Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.8K subscribers
17.6K photos
1.01K videos
2 files
12.3K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

🔹 Majlisda deputatlar tomonidan “Kosmik fazo, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonuni loyihas ko‘rib chiqilmoqda.

🔹 Ta’kidlanganidek, mazkur Shartnoma 2024-yil 1-yanvar holatiga, 114 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Shartnoma kosmik fazoning huquqiy maqomi asoslarini belgilaydi hamda kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun xalqaro qoidalar va tamoyillarni o‘rnatadi.
_______________________

🔹 На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса депутаты рассматривается проект закона «О присоединении Республики Узбекистан к Договору о принципах деятельности государств по исследованию и использованию космического пространства, включая Луну и другие небесные тела (Лондон, Москва и Вашингтон, 27 января 1967 года)».

🔹 Отмечено, по состоянию на 1 января 2024 года данное Соглашение ратифицировано 114 странами. Договор устанавливает основу правового статуса космического пространства и международные правила и принципы, обеспечивающие использование космического пространства в мирных целях.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

☝️ Majlisda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

➡️ Mazkur qonun loyihasi bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning vazifalari maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari hamda yagona direksiyalarga yuklatilishi nazarda tutilmoqda.
_______________________

☝️ На заседании концептуально в первом чтении рассматривается законопроект, направленный на координацию деятельности и упрощение системы управления специальных экономических зон, разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы.

➡️ Данным законопроектом упраздняются административные советы специальных экономических зон с возложением их задач на дирекции специальных экономических зон.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔰 Shu bilan birga, maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish muddatlarini optimallashtirish, investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinib, loyihalarning qonun loyihasida aks etayotgan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔰 При этом определяется оптимизация сроков принятия решений по размещению инвестиционных проектов на территории специальных экономических зон и отмена требований по получению заключений экспертизы бизнес-плана или технико-экономического обоснования инвестиционного проекта, установление нормы, согласно которой решение о соответствии проектов требованиям данного законопроекта принимаются дирекциями специальных экономических зон самостоятельно.

Законопроект принят депутатами в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Majlisda “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilyapti.

Loyiha bilan aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning asosiy prinsiplari, atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.
_______________________

На заседании концептуально в первом чтении рассматривается проект закона «О защите населения от вредного шумового воздействия».

Законопроектом определяются основные принципы защиты населения от вредного воздействия шума, компенсационные выплаты за вредное воздействие шума на природную среду, а также полномочия государственных органов в области защиты населения от вредного воздействия шума.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlanmoqda, shuningdek fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i belgilanmoqda.

➡️ Ya’ni, tungi vaqtda — sutkaning soat 23:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, shuningdek dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha vaqt oralig‘ida — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.

➡️ Bunga ko‘ra, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilmoqda. Amalda mazkur huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori fuqarolarga – 113 ming so‘m, mansabdor shaxslarga esa 113 ming so‘mdan 226 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.
_______________________

➡️ Законопроектом утвержден строгий перечень действий, а также определен срок, в течение которого не допускается нарушение спокойствия и нормального отдыха граждан.

➡️ То есть предлагается усилить административную ответственность за нарушение спокойствия и нормального отдыха граждан в ночное время - с 23:00 до 06:00, а также с 22:00 до 09:00 часов в выходные и установленные законом нерабочие дни.

➡️ То есть это влечет наложение штрафа на граждан в сумме от трех до пяти, а на должностных лиц — от десяти до пятнадцати базовой расчетной величины. На практике размер штрафов за данные нарушения составляет 113 000 сумов для граждан и от 113 000 до 226 000 сумов для должностных лиц.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning salomatligi va osoyishtaligini har qanday zararli shovqinlar ta’siridan himoya qilish borasida samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.

🔹 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔹 По словам депутатов, принятие законопроекта послужит созданию эффективных правовых механизмов для выполнения необходимых условий проживания населения в комфортной природной среде, для защиты его здоровья и отдыха от воздействия любого вредного шума.

🔹 Проект закона принят депутатами.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Majlisda kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

☑️ Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari o‘zlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha va iqtisodiy sudlarga murojaat qilganda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

☑️ Shuningdek, ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ushbu tashkilotlardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi nazarda tutilmoqda.
_______________________

☝️ На заседании концептуально в первом чтении рассматривается проект закона, предусматривающий внесение дополнений и изменений в некоторые законодательные акты с целью создания условий при взыскании коммунальных платежей в судебном порядке.

☑️ Предлагаемым законопроектом предусматривается освобождение органов управления многоквартирными домами от предварительной уплаты государственной пошлины при обращении в суды по гражданским делам и в экономические суды с исками, заявлениями и жалобами о взыскании задолженности по обязательным платежам за оказанные ими услуги.

☑️ Также в случае полного или частичного отказа в удовлетворении их требований государственная пошлина взыскивается с этих лиц пропорционально размеру требований, в удовлетворении которых отказано.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishda arizaga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini qat’iy belgilab qo‘yish taklif etilmoqda.

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirishga, odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
_______________________

Кроме того, предлагается четко определить перечень документов, которые необходимо приложить к заявлению при обращении в суд по гражданским делам c заявлением о выдачи судебного приказа о взыскании обязательных взносов и платежей с собственников помещений многоквартирного дома.

Принятие данного законопроекта послужит дальнейшему усилению гарантий права на обращение в суд с просьбой защитить законные интересы лица, дальнейшему повышению уровня достижения правосудия

На заседании законопроект был принят депутатами.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida tanaffus e’lon qilindi.
_______________________

☝️ На заседании Законодательной палаты объявлен перерыв.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
#Live

♻️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida favqulodda vaziyatlar vaziri A. Qo‘ldoshevning “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatining samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitilmoqda.
_______________________

♻️ На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса заслушивается информация министра по чрезвычайным ситуациям А. Кулдошева «О проведенной работе в Республике Узбекистан по предупреждению чрезвычайных ситуаций и обеспечению эффективности государственной системы действий в таких ситуациях».

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Qayd etilganidek, 2022-yilda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yilgan.

➡️ Respublikaning katta qismi sezilarli darajada iqlim o‘zgarishi ta’siri doirasida bo‘lib, buning oqibatida ro‘y berayotgan favqulodda vaziyatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, odamlarning turmush tarzi va sog‘lig‘iga, shuningdek, iqtisodiy obyektlarning barqaror faoliyat olib borishiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
_______________________

➡️ Отмечалось, принятым в 2022 году Законом «О защите населения и территорий от чрезвычайных ситуаций природного и техногенного характера» закреплены правовые основы государственной системы предупреждения чрезвычайных ситуаций и действий в таких ситуациях.

➡️ Большая часть республики в значительной степени находится под влиянием изменения климата, и возникающие в результате этого чрезвычайные ситуации оказывают негативное влияние на социально-экономическое развитие, образ жизни и здоровье людей, а также на устойчивое функционирование объектов экономики.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☑️ Hukumatning tegishli qarori asosida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va kompleks tadbirlarni o‘z ichiga olgan 2023 – 2030-yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy harakatlar rejasi qabul qilindi.

☑️ Parlament eshituvida ta’kidlanganidek, tabiiy ofatlarning oldini olish, prognozlash, monitoring qilish, tabiiy ofatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish, yetkazilgan zararlar miqdorini kamaytirish, xavfli hududlardagi fuqarolarning, iqtisodiyot va ijtimoiy soha obyektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilib, bir qator ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda.
_______________________

☑️ На основе соответствующего постановления Правительства принят Национальный план действий Республики Узбекистан по снижению риска стихийных бедствий и повышению устойчивости к изменению климата на 2023-2030 годы, включающий приоритетные направления и комплексные меры.

☑️ Отмечено, что в результате системной работы по предотвращению, прогнозированию, мониторингу стихийных бедствий, защите населения и территорий от них, снижению размера ущерба, обеспечению безопасности граждан, экономики и объектов социальной сферы в опасных зонах, достигнуты значимые результаты.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Birgina muhandislik tadbirlarining samarali amalga oshirilishi bilan o‘tgan yilning o‘zida 19 ta xo‘jalik obyekti va 116 nafar fuqaroning hayotiga xavf bartaraf etildi.
_______________________

☝️ Только в прошлом году из-за эффективного проведения инженерных мероприятий устранена опасность угрозы для 19 хозяйственных объектов и жизни 116 граждан.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Eshituvda deputatlar tahlillar sohada ayrim kamchiliklar va hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar mavjudligini ko‘rsatayotganligini qayd etishdi. Xususan, ayrim vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar tomonidan favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimida bajariladigan vazifalar, hududning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari to‘liq yaratilmagan.

➡️ Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashga doir tadbirlar, shuningdek favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi bilimlarni targ‘ib etish ishlari yetarlicha samara bermayapti.

➡️ Savol-javob va muhokamalarga boy bo‘lgan parlament eshituvida deputatlar tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini takomillashtirish, tizimga zamonaviy boshqarish tamoyillarini joriy qilishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

➡️ Kun tartibidagi masala yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishib olindi.
_______________________

☝️ По словам депутатов, анализы показали наличие некоторых недостатков и вопросов, требующие своевременного решения. В частности, не определены задачи, осуществляемые некоторыми министерствами и ведомствами, а также органами местного самоуправления в государственной системе по предупреждению и действиям в чрезвычайных ситуациях, специфические особенности территории, а также не в полной мере созданы резервы финансовых и материальных ресурсов для ликвидации возможных чрезвычайных ситуаций природного и техногенного характера.

➡️ Недостаточно эффективны мероприятия по подготовке населения к действиям в чрезвычайных ситуациях, проведению разъяснительной работы по защите в чрезвычайных ситуациях.

➡️ В ходе парламентского слушания, насыщенного вопросами-ответами и дискуссиями, депутаты дали ряд предложений и рекомендаций, направленных на совершенствование государственной системы по предотвращению чрезвычайных ситуаций и действий в таких ситуациях, внедрению в систему современных принципов управления.

➡️ По вопросу повестки дня решено обеспечить эффективный парламентский контроль.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari — maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shinning “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga javobi haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jami 33 942 ta bog‘chaning, 27 162 tasi nodavlat ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Jumladan, 24 mingdan ortiq oilaviy shakldagi, 1400 ga yaqin davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan bog‘chalarda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiya olmoqda.

Parlament so‘roviga berilgan javobda bugungi kunda Davlat budjetidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilib kelinayotganligi ma’lum qilingan.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnatga to‘lanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda haq to‘lashga oid so‘rovga javoban, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari xo‘jalik hisobidagi nodavlat yuridik shaxs hisoblanishi, Mehnat kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan xodimlar uchun ish haqiga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar, shu jumladan rag‘batlantirish xususiyatiga ega va kompensatsiya to‘lovlari ushbu tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq ekanligi qayd etilgan.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida tadbiq etilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi orqali ta’lim-tarbiya jarayoni yagona ta’lim dasturlari asosida olib boriladi. Bu dastur Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Estoniya kabi davlatlarning xalqaro tajribasi asosida yaratilgan.

Shu bilan birga, raqamli transformatsiya sharoitida ota-onalarni maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida faol ishtirok etishga va pedagoglarning o‘z-o‘zini kasbiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan “Bolalik akademiyasi” platformasi hamda ota-onalar uchun bolalarga uyda ta’lim berishga mo‘ljallangan “Bebbo” mobil ilovasi o‘quv materialini ko‘rgazmali, izchil-mantiqiy tarzda havola etishni ta’lim muhitida texnologiyalashtirish asosida ishlab chiqilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, majlisda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnatga to‘lanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda haq to‘lash, ushbu tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan nomutaxassis pedagog kadrlarni oliy ta’lim muassasalariga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A. Shinning parlament so‘roviga javobi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔹 Majlisda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga “Fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini oshirish masalalarida oliy ta’lim muassasalarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi yuborildi.
_______________________

🔹 На заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса направлен парламентский запрос министру высшего образования, науки и инноваций К. Шарипову «О развитии механизмов сотрудничества высших учебных заведений с негосударственными некоммерческими организациями в вопросах повышения потенциала институтов гражданского общества».

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔰 Majlisda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.Zokirovga “Qurilish sohasining shaffofligini ta’minlash va qurilish ishlarini kuzatib borish uchun jamoatchilikka imkoniyat yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi yuborildi.
_______________________

🔰 На заседании министру строительства и жилищно-коммунального хозяйства Б.Зокирову направлен парламентский запрос Законодательной палаты «О проводимой работе по обеспечению прозрачности сферы строительства и созданию возможности общественности для наблюдения строительных работ».

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi.

***
☝️ Пленарное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса завершило свою работу.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO