QARAQALPAQSTAN KADASTR
2K subscribers
7.28K photos
828 videos
2 files
4.4K links
Bul kanalda Kadastr agentligi hám Mámleketlik kadastrlar palatası Qaraqalpaqstan Respublikası basqarmaları jańalıqlarınan xabardar bolıp barasız
Download Telegram
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Yuridik_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining soliq solish obyektidir.

🏢Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:

🔹 notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;

🔹aholi punktlarining, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;

🔹umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;

🔹aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar;

🔹davlat qo‘riqxonalarining, kompleks buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning, tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari;

🔹suv fondi yerlari;

🔹zaxira yerlar.

Asos: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 426-moddasi