini bilsam ham baribir nafsimni jilovlolmasdim. Lekin yettinchi oktabr voqealaridan keyin hali biron marta bu mahsulotlar uchun pul sarflamadim.

Qayerdadir Pepsi yoki Cola ichayotgan odamlarni ko'rsam, ularning e'tiborsizligidan, ko'z oldilarida bo'layotgan fojealarni ko'rib turib ko'rmaslikka olayotganidan g'azablanaman. Ularga nisbatan hurmatim yo'qoladi.

O'zim uchun bu mahsulotlar alkogol mahsulotlaridan ham tubanroq degan xulosaga keldim.

Alam qiladigani butun dunyo mamlakatlari, biz og'zimizni to'ldirib aytadigan ba'zi "chirigan G'arb davlatlari" boykot masalasida bizdan o'zib ketishgan.
Bizdagi media magnatlari esa haliyam televideniyada har ikki reklamaning birida "ta'mlar jangi" qilib yuribdi...

Ko'zimizni kattaroq ochaylik. Dindoshlarimizning o'limi uchun pul sarflamaylik.

P.S: Dasturlashga tegishli mavzu bo'lmasa ham yozdim
👏7👍1
Yangi texnologiyalarni o'rganish doim maroqli. Ayniqsa, dasturlashda
👍8🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilda JS full stack developer boʻlish boʻyicha "motivational" vodeo rolik :)
🔥2
Forwarded from Dilmurod Yangiboev | DYDO :) (Dilmurod Yangiboev)
Teslaga ishga kirasizmi?🤫

Software Developer(React, Websockets)

Site Reliability Engineer, Platform Engineering (Kubernetes) - Juda yaxshi komandda, ko'p birga ishlimiz.

Software Engineering Internship😍😍
Tesla web uchun React ishlatar ekan 💪💪💪
Qanday farq ko'ryapsiz?
Qaysi biri to'g'ri va nima uchun?
👍1
webpack ni run qilish uchun yangi command :)
👍2
Forwarded from R4Y🍉
"Men xozirda jQuery ishlatmayman. Ochig'ini aytsam undan foydalanmaganimga ancha bo'ldi.
Biz Khan Academy'da jamoamiz bilan React ishlatamiz."

— John Resig, jQuery asoschisi
🔥2👍1👏1
Bu errorni anchadan beri real loyihalarda ko'rmagandim.

Odam kayf qilarkan. Xuddi anchadan beri ko'rmagan tanishingizni tasodifan uchratib qolganday bo'larkansiz...

Next js...
🔥6
# Telegram Gateway

Pul o’tkazmlarini yoki boshqa muhim operatsiyalarni tasdiqlash uchun telefon raqamingizga yuboriladigan tasdiqlash kodlari endi Telegramda.

Durov o‘z rasmiy telegram kanalida e’lon qilishicha, siz o’z xizmatlaringizni yoki tovarlaringizni sotishda mijozga yuboriladigan tasdiqlash kodini telegram orqali yuborishingiz mumkin va bu har bir so’rov uchun atigi $0.01 evaziga amalga oshiriladi.

Raqamli dunyoda SMS tasdiqlash kodlarini mijozga yetkazish bilan shug’ullanuvchi ko’plab pullik service lar bor lekin hech biri ishonchlilik jihatidan Telegram bilan bellasha olmasa kerak.

Durov taklif etayotgan ushbu xizmat Telegram Gateway deb nomlandi.
Telegram Gateway raqamli biznes egalari uchun ayni muddao.
👍3👏1