Qovoqvoy
29 subscribers
9 photos
1 link
Download Telegram
#shunchaki
Siyosatga qiziqmayapman. Hozir balandparvoz gaplar gapirish va kattalarning gapini ma'qullashni o'rganyapman. Qarsak chalish bo'yicha Youtube'da videolar ko'rishni boshlamoqchiman.

Diqqat, savol, hurmatli bilimdonlar: Men kim bo'lmoqchiman?

© Anonimboy


@qovoqvoy_uz
#qovoqcha_logika
Optimistlar hafta so'ngidagi shanba va yakshanbani, pessimistlar besh yoki olti kunlik ish kunini ko'radi. Realistlar esa haftaga, shunchaki, oylik maoshning chorak qismi deb qaraydi.

© Qovoqvoy


@qovoqvoy_uz
#latifasimon
- Meni ham kuldirib, ham yig'lata oladigan biror gap ayta olasanmi?
- Ha, albatta. Qancha maosh olishing va buning uchun qancha ishlashingni aytchi?


@qovoqvoy_uz
#shunchaki
Sartaroshxonaga boruvdim. O'zi shu sartaroshlarni xorijning katta-katta futbol komandalariga trener, yoki senatga deputat qilib saylash kerak. Buncha mahorati, ilmi bilan shu yerlarda xor bo'lib yuribdi... Degan fikrga keldim

@qovoqvoy_uz
#shunchaki
Dam olish kunlarida qo'shnilar ikki xil bo'ladi.
1) Bolgarka, perforator ishlatadiganlar;
2) Eshitadiganlar...


@qovoqvoy_uz
30 kishi edik, qaysi nobakor chiqib ketdi kanaldan😏
Yo'limga sal xalal berganlarga buqaqarash qilib o'tishni mashq qilyapman. Endi bitta qora "Gentra" olsam bo'ldi...
Qarz so'raydi. Xo'p, karta raqamingni yozib yubor deysan. U bo'lsa, plastigini rasmga tushirib jo'natadi... Tugadi...
Ilk bora alamli so'zlar tingladim...
Davlat ishida ishlaydiganlarga haftani sakkiz kunlik qilib berish kerak. Sakkizinchi kuni dam olishga. Asalmalkum👆
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Bormisizlar?
#qovoqcha_logika
Ochlik hissi yumor hissini yeb qo'yishi mumkin ekan...
- Bitta savolimga javob ber. Qay darajada yalqovsan?
- Uff...
Ovozingni ko'tarma, so'zingni yuksaltir - yaproqlarni yomg'irlar o'stiradi, gumburlagan momaqaldiroqlar emas.

© Karim Bahriyev
- Qay darajada bosiqsiz?
- Bitta qora paketchani ko'tarib yurgan holimda kelib "Arava keremasmi?" deb yarim soat ichida so'ragan 50-aravakashga qarab kulib "Yo'q, rahmat" deya olaman...
- Axir bu komediya. Kulmaysanmi?
- Yo'q.
- Dunyo yaralibdiki, yiqilganlarning ustidan kulishadi.
- U yomon yiqildi, uning joni og'riyapti...

© Qanaqadir qiziq kinodan
#qop_qora_yumor
- Hammang bir go'rsanlar!!!
- Xo'p, nariroq suril tiqilishib qoldik...
Энг хавфли йўлдан озиш: ҳеч кимга ўхшамаслик.

Албер Камю