Quantum
197 subscribers
642 photos
142 videos
49 links
Scientia potentia est.

Илм-фан тарғиботига бағишланади.

Лойиҳа муаллифи – таълим масалалари бўйича эксперт, андрагог, социолог, этнолингвист, гендеролог, профессионал медиатор, доктор Моҳира Халикова
Download Telegram
Global isish oxir-oqibat muzliklarning erishiga olib keladi va quruqliklar suv ostida qoladi.

Insoniyat yo'q bo'lib ketishga mahkumdek tuyuladi (hech bo'lmaganda jabralar o'sguncha), ammo Vinsent Kallebo bunga qo'shilmadi.

U odamlar omon qolishi mumkin bo'lgan ulkan orol-shaharlarni yaratdi.

Aholi bu yerda nafaqat yashash va ishlash, balki ekinlar yetishtirish va energiya ishlab chiqarishi mumkin.

Bunday shahar kontseptsiyasi 50 000 aholini, shuningdek, turli xil o'simlik va hayvonot turlarini joylashtirish uchun mo'ljallangan.

https://www.cawater-info.net/all_about_water/?p=9637

@quantum577
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliardlab tonna plazma kosmosdan bizga sekundiga yuzlab kilometr tezlikda yog‘iladi, ammo Yerning magnit maydoni ularni chetga yo'naltiradi.

Shunga qaramay, hamma hamma narsadan norozi!)


@quantum577
👍2
Quyosh tizimiga olis kosmosdan kelgan uchinchi “mehmon”

Hozirda Quyosh tizimida noyob mehmon – yulduzlararo sayohatchi 3I/ATLAS kometasi astronomlarni o‘ziga jalb qilishda davom etmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, uning Yerga maksimal yaqinlashishi 19-dekabrda kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-iyulda kashf etilgan 3I/ATLAS kometasi mashhur Oumuamua va Borisov kometasidan keyin Quyosh tizimiga olis kosmosdan kelgan uchinchi “mehmon”dir.

@quantum577
3I/ATLAS kometasi oddiy samoviy jismmi yoki razvedka missiyasi?


2025-yil 16-iyulda astrofizik A. Loeb va boshqa tadqiqotchilar 3I/ATLAS kosmik kema bo‘lishi mumkinligiga doir maqola nashr etishdi.

Kometaning sun’iy kelib chiqishi haqidagi 3 ta argument quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Obyektning orbitasi Yer orbitasi tekisligi bilan 5 darajagacha mos keladi. Buning tasodif bo‘lish ehtimoli 0,2% ga teng.

U retrograd trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi va anomal darajada yorqin.

Obyektning perigeliyi unga Oberth manevrini bajarishga imkon beradi – bu sekinlashish va orbitaga kirish uchun kosmik manevr bo‘lib, harakatni boshqarish mavjudligini ko‘rsatadi.


@quantum577
😱1
Sarmishsoy – Navoiy viloyatidagi qoyatosh sanʼati – petroglif tasvirlari bilan mashhur tabiiy va arxeologik yodgorlikdir.

Nurota tizmasining janubiy yonbagʻrida joylashgan.

Darada, manbalarga koʻra, 10 000 dan ortiq petrogliflar topilgan.

Tasvirlarning aksariyati bronza (miloddan avvalgi 3000 - 900 yillar), neolit (m.a. 6000 - 4000), mezolit (m.a. 15000 - 6000), sak-skif (m.a. 900 - 100) davrlariga tegishli.

Petrogliflarda odamlar, hayvonlar, ov sahnalari va kundalik hayot tasvirlari mavjud.

Sarmishsoy O‘zbekistondagi eng yirik tosh san’ati to‘plangan joy.

UNESCOning “Jahon merosi” maqomini olish uchun ariza 2008-yilda topshirilgan.

Bilishimcha, “Jahon merosi” maqomi hali berilmagan.

@quantum577
🔥1
INSONIYAT TARIXIDAGI “BIRINCHI MEGAPOLIS”

Bobil (akkadcha: Bābili yoki Babilim “xudoning darvozasi”; qadimgi yunoncha: Βαβυλών) – Mesopotamiyaning janubidagi qadimiy shahar.

Qadimgi dunyoning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi.

Insoniyat tarixidagi eng yirik shaharlardan biri va “birinchi megapolis”.

Bobil imperiyasi miloddan avvalgi 18-asrda Mesopotamiyani birlashtirgan shoh Hammurapi hukmronligi ostida shakllangan.

Bobil xarobalari Bag‘doddan 85 km janubda joylashgan Al-Hilla shahri yaqinidagi tepaliklar guruhidir.

UNESCOning “Jahon merosi” ro‘yxatiga kiritilgan.

@quantum577
1👍1🔥1
BOBIL IMPERIYASINING ENG
MASHHUR YODGORLIGI


Ishtar darvozasi Bobil devorining sakkizinchi darvozasi bo‘lib, Ishtar ma’budasiga bag‘ishlangan.

Miloddan avvalgi 575-yilda shaharning shimoliy qismida shoh Navuxodonosor II buyrug‘i bilan qurilgan bo‘lib, Bobil imperiyasining eng mashhur me’moriy yodgorliklaridan biridir.

1930-yildan beri Ishtar darvozasi Berlindagi Pergam muzeyida namoyish etiladi.

@quantum577
1
Kosmos juda ulkan.

Siz shunchaki uning qanchalik katta, aql bovar qilmaydigan darajada katta ekanligini anglamaysiz.

Aytmoqchimanki, siz dorixona uzoqda deb o‘ylashingiz mumkin, ammo bu kosmosga nisbatan shunchaki arzimas masofa.

Duglas Adams


https://youtu.be/GoW8Tf7hTGA
1😱1
Naqsh-e Rustam

Erondagi eng muhim arxeologik yodgorliklardan biri.

Persepolis shahridan 6 km shimolda joylashgan.

Majmuaning inshootlari Elam (miloddan avvalgi 3-ming yillik), Axamoniylar (miloddan avvalgi 550–330) va Sosoniylar (milodiy 221–656) davrlariga borib taqaladi.

Naqsh-e Rustam Eronda muqaddas joy hisoblangan va asrlar davomida shohlarning dafn joyi bo‘lib xizmat qilgan.

Majmuada hukmdorlar Kserks I, Doro I, Artaxerks I, Doro II qabrlari mavjud.

Har bir qabr ustida dafn etilgan hukmdorning barelyefi joylashgan.

Devorlarda qadimgi fors, elam va akkad tillaridagi matnlar aks etgan.

Majmua nomi Firdavsiyning “Shohnoma” dostonida abadiylashtirilgan milliy qahramon Rustam bilan bog‘liq.

@quantum577