Quva Agro Star agromajmuasiga Yaponiya kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi
📅 2026-yil 5-may kuni Yaponiyaning Nippon Engineering Co., Ltd. kompaniyasi vakillari hamda Uzagrostar Holding vakili Quva Agro Star agromajmuasiga tashrif buyurdi.
🏢 Tashrif davomida mehmonlar agromajmua faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda korxonada yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv tizimi bilan yaqindan tanishdilar.
⚙️ Nippon Engineering Co., Ltd. kompaniyasi BIM texnologiyalari, loyihalash, qurilish, mexanik va elektr ishlari, sanoat uskunalari, quvur tizimlari, texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish va menejment yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.
🌍 Kompaniya vakillari respublikamizdagi Agro Star agromajmualari faoliyatini o‘rganish, mavjud boshqaruv va ishlab chiqarish tizimlarini tahlil qilish hamda kelgusida hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash rejalashtirilganini bildirishdi.
🎯 Tashrifning asosiy maqsadi — uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish jarayonlarini Yaponiya tajribasi va standartlari asosida takomillashtirish, shuningdek, samarali boshqaruv yechimlarini ishlab chiqishdan iborat.
📊 O‘rganish va tahlillar yakuniga ko‘ra hamkorlik shakli — investitsiya, sheriklik yoki import yo‘nalishlarida davom ettirilishi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.
✅ Quva Agro Star jamoasi xalqaro tajriba, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv yondashuvlari asosida rivojlanishga qaratilgan bunday tashriflarni muhim amaliy qadam sifatida baholaydi.
📌Bizni kuzatib boring📌
Instagram Telegram Facebook

🔥4❤2👍1
Buxoro viloyati delegatsiyasi Quva Agro Star agromajmuasida bo‘ldi
♻️Davlatimiz rahbarining joriy yil 27–28-aprel kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarga bergan yuqori bahosi hududlararo tajriba almashinuvi uchun yangi turtki bo‘ldi.
♻️Shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya ilg‘or tajribalar va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi.
♻️Tashrif davomida Buxoro viloyati delegatsiyasi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov hamrohligida Quva Agro Star agromajmuasida bo‘lib, majmuada yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy agrotexnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlar bilan tanishdi.
♻️Mehmonlar agromajmuada yaratilgan sharoitlar, samarali boshqaruv tizimi va eksport salohiyatini yuqori baholab, mazkur tajribani hududlarda keng qo‘llash bo‘yicha fikr almashdilar.
♻️Bunday tashriflar viloyatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida yangi tashabbuslarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌Bizni kuzatib boring📌
Telegram | Instagram | Facebook

Hududlararo hamkorlik: Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi Quva Agrosanoat majmuasida
🔰Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ilg‘or tajribalar bilan tanishish maqsadida hududlararo muloqotlar davom etmoqda.
🔰7-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi, Nukus shahri hokimi Abatbay Saparbayevich hamda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida Quva Agro Star agromajmuasiga tashrif buyurdi.
🔰Tashrif davomida delegatsiya a’zolari majmuada yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi loyihalari, ishlab chiqarish jarayonlari va samarali boshqaruv tizimi bilan yaqindan tanishdilar.
🔰Mehmonlar Quva Agrosanoat majmuasida yaratilgan sharoitlar va amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, kelgusida o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar.

🇹🇷🌱 Turkiyaning Agromillora kompaniyasida yetishtirilgan yuqori sifatli GARNEM klon payvandtaglarining dastlabki 100 000 dona partiyasi VERBAN kompaniyasi orqali Quva Agro Star agrokompleksiga yetib keldi! 🇺🇿
🌿 Mazkur payvandtaglar:
✅ Kuchli ildiz tizimi
✅ Yuqori hosildorlik
✅ Turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanlik
bilan ajralib turadi.
🏆 Agromillora kompaniyasi xalqaro miqyosda sertifikatlangan ko‘chat materiallari ishlab chiqarishda yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
🌱 Keltirilgan GARNEM klon payvandtaglari barcha sifat va xalqaro standart talablariga to‘liq javob beradi.
🇺🇿 Zamonaviy intensiv bog‘lar sari yana bir muhim qadam!!!

🔥2
Forwarded from Javlon Ayubjanov
🏰 QUVA–AGRO STAR» Қувада етиштирилган редисни Россияга экспорт қилишни бошлади.
Компания "DEHKAN" миллий🇺🇿 бренди остидаги илк партияни Москвага жўнатди.
Маҳсулот X5 Group таркибидаги «Пятёрочка» ❤️ ва «Перекрёсток» 🍀 дўконлари учун тайёрланди.
🌱 Бу иш Қуванинг 6 та маҳалласидаги 60 та хонадон билан ҳамкорликда йўлга қўйилди. Оилалар ўз томорқаларида редис етиштирмоқда. «QUVA–AGRO STAR» ҳосилнинг ҳар килограммини 8 000 сўмдан харид қилиб, ўз комплексида саралайди ва 500 граммлик қадоқларга жойлайди.
🚛 7 ноябрь куни биринчи фура 19 тонна редис билан Москвага йўл олди. Биргина шу партияда — 38 минг қадоқ Қува маҳсулоти. Ноябрь ойи учун тузилган шартнома жами 100 тонна, яъни 200 минг қадоқ редис етказиб беришни кўзда тутади.
🤝 Ҳозир компания 2027 йил май ойига қадар етказиб бериш ҳажмини 1 миллион қадоққа — 500 тоннага етказиш бўйича музокара олиб бормоқда.
🇺🇿 Zamonaviy intensiv bog‘lar sari yana bir muhim qadam!!!
📌Bizni kuzatib boring📌
Telegram | Instagram | Facebook
Компания "DEHKAN" миллий

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3❤1👏1