"Quva - Agro Star" MCHJ
227 subscribers
161 photos
13 videos
45 links
Tomorqa yer egalari
Dehqon va Fermer xo'jaliklarini qo'llab quvvatlash 🤝
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eksportyorlari va
Qayta ishlash korhonalariga ko'maklashish ✅
Download Telegram
Hududlararo hamkorlik: Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi Quva Agrosanoat majmuasida

🔰Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ilg‘or tajribalar bilan tanishish maqsadida hududlararo muloqotlar davom etmoqda.
🔰7-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi, Nukus shahri hokimi Abatbay Saparbayevich hamda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida Quva Agro Star agromajmuasiga tashrif buyurdi.
🔰Tashrif davomida delegatsiya a’zolari majmuada yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi loyihalari, ishlab chiqarish jarayonlari va samarali boshqaruv tizimi bilan yaqindan tanishdilar.
🔰Mehmonlar Quva Agrosanoat majmuasida yaratilgan sharoitlar va amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, kelgusida o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar.
📌Bizni kuzatib boring📌

Telegram | Instagram | Facebook
🇹🇷🌱 Turkiyaning Agromillora kompaniyasida yetishtirilgan yuqori sifatli GARNEM klon payvandtaglarining dastlabki 100 000 dona partiyasi VERBAN kompaniyasi orqali Quva Agro Star agrokompleksiga yetib keldi! 🇺🇿

🌿 Mazkur payvandtaglar:
✅ Kuchli ildiz tizimi
✅ Yuqori hosildorlik
✅ Turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanlik
bilan ajralib turadi.

🏆 Agromillora kompaniyasi xalqaro miqyosda sertifikatlangan ko‘chat materiallari ishlab chiqarishda yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

🌱 Keltirilgan GARNEM klon payvandtaglari barcha sifat va xalqaro standart talablariga to‘liq javob beradi.

🇺🇿 Zamonaviy intensiv bog‘lar sari yana bir muhim qadam!!!

📌Bizni kuzatib boring📌

Telegram | Instagram | Facebook
🔥2
Forwarded from Javlon Ayubjanov
🏰 QUVA–AGRO STAR» Қувада етиштирилган редисни Россияга экспорт қилишни бошлади.

Компания "DEHKAN" миллий 🇺🇿 бренди остидаги илк партияни Москвага жўнатди.

Маҳсулот X5 Group таркибидаги «Пятёрочка» ❤️ ва «Перекрёсток» 🍀 дўконлари учун тайёрланди.

🌱 Бу иш Қуванинг 6 та маҳалласидаги 60 та хонадон билан ҳамкорликда йўлга қўйилди. Оилалар ўз томорқаларида редис етиштирмоқда. «QUVA–AGRO STAR» ҳосилнинг ҳар килограммини 8 000 сўмдан харид қилиб, ўз комплексида саралайди ва 500 граммлик қадоқларга жойлайди.

🚛 7 ноябрь куни биринчи фура 19 тонна редис билан Москвага йўл олди. Биргина шу партияда — 38 минг қадоқ Қува маҳсулоти. Ноябрь ойи учун тузилган шартнома жами 100 тонна, яъни 200 минг қадоқ редис етказиб беришни кўзда тутади.

🤝 Ҳозир компания 2027 йил май ойига қадар етказиб бериш ҳажмини 1 миллион қадоққа — 500 тоннага етказиш бўйича музокара олиб бормоқда.


🇺🇿 Zamonaviy intensiv bog‘lar sari yana bir muhim qadam!!!

📌Bizni kuzatib boring📌

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1👏1