Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
17.9K photos
1.02K videos
2 files
12.5K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

➡️ Qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish tartibi belgilanmoqda.

➡️ Shuningdek, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish asoslari nazarda tutilmoqda.

➡️ Bundan tashqari, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasining yer fondi toifasini o‘zgartirish, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartiblari o‘z aksini topmoqda.

➡️ Loyihada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasidan...

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtilishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi.

👉 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanmoqda

🔹 Umida Rahmonova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Majlisda deputatlar “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqishmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Mazkur qonun loyihasi bilan aholiga va telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, loyihaga ko‘ra, endi bank, to‘lov tizimi, to‘lov tashkiloti, elektron tijorat platformasi ilovalari orqali xizmatlarni ko‘rsatishda telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya talab etilmaydi.

🔹 Bugungi kunga qadar yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarning ayrimlarida tegishli infratuzilma ko‘zda tutilmagani sababli qayta qurilish ishlarini olib borishga to‘g‘ri kelayotgan edi. Shunday ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida bundan keyin bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi.

🔹 Xususan, ko‘p qavatli uylarda yashovchilarning arizasi bo‘lganda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanish imkoniyati yaratiladi. Operatorlarga telekommunikatsiya infratuzilmasi obyektlaridan birgalikda foydalanishga ruxsat beriladi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔰 Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan amaldagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonunga oldin mavjud bo‘lmagan qator yangi normalar ham kiritilmoqda. Jumladan, asosiy atamalar xalqaro normalarga muvofiqlashtirilmoqda. Operator va provayderlarning o‘zaro tarmoq xizmatlarini aholiga ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlaridan farqlash mezonlari kiritilyapti.

👉 Bundan tashqari, qonun loyihasining ko‘plab normalari konstitutsiyaga moslashtirilmoqda. Xususan, loyihaning 7-moddasi qonunchilikka muvofiq telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan bo‘lsa, asosiy yo‘nalishlarning birinchi qismi Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish ekanligi belgilab qo‘yildi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida tanaffus e’lon qilindi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Yalpi_majlis

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Deputatlarning aytishicha,
qonun loyihasining qabul qilinishi telekommunikatsiya infratuzilmasidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratish orqali xizmatlar qamrovi va sifatini oshirishga xizmat qiladi. Internetdan foydalanish imkoniyatining kengayishi orqali aholi davlat xizmatlaridan faol foydalanadi, elektron tijoratni amalga oshiradi.

Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida baholash faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Ushbu qonun loyihasi bilan “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina ekspert sifatida ham ishtirok etishi mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

➡️ Bundan tashqari, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunga baholash to‘g‘risidagi hisobotlarda qo‘llanilgan usullarni ilmiy asoslanganligi yuzasidan sud ekspertizasini uch yil ish stajiga ega bo‘lgan sud ekspertlari tomonidan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilishi bo‘yicha qo‘shimcha kiritilmoqda. Shuningdek, tekshirishlarni o‘tkazishda sud ekspertining xulosasiga qo‘yilgan talablarga, shuningdek tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlariga amal qilish bo‘yicha sud ekspertining majburiyati nazarda tutilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Qonun loyihasining qabul qilinishi baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini tekshirishdagi muammolarning bartaraf etilishiga, fuqarolarimizning ortiqcha chiqimdorligini kamaytirilishiga, shuningdek respublikada mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuvning joriy etilishiga xizmat qiladi.

👉 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Majlisda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish va ulardan samarali foydalanish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Mazkur qonun loyihasi bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ikkilamchi ijaraga berish ko‘zda tutilmoqda.

🔹 Ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan mazkur qonun loyihasida dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlari atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga berish, bog‘ va tokzor qator oralaridan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan normalar aniq belgilandi.

🔹 Shuningdek, qonun loyihasidagi “maqbul ekinlar” tushunchasini aniq talqin qilish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibiga asosan ekish belgilandi va Yer kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchalarni moddalar predmetidan kelib chiqib, ularni amaldagi qonunchilik normalariga muvofiqlashtirdi.

🔹 Bundan tashqari, loyiha bilan Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga suv obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish, suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish huquqlari berilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO