Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.8K subscribers
17.6K photos
1.01K videos
2 files
12.3K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

Deputatlarning aytishicha,
qonun loyihasining qabul qilinishi telekommunikatsiya infratuzilmasidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratish orqali xizmatlar qamrovi va sifatini oshirishga xizmat qiladi. Internetdan foydalanish imkoniyatining kengayishi orqali aholi davlat xizmatlaridan faol foydalanadi, elektron tijoratni amalga oshiradi.

Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida baholash faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Ushbu qonun loyihasi bilan “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosidagina ekspert sifatida ham ishtirok etishi mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

➡️ Bundan tashqari, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunga baholash to‘g‘risidagi hisobotlarda qo‘llanilgan usullarni ilmiy asoslanganligi yuzasidan sud ekspertizasini uch yil ish stajiga ega bo‘lgan sud ekspertlari tomonidan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilishi bo‘yicha qo‘shimcha kiritilmoqda. Shuningdek, tekshirishlarni o‘tkazishda sud ekspertining xulosasiga qo‘yilgan talablarga, shuningdek tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlariga amal qilish bo‘yicha sud ekspertining majburiyati nazarda tutilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Qonun loyihasining qabul qilinishi baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini tekshirishdagi muammolarning bartaraf etilishiga, fuqarolarimizning ortiqcha chiqimdorligini kamaytirilishiga, shuningdek respublikada mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuvning joriy etilishiga xizmat qiladi.

👉 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Majlisda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ikkilamchi ijaraga berish va ulardan samarali foydalanish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Mazkur qonun loyihasi bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlarining atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ikkilamchi ijaraga berish ko‘zda tutilmoqda.

🔹 Ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan mazkur qonun loyihasida dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug‘orish tarmoqlari atroflaridagi yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga berish, bog‘ va tokzor qator oralaridan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan normalar aniq belgilandi.

🔹 Shuningdek, qonun loyihasidagi “maqbul ekinlar” tushunchasini aniq talqin qilish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibiga asosan ekish belgilandi va Yer kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchalarni moddalar predmetidan kelib chiqib, ularni amaldagi qonunchilik normalariga muvofiqlashtirdi.

🔹 Bundan tashqari, loyiha bilan Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga suv obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish, suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish huquqlari berilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Qizg‘in o‘tgan majlisda deputatlar tomonidan loyiha yuzasidan ayrim e’tirozlar bildirildi. Undagi ayrim moddalarni qayta ishlash va maromiga yetkazish maqsadida qonun loyihasi mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisidan fotolavhalar

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi 1-o‘qishda qabul qilindi

➡️ Qonun loyihasi bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilab berilmoqda.

➡️ Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga ta’rif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash, qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda.

➡️ Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllari amaldagi uchtadan (jismoniy, jinsiy, ruhiy) oltitaga (g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling) oshirilmoqda.

➡️ Qonun loyihasi bilan ilk bor yangi institut joriy qilinyapti. Ya’ni, endilikda bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilmoqda.

➡️ Loyihada bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO