Qovoqvoy
33 subscribers
7 photos
1 link
Download Telegram
#qovoqcha_logika
Paykalimizda tuxum narxi 1400 so'mga yetganini eshitib, barcha hayvonlar, hatto eng badjahl xo'rozlar ham tovuqlarga "patxod" qilishni boshlab yuborishdi. Tez orada Kataktube'da o'zining mag'zava kinolari bilan tanilgan Xo'roz Uyum "Xo'rlangan tovuq" filmining premyerasini o'tkazmoqchi ekan.

© Qovoqvoy


@qovoqvoy_uz
#qovoqcha_logika
Тартиб нарсаларнинг тахлаб қўйилганида эмас, балки нима нарсанг қаерда турганини аниқ билишингда.

© Қовоқвой
#qovoqcha_logika
Optimistlar hafta so'ngidagi shanba va yakshanbani, pessimistlar besh yoki olti kunlik ish kunini ko'radi. Realistlar esa haftaga, shunchaki, oylik maoshning chorak qismi deb qaraydi.

© Qovoqvoy


@qovoqvoy_uz
#qovoqcha_logika
Ochlik hissi yumor hissini yeb qo'yishi mumkin ekan...
#qovoqcha_logika
Aytishlaricha, Boycott so'zini hayotiy tajribasiga asoslangan qovoqlandiyalik ba'zi kambag'al qovoqlar iste'molga kiritgan ekan...