Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
18.6K photos
1.06K videos
2 files
12.9K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
☝️ 2024-yil 26-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari tomonidan Qonunchilik palatasi faoliyatiga oid qator masalalar muhokama qilindi.

🔹 Xususan, Qonunchilik palatasining joriy yil 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan majlisi kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, majlisning kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.

🔹 Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining fevral oyi oxirgi haftasida o‘z okruglaridagi uchrashuvlarini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

🔹 Yig‘ilishda kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

☝️ 2024-yil 27-fevral kuni soat 11:00da Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti hamda youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Qonunchilik palatasi Parlament axborot markazi

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
O‘zbekiston vakili BMT Kengashining 55-sessiyasida so‘zga chiqdi

Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 55-sessiyasi boshlandi. Sessiyaning Oliy darajadagi segmentida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov so‘zga chiqdi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Yalpi_majlis

☝️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlanishi oldidan...

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔰Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Majlisda qonun loyihasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov ma’ruza qilyapti.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Qonun loyihasi bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilab berilmoqda. Bunda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan muvofiqlashtirilishi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi komissiyaning ishchi organi, qolaversa, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanishi taklif etilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

♻️ Qonun loyihasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga ta’rif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash, qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllari amaldagi uchtadan (jismoniy, jinsiy, ruhiy) oltitaga (g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling) oshirilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO