Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
14.2K subscribers
18.5K photos
1.06K videos
2 files
12.9K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#Live

Qonun loyihasining qabul qilinishi ichki va tashqi bozor uchun hayvonlardan olinadigan mahsulot prognozi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar bazasini shakllantirish, iste’mol uchun chiqariladigan barcha mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishga, hayvon egalarining hayvonga egalik qilish, foydalanish, tasarruf qilish huquqlarini yanada kafolatlashga imkoniyat yaratadi.
_______________________

Принятие законопроекта даст возможность создать базу данных по прогнозу животноводстводческой продукции на внутреннем и внешнем рынках, получения информации обо всей животноводческой продукции, выпускаемой в потребление, а также гарантированное владение и использование животных их владельцами, права на распоряжение ими.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

♻️ Deputatlar qonun loyihasini ko‘rib chiqish chog‘ida unda nazarda tutilayotgan yangiliklar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tashqi va ichki bozorlarni sifatli chorva mahsulotlar bilan ta’minlash, veterinar osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qilishini alohida qayd etdilar.

✔️ Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

♻️ В ходе рассмотрения законопроекта депутаты отметили, что предусмотренные в нем нововведения послужат реализации единой государственной политики в области идентификации скота, обеспечению зарубежных и внутренних рынков качественной животноводческой продукцией, обеспечению эпизоотического благополучия.

✔️ После долгой полемики законопроект был принят депутатами в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

♻️ Majlisda “Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

♻️ На заседании в первом чтении рассматривается проект закона «О внесении изменений в статью 135 Уголовного кодекса Республики Узбекистан в связи с ужесточением мер наказания за преступление торговли людьми».

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔰 Qonun loyihasining qabul qilinishi odam savdosi jinoyati sodir etilishining oldini olishga, bolalar va xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq xalqaro indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi.

👉 Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔰 Принятие законопроекта послужит предотвращению преступлений торговли людьми и улучшению позиций нашей страны в международных индексах по правам женщин и детей.

👉 Законопроект принят депутатами в третьем чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☑️ Majlisda deputatlar tomonidan sug‘urta qildiruvchilarni majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib chiqqan nizolarda davlat bojidan ozod etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

☑️ На заседании концептуально в первом чтении рассматривается законопроект, предусматривающий освобождение страхователей от уплаты государственной пошлины по искам, вытекающим из видов обязательного страхования.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinmoqda.
_______________________

☝️ На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса в первом чтении рассматривается законопроект, направленный на совершенствование системы финансовой поддержки малого и среднего бизнеса.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Qonun loyihasi kredit oluvchiga kafolat (kafillik) berish faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi kafolatlar berish tashkilotini tashkil etishga oid huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan.

➡️ Shuningdek, loyiha bilan nobank kredit tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etish, mikromoliya tashkilotlari tomonidan mijozlarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish hamda mikromoliya tashkilotlariga tegishli litsenziya olgan holda to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari yaratilmoqda.

➡️ Bundan tashqari, loyihada jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lganda Markaziy bankning xabardor qilish tartibi qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.

➡️ Bahs-munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

➡️ Законопроектом предусмотрено создание организации по предоставлению гарантий (поручительств) – юридического лица, осуществляющего профессиональную деятельность по предоставлению гарантий (поручительств), и оказывающего иные услуги в соответствии с законодательством, а также надзор и регулирование Центральным банком за его деятельностью.

➡️ Также предусмотрено, что небанковские кредитные организации будут созданы в форме акционерного общества или общества с ограниченной ответственностью, а микрофинансовым организациям будет разрешено оказывать финансовые услуги юридическим лицам в иностранной валюте.

➡️ Кроме того, определяется порядок уведомления Центрального банка в случае, если размер доли в уставном капитале небанковской кредитной организации физическими и юридическими лицами составит от 10 до 20 процентов.

➡️ После долгой полемики законопроект был принят депутатами в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

♻️ Majlisda deputatlar “Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishmoqda.
_______________________

♻️ На заседании депутаты в первом чтении рассматривают проект закона «О материальной ответственности военнослужащих».

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO