Rakhmatov Dilmurod's Blog
114 subscribers
54 photos
1 video
3 files
28 links
MSc in Computer Science |πŸ’‘πŸ“πŸ‘¨β€πŸ’»πŸ”₯πŸš€

Web blog: (Soon)

Me: @rakhmatov_dilmurod
Download Telegram
American Council in Tashkent tomonidan e'lon qilingan YPIP haq to'lanadigan amaliyot dasturi uchun so'ngi bosqich va intervyuga qabul qilinganlar e'lon qilinipti.

16 nafar talaba intervyuga qabul qilinganga qaraganda, deyarli dasturga qabul qilindi deyish ham mumkin. Afsuski ishtirokchilar orasida tanish talabalarni ko'rmadim.

Intervyuga kirmasdan ushbu dasturdan chiqishim haqida tashkilotchilarni ogohlantirmoqchiman, sababi Amerika va Latviyadagi yozgi maktabdan shartli qabul kelgan, faqat viza jarayoni qoldi. Bu dastur bilan bir vaqtda bo'layotgan uchun, o'rnimni boshqa talabaga berishsa xursand bo'lar edim.
❀6πŸ†’2πŸ‘1
Akademik fakt: grant yutish haqida so'rab murojaat qilgan insonlarning 99.9% hech qachon grant yutolmaydi.

Hukumatlar yoki tashkilotlarni ko'chada qolgan puli yo'q, grant uchun mablag' kimnidur soliqlaridan yoki kimnidir yaxshi ishlaganidan yig'iladi. Shunday ekan hech kim qayerdandur kelgan talabaga hamma narsani berib qo'ymaydi. Hayotda til bilish, kompyuter bilish, suhandon bo'lish hamma narsani ham hal qilib bermaydi. Ba'zan research qila olish qobiliyati, hissiyotlarini qog'ozga ko'chira oladigan yoki grant menga kerak chunki "borishga mabla'gim yo'q, kambag'alman" degan so'zlarni ijobiy ko'rinishda chiroyli qilib yoza oladigan darajada writing skills kerak bo'ladi.

Hammasidan eng muhimi "RESEARCH" hisoblanadi, izlanish kerak, tadqiqot qilish kerak. Universitet kerakmi, izlanish kerak, yaxshiyamki, top universitetlarni atigi 1000tagina qilib ajratib berishgan. Hammaga grant, scholarship kerak ammo nimadur so'rashdan oldin yoki topshirishdan oldin shunga loyiqmanmi, haqiqatdan men uchun kimdur pul to'lashga tayyormi, nima qilib bera olaman usha davlat yoki tashkilotga degan savolga javob toping. Deyarli barcha motivatsion xatlarning asl maqsadi ham shundan iborat bo'ladi. Ular kelajakdagi buyuk olimlar, prezidentlar yoki shifokorlar, siyosatchilar umuman kelajakda tarixni o'zgartirmoqchi bo'lgan odamlarni qidirishadi. Sababi, ertaga ushbu nomzod qandaydir natijaga erishsa, mana shu loyiha tashkilotchilariga ham juda katta obru keladi. Mana nima uchun UGRAD, FLEX mashhurligi, MIT, Stanford, Oxford har doim topda turadi.
πŸ‘16
Avstriyada Alpbach 2023 Yevropa forumi 400 ta scholarship

Oxirgi muddat: 31-mart, 2023

*Til bilish sertifikati talab etiladi

Regisratsiya va batafsil ma'lumot uchun: https://www.alpbach.org/blog/efa23-scholarship-programme
❀4
Havas qilish yaxshi ammo...

Shu kunlarda asosan yoshligida katta yutuqga erishgan bolalarni va yoshlarni intervyularini va yozganlari bilan tanishib chiqdim. Tabiiyki bunday manbalar ostidagi izohlar ham juda qiziq. Ayniqsa, o'zbekzabon auditoriya izohlar olamida yoki o'ta "havaschi" yoki o'ta "dindor" yoki shunchaki radikal va "manqurt" bo'ladi. Eng yaxshilar hech narsa yozmaydi yoki o'ta o'ng savol yozadi.

Meni "havaschi" auditoriyasi har doim qiziqtiradi. "Mening ham farzandim Oxfordga kirsin", "Meni ukam ham ingliz tili o'qiyapti, IELTS 9 olsin", "Mening o'g'lim ham qori bo'lsin", "Bizni ham mana shunaqa hashamatli uylarda yashash nasib qilsin", "Men ham ota-onamni Parijga jo'natay dam olishga". Qiziq savol shundaki, hammasi shu darajada oddiy bo'lganmi?

Insonni biron natijaga erishishining uchdan bir qismi o'ziga bog'liq, qolgan barcha atrof-muhit, qo'llab-quvvatlov va yaratilgan sharoitga bog'liq bo'ladi. Hamma ham favqulodda iqtidorli "kasal" bo'lib tug'ilmaydi. Deyarli barcha yer yuzidagi muvaffaqiyatli va bu foniy dunyoda o'zi uchun arzigulik yutuqga erishgan har bir insonning orqasida katta mehnat va buyuk sharoit yaratgan insonlar turadi. Hammaning ham farzandi qori, qoriya bo'lsin, hamma ham IELTS 9 olsin, hamma ham dunyo kezsin, zo'r joyda o'qisin lekin havas qilganga yarasha sharoitni yaratib berilsin. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar mayliku, real holatda ko'rgan havaschi insonlarni farzandlariga e'tibor bersam go'yoki ular uchun hech qanday sharoit yoki motivatsiya yetishmayotganga o'xshab ko'rinadi. Uyida na kutubxona bor, na bir kompyuter na bir arab tiliga borish uchun qo'shimcha dars olib berilgan. Unda qanday qilib bizning havaslarimiz amalga oshadi?

Matematika bilan shug'ullanishimda ota-onam shunday sharoit yaratganki, kuniga 9 soat faqat matematika va o'qishga fokus qilishim uchun hech qanday qo'shimcha ish qildirishmagan yoki talab ham qo'yishmagan. O'zbek oilalaridagi muammo farzand inson sifatidan ham ko'ra uydagi tekin ishchi kuchi sifatida qaraladi. Va menda scholarship bor edi hech narsa qilmayman, qurulish yoki kunlik ishlarga ham qarashmayman va faqat o'qishga qarataman fokusni. Bu tabiiyki hammaga yoqmagan. Uyda hashar bo'lsa, akalarim yoki ota-onam kel qarash ham deyishmasdi, ammo qarindosh, qo'shnilar bu o'glingiz erka bo'lib ketyapti, o'gil bola ketmon-lapatka ushlashni bilish kerak ertaga qanday oila boqadi, uy quradi, deyishni, mani "tema" qilishni yaxshi ko'rishar edi. Ammo, bugun ular mening ham farzandim o'qishga kirsin, bunaqa bo'lsin, unaqaga erishsin deya havas qilish bilan band. Afsuski, farzandlari uchun sharoit yaratish haqida, yordam berish, himoya qilish, qo'llash haqida o'ylashmaydi.

Shunday qilib, niyatlar, iltijolar, havaslar qalbda qilinadi va reallikda harakat qilinadi. Bu barcha dinlarda va nazariyalarda tan olingan. Shunchaki kelib qolmaydi, shunchaki bo'lib qolmaydi hammasi.
πŸ‘13❀5πŸ”₯3πŸ‘3πŸ’―2
Ramazon oyi

Ingliz tilida kitob o’qishim kerak.

O’ldim-kuydim, sevgi, siyosat, motivatsiya, tarixdan boshqa kitob ko’raychi deb o’qimagan shu kitobni topdimπŸ€¦β€β™‚οΈπŸ—Ώ

Istanbul aeroprtida turkparvarligim tutib ketib, ham sotuvchi tavsiyasi bilan $18 olgan edim hali ochib ham qaramagan ekanman.

Balkim yaxshini yomondan o’rgan deb amal qilib o’qib chiqarmiz.

#tushungan_tushundi_rukni
😁8🀣3πŸ”₯2
Nimaga yozepman o'zi, kimga yozepman, blogger bo'lmasam.... Ammo bir inson uzoqlardan turib o'qiyapti va ilhom beryapti. Rahmat so'zi kam e'tirofga.

P/s: Kimdur sizni odam ko'p joyda tavsiya qilsa va maqtasa, hech uyalib, qizarib ketish bo'lganmi?! πŸ˜…
πŸ‘15πŸ™ˆ6😍3😁2❀1πŸ•Š1
Erasmus Mundus Master haqida... (kelajak uchun saqlab qo'ysa arziydigan post)

Erasmus dasturi Yevropa ittifoqining ta'lim uchun ajratgan eng katta sarmoyali loyihasi sanaladi. Yana ham jozibali jihati magistratura kursini bitta davlatda emas balki kamida 4 davlatda o'qish va oyiga $1400 stipendiya olish imkoniyatini taqdim etadi. Har yili turli dolzarb va o'ta ixtisoslashtirilgan yo'nalishlarda 50 dan ortiq dasturlar e'lon qilinadi. Talabgorlar ham shunga yarasha juda ko'p, statistikaga ko'ra atigi 5.5% arizachilar muvaffaqiyatli qabul qilinar ekan. Ammo, yana ham qiziq tomoni, g'olib nomzodlarning ko'pchiligi, asosan, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Afrika davlatlariga to'g'ri kelar ekan, bundan bilishimiz mumkinki, rivojlangan mamlakatdan nomzodlar deyarli topshirmaydi yoki juda ham kam foizda. Shu sababdan, qabul komissiyasi har bir dasturda ko'pi bilan bitta mamlakatdan 3 ta nomzod tanlab olinishi haqida ogohlantirib qo'ygan. O'zimning shaxsiy kuzatuvlarimga ko'ra asosan topshiruvchilar, Hindiston, Pokiston va Flippin fuqarolariga to'g'ri kelar ekan.

Unda nimaga mana shunday katta loyiha o'zbekistonliklar orasida mashhur emas degan savol tug'iladi. Ayrim konsalting firma reklamalarida Yevropada ta'lim va erasmus+ imkoniyat deb yozib qo'yishgani ko'rganman. Aslida, konsalting firmalar hech qanday usulda Erasmus Mundusga topshira olmaydi, kafolat deyarli yo'q, chunki bu loyiha qabul jarayoni juda ko'p talablarni o'z ichiga oladi va individual shug'ullanishni talab etadi.

Eramusning mashhur emasligini yana bir omili, dastur faqat magistratura uchun qabul qiladi va buning uchun yuqori GRE (o'zi shundog'am talab qilinmaydi) yoki yuqori IELTS talab etilmaydi (ayrim yoshlar yuqori IELTS yaxshi scholarship degan stereotipda qotib qolgan). Asosiy qabul talabi, kuchli tajriba, salohiyatli bilim (yuqori CGPA), ish tajriba va shaxsiy yutuqlar bilan kuchli motivatsiyaga qaraladi. Va, intervyu jarayoni qaysiki eng qiyin jarayonlardan biri bo'ladi.

Yosh va ta'lim talablari mavjud emas, 35 yoshgacha bemalol topshirsa bo'ladi sizdan faqat bakalavrlik diplomi so'raladi. Shu sababdan chetda o'qishga ayniqsa Yevropada o'qishni xohlagan inson umrida bir marta Erasmus oshini yeb ko'rishi kerak.

Afsuski, bu yilgi qabul 16-fevralda yakunlangan, har bir dasturning o'z rasmiy sayti va alohida qabul jarayoni bor, hammasi bitta joyda topshirilmaydi, lekin xohlagancha dasturga topshirish mumkin. Dasturlar ro'yxatini 2024-yilning oktabr oyida rasmiy saytdan olishingiz va har birining sayti orqali qabul talablarini chuqurroq tanishib chiqish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Erasmusning O'zbekistonda ham rasmiy jamoasi bor, ularning telegram kanali orqali foydali vebinarlarga qatnashib ko'pgina ma'lumot olsa bo'ladi lekin topshirishda yordam berishmaydi.

Tayyorgarlikni bugundan, hozirdan boshlang, bu shunchaki great dastur. Irqchilik emasu, ammo, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari dunyo nazarida 3-toifali insonlar hisoblanishida, biz 2-toifa (bilmaganlar uchun), 1-toifani o'zlaring ozgina dunyo siyosati va tarixini o'qib ajratib olasizlar. Bu degani bizda imkoniyat ancha katta va Yevropa ham O'rta Osiyoliklarga albatta eng kuchli talabgorlarga stipendiya berishga tayyor. Muhimi stipediyani olsa bo'ladi, ilojsiz emas, bilmadim O'zbekistonda universitetda o'qishni nimasi qiyin, hamma narsani ilojini qilsa bo'ladi, faqatgina korrupsiya yoki boshqa yo'llar bilan emas hammani ko'nglini zabt etib πŸ™‚ o'ldim desa tanish-bilish, kichkina korrupsiya (soqqa emas), ko'z yumish qilsa bo'ladi lekin odamlar baholarini pastliginimiye, hech narsa qilmaganini, maqola yozmaganini sabab qilib, eh essiz deb qo'yishadi. So'ngi pushaymon o'zinga dushman.

Erasmus bo'yicha shaxsiy tajribam hozircha yaxshi, bitta rejection, bittasi no'malum, bittasi intervyu bosqichida. Intervyuni 12-aprelda o'tkazib olib, albatta tajribani ulashib qo'yaman.
πŸ‘11πŸ†’3❀2πŸ”₯1πŸ•Š1
Rakhmatov Dilmurod's Blog
Amerika endi orzu bo'lmasligiga bir qadam qoldi πŸ‡ΊπŸ‡Έ Muhimi buyog'i ham Allohdan. Guys, bir oydan beri hech narsa yozmaganimning eng katta sababi mana bu yangilikga erishish uchun harakat qilganim va javobni uzoq kutishga sarfladim. Ko'rib turganizdek, bir…
UNITED loyihasi bo’yicha vebinarda Ball State universitetidan vakili biz so’ramasak ham o’zidan o’zi aytyapti:

Universitetimiz shahardan ancha chekkada, xohlasangiz universitetda Islom markazi bor, u yerda siz bemalol Juma kuni jamoat namozida ishtirok etishingiz mumkin.πŸ₯²
πŸ‘8❀5πŸ•Š1
Rakhmatov Dilmurod's Blog
Fransiyani ham zabt etdik, to'liq qabul, hech qanday talablarsiz. βœ…Admitted From UniversitΓ© CΓ΄te d'Azur πŸ‡«πŸ‡· THE World University Rankings (2023): Top-104 βœ…MSc Data Science and AI 2500 EUR Tution Feesi mavjud hali lekin xursand bo'lganim France Embassy…
πŸ‡«πŸ‡·Toshkentdagi Fransiya elchixonasida hozirgini intervyu bo’ldi, hukumat stipendiyasi uchun, yuzma-yuz.

Umuman olganda intervyu juda ochiq va shaxsan o’zim uchun eng zo’rlaridan bo’ldi. Hamma savollarga javoblar to’liq berishga harakat qildim. Hatto, intervyu yarmi fransuz madaniyati, Parijdagi odamlarni g’iybatiga ulanib ketdi.

Bitta minus fransuz tilini bilishim shart ekanligini, bu stipendiya berishda ozgina bo’lsa ham ta’siri borligini aytib ketishdi. Mana shu jihatidan, baholashda minus tushdi.

Elchixona xodimlari, konsul ham muloyim, ha, shaxsan konsul xonimni o’zi intervyuda ishtirok etdi. Internetda Fransiya elchixonasi haqida yaxshi fikrlar bildirilmagan, ayniqsa turistik viza masalasida. Lekin bu yerda boshqa narsaga guvoh bo’ldim.

Intervyudagi oldindan tayyorlanib kirish kerak bo’lgan va boshqa joylarda umuman so’ralmaydigan narsa bu professional project bo’ldi. Tayyorlanishga ancha vaqt ketdi. Fransiyani nima uchun tanlaganidan tortib, o’qish rejalari, motivatsiyasi, kelajakda aniq va mavhum maqsadlarini o’z ichiga olish kerak. Umuman olganda bu narsa faqat fransuz elchixonasida mavjud.


Fransiyada o’qish to’liq elchixonani hukmida hisoblanadi, shu sababdan hukumat tomonidan Campus France agentligi tashkil etilgan, agar kelajakda o’qishni maqsad qilsangiz universitetdan ham ko’ra elchixonaga kirishga tayyorgarlik ko’raverish kerak.
❀‍πŸ”₯6πŸ‘3πŸ†’3πŸ•Š2πŸ‘1
Erasmusdan javob keldi.

Ikkita dasturdan to'g'ridan-to'g'ri reject kelgandan so'ng, kiberxavfsizlik bo'yicha Yevropadagi eng yaxshi dasturdan kontrakt to'lovidan (semestriga 4500 EUR) ozod qilingan holda offer olish ancha hayajonlantirib va o'ylantirib qo'ydi.

CYBERUS Erasmus dasturiga quyidagi universitetlarda o'qish kiradi:
UniversitΓ© Bretagne Sud (Fransiya) - 2 semestr
University of Luxembourg (Lyuksemburg) - 1 semestr
Free University of Brussels (Belgiya) - 1 semestr
Amaliyot: TalTech (Estoniya) - 5 oy

Ayni damda ancha chalkash holatdaman sababi, University of Padovadan oyiga 500 EUR stipendiya va kontrakt to'lovidan ozod qiladigan offer ham olgan edim. Fransiyada 2 ta universitetdan to'liq kontraksiz o'qish imkoniyati berilgan (Elchixona granti hali javoblarni e'lon qilmadi). Va ushbu universitetlardagi tanlagan yo'nalishim Sun'iy intellekt yoki Data Sciencega ixtisoslashgan. Kiberxavfsizlik har bir Computer Science Studentni orzusi bo'lganligi uchun topshirgan edim. Aynan mana shu dasturdan yutaman deb o'ylamagan edim. Barcha offerlarni kamchiligi va yutuq tomonlari bor. Bundan tashqari Vengriya hukumati stipendiyasining oxirgi bosqichiga yetib kelganman.

Umuman olganda oldinda kelajakdagi 2 yillik ta'limimni aniqlashtirish kerak bo'lgan qiyin tanlovlar turipti.

Yevropada o'qish haqida tajribaga ega insonlardan yordam olmasam bo'lmaydi. Albatta, o'zingga qara, pulingni hisobla deyish mumkin lekin hozirgi vaziyatimda har bir dasturga bir xil harajat ketadiganday ko'rinyapti.

Bu orada Italiyani 3 ta , Avstriyaning 2 ta, Fransiyaning 1 ta universitetiga rad javobini berishga majbur bo'ldim, menimcha eng yaxshi universitet va dasturlardan offerlarni olib bo'ldim.

Ushbu voqealardan xulosa: og'zingga beshta barmoqni birday tiqma!
πŸ‘15❀6🌚3πŸ†’3❀‍πŸ”₯2πŸŽ‰2πŸ‘Œ2😁1πŸ‘¨β€πŸ’»1πŸ˜‡1
We did it!

Nihoyat, vizani ham oldik, endi 14-iyundan 6-iyulga qadar Amerika Respublikasi, Indiana viloyatida ko'rishganda ko'rishguncha. Dastur haqida va qanday hujjatlar qilganim haqida yuqorida yozganman va ushbu dasturga qabul boshlanganda hamma-hammani taklif qilib, chorlagan edim. Hattoki urinib ham ko'rmagan bo'lsangiz shunchaki imkoniyatni boy beribsiz. Haqiqiy yutqazgan inson, mag'lub bo'lgan emas, harakat ham qilib ko'rmagan inson.

Qiziq, hech qachon Amerikani orzu qilmaysan, hech qachon American Student Lifega havas qilmaysan lekin senga to'liq moliyalashtirilgan holda sayohat va o'qish taklifini berishadi.

Xullas, davomi bor...
πŸ‘23❀10πŸ”₯3πŸ†’3πŸ‘2😒1πŸ•Š1πŸ’―1
Rakhmatov Dilmurod's Blog
We did it! Nihoyat, vizani ham oldik, endi 14-iyundan 6-iyulga qadar Amerika Respublikasi, Indiana viloyatida ko'rishganda ko'rishguncha. Dastur haqida va qanday hujjatlar qilganim haqida yuqorida yozganman va ushbu dasturga qabul boshlanganda hamma-hammani…
Davomini yozishga ham bir yarim oydan oshipti...

AQShga sayohat ham yakunlandi va usha davrda hech narsa yozmaslikga qaror qilganim, 21 kunlik vaqtdan va momentdan enjoy qilish edi. Yozish, instagramga rasm qo'yishdan qiyinroq.

UNITED dasturi bizga hamma narsani berishga, to'liq qoniqishimizga, o'zimizni ba'zi sabablarga ko'ra noqulay his qilmasligimizga deyarli barcha sharoitlarni yaratdi. Ta'lim, tajriba, tanishuv va yangi kashfiyotlar haqida ta'riflashga so'zlar yetmaydi, shunchaki hammasi zo'r edi. Hozir dasturni maqtagim va rahmatlar aytib yozgim kelyapti lekin bu yerda na tashkilotchilar va na hukumat vakillari bor o'qiydigan. Asosiy o'quvchilarda esa "Amerika orzusi" bosimi oshib psixologik yomon ta'sir qilishidan qo'rqaman. Chunki, hamma amerikaga boruvchilarga ham, sharoitlari to'liq dastur va sayohatlar kutib turmaydi, hammasi ham shunchaki oddiy va mazza bo'lmaydi. Bizning yutug'imiz Amerikaga bepul borish bo'lsa, davomida qaytish ham yozilgan edi. Balkim, shu sababdan 21-kunlik mashg'ulotlar rejasi shu darajada band ediki, qo'shimcha shaxsiy ishlarga deyarli vaqt ham yetmadi.

Meni hayratga solgan narsalar, Amerika, jamiyat yoki yangi madaniyat emas aksincha, o'zbekistonlik 14 nafar talaba bo'ldi. Minglab nomzodlar orasidan saralangan bu talabalar haqiqatdan eng yaxshilari edi. Hammaning o'z yutug'i va o'zgacha hislatlari bor. Muhimi, biz bir oiladek, eng kuchli jamoa yarata oldik. Tashkilotchilar qanday saralagan qaysi mezon yoki talabga e'tibor bergan, buni aniqlash to'g'risi qiyin edi. Va shu narsani tushunib yetdimki, bunday dasturlar va chet universitetlari har doim ham bizning faktli yutuqlarimizga yoki sertifikatlar soniga e'tibor bermas ekan. Ba'zan muhimi shaxsiyat va bizni jamiyatdan yoki misol sifatida qolgan 2 ming nafar ariza topshiruvchilardan nimamiz bilan ajratib turishiga qarab baholanar ekan. Xulosa shuki, agar siz jamiyatdan nimadur bilan ajralib tursangiz, (fikrlar, qarashlar va shaxsiyat tomonlama bo'lishi mumkin) demak siz noyob insonsiz va UNITED sizni ham keyingi yil bag'riga chorlaydi. Lekin bu boshqachalikni boshqa ma'noda tushinib, o'zingizga katta baho berib qolganlarni mensimaslik boshlansa, unda ham muammo yo'q, tashkilotchilar buni ham tez aniqlash qobiliyatiga ega. Natija shunchaki reject. Amerikaliklarda bir gap bor "Humble bo'l". Umuman olganda, hammada o'z noyob qobiliyat va fikr bor, lekin ularning kelajagi yoki noluvchilarga yoki harakat qiluvchilarga bo'linib ketadi. Muammo, xato-kamchiliklarni hamma ko'radi va ushanda jamiyat orasida noluvchilar va aktivistlar ajralib chiqadi. Siz qaysi toifadansiz, hali ham noluvchilar qatorida va qo'lidan hech narsa kelmaydiganlardanmi yoki ichki noluvchi va vaziyatga qarab harakat qiluvchimi? Nolish va tanqidning farqi bor, shukr va tanqidning ham farqi bor. Bu dunyo harakat qilish qonuni asosida ishlaydi. Kapitalizm esa to'xtagan insonni yanchib tashlaydi va shu sababdan bugungi AQSh o'z darajasi bilan AQSh. Agar harakat qilmasang magistr diplomi bilan ham uysiz qolish mumkin. Dunyoning hech bir yerida yoki mamlakatida harakatsiz insonlarga joy yo'q.

Men o'rgangan eng katta tajriba esa, doimo harakatda bo'lish va intilish. Amerika shuni o'rgatdi, jamiyat shuni ko'rsatdi.
πŸ‘23❀10πŸ‘4πŸ”₯3πŸ’―2πŸ‘Ž1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Birinchi tanlov va birinchi fikr har doim to'g'risi bo'ladi va Ilohiy kuchga ega..."

Bu naql yoki gapni ko'pchilik oldin eshitgan va ba'zan to'g'ri bo'lib chiqishiga ham guvoh bo'lganmiz, ayniqsa test jarayonida xato javobni olganimizda to'g'ri javobni ko'rib shuni birinchi o'ylagan edim deyish odatiy holatga aylanib qolgan. Mening keyingi 2 yillik hayotim ham mana shunday birinchi tanlov va natijadan boshlandi. Qancha harakat qilmay, qancha universitetlarga topshirib yaxshi qabul xati olmay baribir Ilohiy kuch aytgani bo'ldi.

Ayni damda Italiyaning Veneto provinsiyasi Padova shahrida Padova universitetida tahsil olmoqdaman. Ushbu universitetdan birinchi qabul xati olgan edim va unda hali o'qishim uchun grant va stipendiya ajratilmagan edi. Usha payti bu universitetda hali o'qiymanmi yoki yo'qmi deb baribir boshqa universitet va dasturlarga e'tiborimni qaratgan edim. Lekin gardish aylanib, Vengriyani ham, Turkiya va Polshani, hatto Fransiyani ham ortda qoldirib shu yerga olib keldi.

Yo'nalishim Kompyuter ilmlarining Sun'iy intellekt va Ma'lumotlar ilmiga ixtisoslashgani hisoblanadi, minor ya'ni qo'shimcha yoki quyi ixtisoslik sifatida Iqtisodiyot va Innovatsiyalar yo'nalishini tanladim. Universitet 1222-yilda tashkil etilgan va usha vaqtdan beri faoliyat olib boradi. Faktlarga ko'ra, ushbu universitet Italiyadagi eng qadimgi Bologna universitetining bir qancha isyonchi talaba va o'qituvchilari tomonidan asos solingan. Padova universiteti tashkil etilgandan so'ng Padova shahriga asos solishgan va bugungi kunda ushbu shaharni "university town" deyishadi. Dastlab bu yerda Huquq va Dinshunoslik o'qitilgan ammo keyinchalik astronomiya va aniq fanlar sohasi asosiy o'ringa chiqib Italiya va Yevropada katta mashhurlikga erishadi. Sababi:
πŸ‘19❀6
Universitet faxrlanadigan asosiy yutug'i, bir paytlar bu universitetda Galileo Galilei matematika bo'yicha professorlik darajasini himoya qiladi va 18 yil ushbu shaharda ilm-fan bilan shug'ullanadi. Universitetnining mashhur bitiruvchilari Nicolaus Copernicus va Elena Cornaro Piscopia alohida tilgan olinadi. Birinchisini juda yaxshi taniysiz, ikkinchi shaxs esa dunyodagi birinchi akademik darajani olgan ayol kishi, Falsafa fanlari doktori hisoblanadi. Va ushbu daraja aynan 17-asrda Padova universitetida berilgan.

O'z vaqtida univeristetni "Libertas scholastica" ya'ni Akademik ozodlik joyi deb atashgan, sababi usha davrdagi Vatikanning bosimi ostida ilm-fan taqiqga uchraydi ammo, Italiyaning aynan mana shu universiteti cherkovga bo'ysinmasdan o'ziga Yevropaning barcha konfessiya vakillari va xalqlarini chorlaydi. Shu sabab ushbu universitet bitiruvchilari o'rta asrlarda Rossiyadan tortib Angliyagacha va Afrikadan tortib Skandinaviyaning ziyolilarini ko'pchiligini tashkil etgan.

Universitet o'zida butun ilm-fan tarixini jamlab turadi. To'g'ri, balkim hozir universitet kutubxonalari yoki ma'ruza zallari Galiley davridagidek jimjimador yoki tarixiy bo'lmasligi mumkin, lekin ma'naviy boyliklar hali ham universitet bo'ylab suzib yurganligini sezish mumkin. Masalan men o'qiydigan Matematika fakulteti Tullio Levi-Civita nomi bilan ataladi. U mashhur matematik hisoblanib aynan ushbu universitetning matematika yo'nalishini bitirgan va mutlaq differensial hisob va uni nisbiylik nazariyasiga qoΚ»llash boΚ»yicha ishi bilan mashhur boΚ»lgan (Enshteyn bilan to'g'ridan-to'g'ri Princeton universitetida ishlagan), ammo boshqa sohalarda ham katta hissa qoΚ»shgan. Uning ishi sof va amaliy matematika, samoviy mexanika, analitik mexanika va gidrodinamika bo'yicha asosiy izlanishlarni o'z ichiga olgan. Afsuski, ikkinchi jahon urushida fashistik Italiya hukumatining taqibiga tushib uy qamog'ida vafot etadi.

Umuman olganda, ilm-fan uchog'i va tarixida o'qish hamma narsadan ustunroq bo'ldi men uchun. Tanlovdan adashmadim deb o'ylayman va birinchi tanlov "teoremasi" albatta o'zini oqlaydi. Universitetni 2 yil ichida bitirishimga umid qilaman (bitirmaslikni iloji yo'q, stipendiyamni olib qo'yishlari mumkin).

Dars jarayonlari WOW va daxshat emas, odatiy dunyoning istalgan burchagidek bir xil (O'zbekiston + MDH va Afrikadan tashqari). Barchasi o'zimizga bog'liq, "o'qisang o'qi, bo'lmasa o'qima"ga hamma amal qilyapti. Darslarga borish shart emas, imtihondan o'tsa bo'ldi.

Italyanlar esa amerikaliklarga nisbatan ancha aqlli va O'zbekistonni yaxshi bilishadi ayniqsa Samarqand haqida o'zgacha ishtiyoq bilan gapirishadi. Xonadoshlarim italyan va ularning aytishi bo'yicha Samarqand haqidagi qo'shiq ularning bolalikdagi va hozirgi vaqtdagi eng sevimli qo'shig'i ekan. Va bir kun Samarqandga borishni orzu qilishar ekan.

Rimni Yevropa markazi, Samarqandni Osiyoning markazi deyishdi.
πŸ‘17πŸ”₯9πŸ‘Œ4πŸ₯°1
Go'zallik qurbonlik talab etadi, ilm esa eng buyuk go'zallik...

Xorijda yashash (yolg'izlik) va o'qish (mashaqat) esa albatta bir tekis va sodda bo'lmagan va bo'lmayapti ham. Anchadan beri hech narsa yozmadim chunki yozolmasdim ham, Vatandan uzoqlashgan sari, kun o'tgan sayin har bir insonning yoxud study abroad maqsadida kelganlarning motivatsiyasi pastga qarab tushishni boshlaydi, ammo uzoq muddatga emas chunki inson moslashuvchan mavjudot. Hamma ham moslashadi, o'rganadi, sog'inch ham, iztirob ham, yolg'izlik-u, depressiya ham vaqt o'tgan sayin insonning bir butuniga aylanadi, muhimi mana shu davrgacha yetib kelish.

Boshida hamma daho, bitta sen ahmoqdek ko'rinadi. Keyinchalik ular ham inson ekanligini aksincha uzoq yurtlardan kelgan bu talabalar ularga muzeydagi ekspanatdek ko'rinishini bilasiz. Qolganlar ham wunderkind emas, ular ham qiynalishadi, ular ham ma'ruzalarni tushunmaydi, ular ham vazifalarni ba'zan qilmaydi.

Ammo, eng muhim jihati, hammada ilm olishga, nimanidur o'rganishga, o'rgangan narsasidan esa zavqlanish tuyg'usi bor. Bu yerda nima uchun o'rganyapman, kelajakda ishlatamanmi, men dasturchi bo'lsam, falsafa, tarixni nima keragi bor deydigan odam yo'q. Hamma o'rganishda va ilm olishda. Ahmoq odam tili bilan yuradi degan rost gap, O'zbekistonda ko'pchilik tili bilan yuradi va o'qiladigan fanlarga kelganda ahmoqona savollar ko'payadi. To'g'ri tanlov bo'lmasligi mumkin lekin fandan ayb qidirish va bizga umuman kerak emas deyishdan oldin o'ylab ko'rish haqiqiy ilmli inson yoki ilmga chanqoq insonning gapi bo'lar edi.

Bu yerdagi professorlarning vazifasi talabaga, meni yo'nalishimda aytganda, kompyuterni qayerida nima joylashgani, qanday qilib yoki qanday qilib bunday qilishni, mana bu dasturni qanday o'rnatish va bu dasturlash tilini boshidan bugun o'rgatadigan odamlar emas, aksincha muhim teorema va aksiomalarni sharhlash, ta'rif berish va munozarani boshlab berishdan iborat. Qolgan mayda detallarni talaba o'rganishi shart, tushunmay qolyapsizmi professorni aybi emas siz qattiqroq o'qimagansiz. Va bu mindset hamma uchun ishlaydi, hamma professordan rozi, o'zini ayblashni oliy maqsad deb bilishadi.

O'zbekistondagi ta'lim muammosida har doim ham tizim yoki murabbiylarni ayblash tanganing bir tomoni ko'rishdek bo'lib qoldi, ayniqsa oliy ta'limda aybdorlar bir tomon emas, aksincha biz talabalar ham o'qimaganmiz va ham uqimaganmiz. Bizga oldin aytishgan mana bu videoni ko'rsang, mana bu kitobni o'qisang yaxshi tushunasan deb, lekin biz hech qachon bunday qilamganmiz. Aybdor esa har doim tayyor turardi biz uchun. Bu yerlarda o'qish uchun odamlar bizdan ancha ko'p to'lashadi, va o'qiy olmasa o'qishni chuzaveradi chunki diplom olish yoki bitirish emas, ilm olish eng buyuk maqsadlaridan.

Ilm esa haqiqatdan go'zal narsa, ayniqsa boshqa yo'nalishdagi talabalar bilan gaplashganda. Hammaning sohasi qiziq, hammada yangilik bor. Universitetlar uchta narsa uchun xizmat qiladi: Ta'lim, Izlanish va ....

Mana shu uchinchi narsani topishni kamgina auditoriyaga qoldirmoqchiman, shunchaki men uchun qiziq nima deb o'ylaysiz, uchinchi omil nima bo'lishi mumkin? (Javobni izohlarda qoldirishingiz mumkin)

Agar ushbu postni oxirgacha sabr bilan o'qib chiqsangiz, hech o'ylab ko'rganmisiz univeristetlarning asl maqsadini, nima uchun mavjudligiyu, nima uchun faoliyat olib borishi, va nima uchun davlatlar doim pul ajratishini?!
πŸ‘12πŸ”₯6πŸ‘Œ3❀1
Bu javob internetda ham yo'q (+ ChatGPT da ham). Men ham bu uchta narsani osmondan olmagan edim, universitetda juda bir yaxshi professor o'z ma'ruzasida mana shu savolni va javobni munozaraga tashlagan edi. Javob "Progress" edi va ushbu javobni topgan inson aynan nomma-nom "Taraqqiyot" deb tarjima qilib topdilar. Kim o'rgatgan bo'lsa ham yoki tafakkur qilib topgan bo'lsangiz ham shunchaki qoyil qoldim. Nima uchun taraqqiyot ekanligini menimcha tushuntirish shart emas, yuqoridagi kuzatuvchim (faxrlanaman shunday insonlar borligidan arzimagan blogimda) aniq va tiniq, qisqa va lo'nda isbotlab berdilar.

Qolgan javoblar ham, ertaga yozilish ehtimoli bor bo'lgan javoblar ham to'g'ri chunki bu munozarali mavzu va hamma o'z javobini himoya qilib bera oladi lekin, "Taraqqiyot" javobini ko'pchilik qo'llab-quvvatlaydi. O'zbekistonda hozir deyarli yarim tun va ko'pchilik "night owl" odam bo'lib qolgan, "early bird" lar xafa bo'lishmasin, biz shunaqa kechasi izg'ib yuradiganlar toifasidanmiz. Odamlar uxlayapti ertaga javobini yozaman degandim, afsus ertangiga qolmadi.
πŸ‘7πŸ”₯3πŸ₯°2❀1
Italiyadagi "night owl" insonlar hozir qadimgi Liviano kutubxonasida boshini og'ritish bilan band. taxminan 19 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan odamlar kompyuterda vazifalar bajarish bilan yoki kattaroqlari va professorlar asosan falsafa, siyosat, tarix kitoblari bilan lotin tili lug'atini o'qib o'tirishipti. Nima uchun Lotin lug'ati chunki asl italyancha, Italiyaning har bir yeridagi odamlar uchun umumiy emas va ilmiy nashrlar ko'proq rasmiy italyancha va lotin tiliga asoslangan holda yoziladi, bugungi kunda so'zlashuv uchun janub va shimoldagi italyancha bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin. Yangi Italiya tarixi alohida va keyingi (soon) postlarda.

Men esa Pnevmoniya kasalligini aniqlashda sun'iy intellekt (aniqrog'i Deep Learning va Neyro tarmoqlar) dan foydalangan holda tashxis qo'ya oluvchi dasturni run qilishini kutmoqdaman. Bitta run qilish uzog'i 20 minut olishini inobatga olgan holda, vaqtimni shu yerda o'tkazmoqdaman.

Chunki tez orada yaxshi odamlar bilan yaxshi loyihani boshlash arafasidamiz... va bu ushbu blogga ham ta'sir qiladi.
πŸ‘19❀4πŸ‘Œ1🀝1
O'zbekistonda o'qish albatta yaxshi ammo ilm-fan olamiga sayohat qilish va ushbu jamiyatning bir qismiga aylanish uchun xorijda o'qish ham muhim. Sizning rejangiz ham shundaymi?!

Ushbu yo'lda savol va muammolar bo'lsa, biz sizga bepul mentorlik kursini taklif qilamiz:

Ushbu loyiha orqali chet el universitetlari haqida ma'lumot va tavsiyalar olish, qabul jarayonlariga bepul koβ€˜mak va hujjatlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlashga yordam olish imkoniyatlariga ega bo'lasiz

Kimlar uchun
➑️ Bakalavr va magistr bosqichini Yevropa va Shimoliy Amerikada o'qishni istagan
➑️ Yuqori ingliz tili ko'nikmasiga (B2 / B2+) ega
➑️ Aniq maqsadga ega va ilm-fanga kuchli qiziqishi mavjud bo'lgan
➑️ Va dasturning boshqa talablariga javob beruvchi insonlar

Kurs strukturasi
➑️ Haftalik jonli onlayn seminar va o'quv mashg'ulotlari
➑️ Individual konsultatsiyalar (ovozli yoki video qo'ng'iroq asosida)
➑️ Hujjatlarni bepul tekshirtirish
➑️ Kelgusida viza jarayonlari uchun qo'shimcha maslahatlar olish

Diqqat! Biz universitetlarga topshirib berish va boshqa ishlar bilan shug'ullanmaymiz.

Mentor haqida ma'lumot
πŸŽ“ Raxmatov Dilmurod β€” Padua universiteti magistri (2023-2025), ERASMUS MUNDUS dasturi g'olibi (2023), Stipendium Hungaricum (2023), Polsha hukumati va Ruminiya hukumati stipendiyasi (2023) dasturlari g'olibi, UNITED (2023, AQSh) almashinuv dasturi g'olibi va ishtirokchisi va boshqa ko'plab yutuqlar sohibi

Kurs oβ€˜tkazilish muddati:
Dars mashgβ€˜ulotlari va seminarlar: 1.12.2023 – 30.12.2023
Hujjatlarni tekshirish va onlayn konsultatsiya: 25.12.2023 – 30.09.2024
➑️ Kurs narxi β€” BEPUL
➑️ Darslar 2-dekabrdan boshlanadi

Murojaat uchun
➑️ @Abdumajidova_Zarnigor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘8❀5πŸ”₯4πŸ‘Œ1
Data Science va Sun'iy Intellekt yo'nalishida Workshop.

Dilmurod Rakhmatov - Mohirdev Data Science va Sun'iy Intellekt yo'nalishida taxsil oluvchi talabamiz bilan tashkillashtirilayotgan Masterclass'imizni e'lon qilishdan xursandmiz.

Mavzu - Artificial intelligence in Space πŸš€

Rakhmatov Dilmurod

MSc. in Computer Science, University of Padua, Visual Intelligence and Machine Perception (VIMP) Research Group, Department of Mathematics "Tullio Levi-Civita"

πŸ“Online:
https://us04web.zoom.us/j/78951665684?pwd=AuY9VbxfThXegBJXu2rTWvGtTX4keg.1

πŸ“© 23 Dekabr, 20.00
πŸ‘17πŸ”₯1