Ayol kishida bo’lishi kerak bo’lgan hislatlar qanday?
Chidab bo’lmas hislatlarchi
-Er bilan munosabatlarda muloyim va hurmatli, bo‘lish zarur. Bu oddiy tuyulishi mumkin, lekin aksini qiladigan xulq oilaviy muhitga zarar yetkazadi. Bilmagan holda rozi bo‘lmaslik, ranjitish yoki xizmat qilmaslik, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bularni oilaviy jihatga bog’layapti desangiz, bugun bo’lmasa ertaga oila quriladi bu esa juda muhim. Keyingi yana muhim omillardan biri Iffat va axloqiy poklik – ayol o‘z iffatini saqlab, namozni vaqtida ado etsa, ramazon ro‘zasini tutsa va imkon bo‘lsa sadaqa bersa, bu Jannatga kirishda yordam beradi. Iffat, pokiza va sadoqatli bo‘lish nafaqat ayol kishiga, yigit kishida ham kasb qilib topilishi bo’lishi kerak bo’lgan sifarlardan biriidir.
Chidab bo‘lmaydigan xulq- itoatsiz, qanoatsiz, shukr qilmaydigan bo‘lish, o’zini eridan ustunman degan tushunchada hayot kechirib uni amalda qo’llash muammoga duch kelganda er bilan eshitib murosa qilmaslik bu oilaviy hayotda salbiy oqibatlar keltiradi. Bu esa meni nazaryamdagi fikrlar qolganlarda turlicha bo’lishi mumkin! Hozircha shu fikrlar keldi, bo’lsa qo’shimcha qilinar…
Vallohu a’lam.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
https://www.instagram.com/p/DWWXdl5CLmD/?igsh=MTNnZTM1bmpjZjA1Nw==
Yuraklarni “labbay” deyishga sababchi qilgan…
“Yurak amri” loyihasidagi suratlarni ko‘rib qoldim. Juda ta’sirlandim.
Shanba-yakshanba kunlarini kutib yashaydigan mehnatkash xalqimiz ba’zilar bu muhitga ilk bor kelgan bo‘lsa-da, go‘yo yillardan beri birga yurgandek, aka-ukadek yelkama-yelka turib xizmat qilishar edi.
Charchagan tanalarga tushlik payti katta qozonlarda osh damlanar, barchasi bir dasturxon atrofida jam bo‘lib ovqatlanar edi. U yerda na boy bor edi, na kambag‘al — hamma teng, hamma bir xil, hamma samimiy. Hullas bari go’zal edi.
Suratlarda ko‘rib turganingizdek, u yerda liboslar emas, qalblar go‘zal edi.
Xullas, bizga aynan shunday loyihalar kerak.
Bu suratlarni ko‘rib, juda sog‘indim o‘sha muhitni…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍊قرآن بي 📖 |Utrujja_quran
Video message
Ustoz Is’hoqjon domla qaytdilar alhamdulillah
Alloh taolo hayrli qilishini yana ko’plab yillar xizmat qilishlarini duo qilib so’raymiz🤲
Alloh taolo hayrli qilishini yana ko’plab yillar xizmat qilishlarini duo qilib so’raymiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍊قرآن بي 📖 |Utrujja_quran
نيل نهر || Qohira📍 Ko’rib ko’zlar quvnasin 😍 Sen bilan boramiz dep yeg’ib qo’ygan manzilarim bor ninzaginam 🌝 📷 Utrujja_quran | 🔎 @quron_by
Qancha ko'p kutsang, shuncha go'zallashadigan narsalar bor. Xuddi "nasib" kabi...huddi sen kabi.
AL-JABBOR
Umidingiz so’nsa, sizga undan-da
go’zalroq umid beradi...
Yodingizdan bir xotira o’chsa, sizga undan-da go’zalroq xotira beradi!
✈️ @quron_by
TUZATGUVCHI ZOT
Umidingiz so’nsa, sizga undan-da
go’zalroq umid beradi...
Yodingizdan bir xotira o’chsa, sizga undan-da go’zalroq xotira beradi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hali hammasi oldinda…
Hali ichilmagan choylar bor, borilmagan joylar, ochilmagan sahifalar bor. Hali seni tanimagan, Ammo borligingcha qabul qiladigan ilmga tashna qalblar bor.
Aytilmagan “Xush kelibsiz”lar ham bo‘ladi…
Ey gulim,
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍊قرآن بي 📖 |Utrujja_quran pinned «Ya Robbim! Meni fitnaga yo‘liqtirma! Din yo‘lidagi eng katta xavf – ayollar fitnasi. Qalbimdan ularga bo‘lgan muhabbatni sug‘urib ol! Mening imonimni sinama, men ojizman! Ya Robbim! Mening qo‘rquvim faqat Sendan bo‘lsin! Hech narsa Sendan bo‘lgan qo‘rquvimdan…»
Muammoga duch kelganda boshqa ayollarga emas, Allohga yuguradigan Erkakka turmushga chiqing!
@quron_by
@quron_by
Bir narsa bo’yicha hech kelisholmayapmiz. Oilada 3 ta o’g’ilmiz. Men 3-farzand
Uylanish arafasidaman. O’zimga yarasha prinsiplarim bor
Uchrashuvga ko’p chiqdim. Hammasi islomiy shartlarga ko’ra bo’ldi.
Qizlarda ayni kutgan hislatlarim yo’q. Yuzimga uyalmiy ko’p qarashi, ko’zimga tikka qaraganlari bo’ldi. Shularni aytsam uyda erkalik qilyapti deyishyapti. Bitta ham instagramga kirmaydigan qiz uchratmadim. Hammasi kiraman deydi.
Javob berishda ibo-hayo degan hislatlar yo’q. Nech pul oylik olishimdan boshlab nech pul ayoliga berish, onasi bn yashaydimi yo’qmu birinchu uchrashuvni o’zidayoq so’rash, yana dab dabalu to’y xohlashini shartta shartt aytishyapti.
Men nima qilishni bilmayapman. Uydagilar qat’iy turib olgan, men esa hali ko’nglimdagini topmadim desam, erkalik qilma deb holi jonimga qo’yishmayapti. 2 yildan ziyod qiz qidiramiz. Lekin iboli, hayoli qiz topa olmayapmiz. Nima qilsam ekan. Onam shu qiz deb turib olganlar. U qizda esa men xohlagan bironta hislat yo’q
Qanday maslahat berasiz birodar?
Yaxshi bo’lardi aka. Eng yomoni Qoriya qizlarga ham bordik. Yomonlamoqchi emasman. Lekin nega buncha hashamatga o’ch va dunyo lazzatlarini xohlashlari aqlimga sig’mayapti. Onam esa qoriya qiz yana nima kerak deydilar. Gap-so’zlari uchrashuvda o’zini tutishini sekim chuntirsam ham yo’q ishonmaydilar.
Javob berishda ham tarbiya shundoq bilinarkan. Ovoz shart shart chiqadi. Sal uyalish ham yo’q
Men javob berishda ozgina titroq bilan berar deb o’ylardim. Shundoq bilinarkan bolalar bn aloqa qilganmi yo’qmi
Aka rahmat kattakon maslagatlaringizni kutaman
Alloh rozi bosin
-Assalamu aleykum varohmatullohi va barokatuh!
-Masala ancha og‘ir ekan. Bu yozganlaringizdan ko‘pchilik o’qib ibrat olishini umid qilamiz. Siz esa uydagilar bilan go‘zal uslubda murosaga kirishing. Yosh bo‘lib, qo‘pollik bilan javob qaytarmang. Tushuntirishda sabr qiling va chiroyli tarzda ayting: bu sifatdagi ayol bilan uzoqqa bora olmasligingizga ko‘zingiz yetganini bildirib, murosaga chaqiring.
Alloh taolo oyati karimasida: Sizlar dunyoning o‘tkinchi matohini istarsizlar, Alloh esa oxiratni istar. Alloh g‘olib va hikmatli Zotdir. Yana boshqa oyati karimada:
dunyo hayoti o‘tkinchindir, agar bilsalar, oxirat hayoti yaxshiroq va boqiyroqdir.
Inson nima uchun yashayotganini, olayotgan ilmini nima uchunligini anglab yashashi kerak. Oila qurishda ham maqsad — ertaga bahs qilish emas, balki o‘z vazifalarini anglab, ado etishdir. Har bir oilani baxtli qiladigan narsa mol-dunyo yoki hashamat emas. Agar mukammallikni shunda deb o‘ylansa, bu katta xatodir.
Oisha onamiz farzand ko‘rmadilar. Maryam onamiz turmush qurmadilar. Osiyo onamiz zolim er bilan sinaldilar. Xadicha onamiz esa umr yo‘ldoshlarini kech topdilar.
Ularning hayoti oson bo‘lmagan, lekin ular eng ulug‘ ayollar bo‘lib qoldilar.
Demak, kech turmush qurish, yolg‘iz yashash yoki qiyinchilik — insonning qadrini tushirmaydi. Har kimning nasibasi va sinovi bor. Ko‘pincha natijalar biz kutmagan tarzda keladi. Biz kamchilik deb bilgan narsa, aslida yuksalishga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo siz aytib o’tgan hislatlari rostan ham achinarli…
Bugun yoshlar baxtni faqat qulaylik va boylikda deb o‘ylaydiganlar bor. Ammo asl qadriyat — iymon va sabr bilan o‘lchanadi shunday emasmi axir?
Vallohu a’lam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasulullohﷺga_muhabbat💌
"Rasululloh⚡️ kulsalar, tishlarining oqi ko'rinar darajada faqat tabassum qilardilar" (Termiziy)
✈️ @quron_by
"Rasululloh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Payg’ambarimiz ⚡️ aytdilar:
“Ayolning barakasidan — sovchiligining osonligi va mahrining yengilligidir.”
Musnad Ahmad
✈️ @quron_by
“Ayolning barakasidan — sovchiligining osonligi va mahrining yengilligidir.”
Musnad Ahmad
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qur’on_by kanali admini kelayotgan yangi haftaga kitobga oshni qalblarga yana bir konkurs uyushtirish payida yuripti… 🤔
Hadyalarga qaysi kitoblarni qo’yilishini istaysizlar?
Hadyalarga qaysi kitoblarni qo’yilishini istaysizlar?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1) Er-xotinga nasihat
2) At-Tibyon — Imom Nawaviy
3) Kifoya
4) Ali va Fotima (r.a.) misolida “Saodatli oila bayoni”
6) Qalb iffati
7) Fotima, Zaynab, Oisha, Maryam, Xadija (r.a.) hayotlari to‘plami
7) Islomga bag‘ishlangan umr
8) Hadis va hayot (23-juz) — Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
9) Nabaviy tarbiya
10) Sohilsiz dengiz (yangi nashri chiqyaptimi o’zi bu kitobni) ya’ni topsa bo’ladiya?
11) Imom A’zam — Abu Hanifa
12) “Oʻqing ey ayollar”
13)”Binafsha shulasi”
14 “Humayro”
Insha Alloh, mana shu kitoblardan tanlab siz azizlarga tuhfa qilishni niyat qildik.
Duolaringizda bizni ham eslab qo‘ysangiz — kifoya!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
*Yuzi go’zalini emas qalbi go’zalini tanla deyishadi!
✈️ @quron_by
-Lekin sizdaikkisi ham go’zal deymiz bir kun… 🤎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bekorga “Soliha ayol iymonning yarmi” deyilmas ekan.
Ba’zan charchaysan, qalban charchaysan-ku, o‘shanda u senga dalda bo‘ladi.
Bugun qo‘lingga Qur’onni ololmagan bo‘lsang, u sen uchun o‘qib beradi, sen unga shunchaki boshingni qo‘ysang bas.
Agar kunlik zikrlarni unutsang, eslatadi, kechroq uxlasang, seni o‘zi bomdodga uyg‘otadi.
U g‘amgin bo‘lsang opang, xursand kuningda singling bo‘la oladi. Har qanday vaziyatda esa do‘sting.
Sen shaytonga quloq solib namozga dangasalik qila boshlasang, u xuddi farishtadek seni ibodatga chorlaydi.
Kitob o‘qimoqchi bo‘lsang-u, charchoq o‘qishga qo‘ymasa, u kitob o‘qib beradi, sen tinglaysan.
Ammo unutma, u ham charchaydi. Sen ham uning yarmi bo‘l!
Allohim! O‘zing xayrli deb bilgan vaqtda, xayrli inson ila iymonimizning yarmini to‘ldir.
P.s: Jinnilik bu romantika!)
✈️ @quron_by
Ba’zan charchaysan, qalban charchaysan-ku, o‘shanda u senga dalda bo‘ladi.
Bugun qo‘lingga Qur’onni ololmagan bo‘lsang, u sen uchun o‘qib beradi, sen unga shunchaki boshingni qo‘ysang bas.
Agar kunlik zikrlarni unutsang, eslatadi, kechroq uxlasang, seni o‘zi bomdodga uyg‘otadi.
U g‘amgin bo‘lsang opang, xursand kuningda singling bo‘la oladi. Har qanday vaziyatda esa do‘sting.
Sen shaytonga quloq solib namozga dangasalik qila boshlasang, u xuddi farishtadek seni ibodatga chorlaydi.
Kitob o‘qimoqchi bo‘lsang-u, charchoq o‘qishga qo‘ymasa, u kitob o‘qib beradi, sen tinglaysan.
Ammo unutma, u ham charchaydi. Sen ham uning yarmi bo‘l!
Allohim! O‘zing xayrli deb bilgan vaqtda, xayrli inson ila iymonimizning yarmini to‘ldir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍊قرآن بي 📖 |Utrujja_quran
-Choymi, qahvami? -Sen va dengiz….🌊 QURON_BY
Bir birining qarmog'iga o'z rizolari ila o'lja bo'lgan baliqlarni endi na
quruqlik va na to’lqinning shiddati
q’orqita olmas edi :) 🫠
©️.🫧
quruqlik va na to’lqinning shiddati
q’orqita olmas edi :) 🫠
©️.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM