QASHQADARYO.UZ | RASMIY
11.4K subscribers
22.3K photos
1.88K videos
4 files
4.84K links
Download Telegram
Shahrisabz tumanida polietilen quvurlari ishlab chiqarish hajmi ortmoqda

Tumanning "Xontepa" MFY hududida tashkil etilgan Kichik sanoat zonasida bir nechta ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. "Vulqon elektron sanoat qurilish" korxonasini ishga tushirib, polietilen quvurlar ishlab chiqarayotgan tadbirkor Sanjar Ismoilov "Kesh Isroil bobo" MChJni tashkil etib, xuddi shunday yangi loyihani tashkil etdi.

Korxonada ayni vaqtda turli o‘lchamdagi polietilen quvurlar ishlab chiqarilmoqda.

Loyiha qiymati 1 milliard so‘mni tashkil etadi. Korxonaning oylik daromadi o‘rtacha 230 million so‘m. 17 ta ish o‘rni yaratilgan. Uskunalar Xitoy davlatidan keltirilgan.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar viloyat bo‘ylab buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Forwarded from IHMA Qashqadaryo (Ijtimoiy himoya Qashqadaryo)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Вилоят ҳокими Муротжон Азимов нишонлик фермерлар билан учрашди

Учрашувда вилоят ҳокими томонидан ўтган ғалла мавсумидаги муҳим масалалар, жойларда кластер ва фермер хўжаликлари далаларида ғўза парвариши ва ҳосилдорлиги, айни иссиқ кунларда ҳосилни сақлаб қолиш, ўғитлаш ва суғориш ҳамда йиғим-теримга тайёрлаш борасидаги агротехник тадбирларни ташкил этиш хусусида сўз борди. Шу кунларда қишлоқ хўжалиги соҳасида амалга оширилиши лозим вазифалар бўйича йиғилиш иштирокчилари билан очиқ мулоқот қилди.

Шу билан бирга, ҳудуд раҳбарлари ва соҳа мутасаддиларига кластер ҳамда фермер хўжаликлари билан далаларда ишларни жадаллаштириш, агротехник тадбирлар, ўғитлаш ва суғориш чораларини муддатида бажариш юзасидан вазифалар берилди.

Шунингдек, ғўза ниҳолларини ўсиш ва ривожланишини тезлатиш учун барг орқали таркибида макро ва микро озиқ элементларига бой биостимуляторлар билан тунда суспензия сепиш ишларини ташкил этиш бўйича масъуллар томонидан тавсиялар ҳам берилди.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Qashqadaryoda O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda

Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i J.Fayzullayev vohamizda xorijiy investitsiya mablag‘lari hisobidan bunyod etilayotgan korxonalarga tashrif buyurib, u yerdagi mavjud muammo va takliflarni o‘rgangan holda ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, navbatdagi manzil Nishon tumanida “Aksa Enerji Talimarjon“ MChJ XK tomonidan qurilayotgan quvvati 400 MV bo‘lgan “Gaz porshenli elektr stansiyasini qurish” loyihasi bo‘ldi.

Batafsil👉bu yerda👈

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X