Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.9K subscribers
17.9K photos
1.02K videos
2 files
12.5K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash jarayoni soddalashtiriladi

Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash jarayonining soddalashtirilishiga hamda inson omili aralashuvining kamayishiga, iste’mol qilingan yoqilg‘i-energiya resurslari uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarining majburiy ijro etish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☝️ 2024-yil 11-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari tomonidan Qonunchilik palatasi faoliyatiga oid qator masalalar muhokama qilindi.

🔹 Xususan, Qonunchilik palatasining joriy yil 12-mart kuni bo‘lib o‘tadigan majlisi kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, majlisning kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.

🔹 Yig‘ilishda kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

☝️ 2024-yil 12-mart kuni soat 11:00da Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti hamda youtubedagi kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Qonunchilik palatasi Parlament axborot markazi

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Yalpi_majlis

☝️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.
_______________________

☝️ Началось очередное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан. Заседание транслируется в прямом эфире на официальном веб-сайте и YouTube-канале Законодательной палаты.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

1️⃣ “O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi;

2️⃣ “Suv resurslarini boshqarish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi;

3️⃣ “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlari hamda ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi yanada takomillashtirilgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi;

4️⃣ “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi;

5️⃣ “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi;

6️⃣ “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga bojxona brokeri va xalqaro kurerlik jo‘natmalarini yetkazib berish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi;

7️⃣ “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlanishi oldidan...

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Majlisda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining faoliyati yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilyapti.
_______________________

🔹 На заседании во втором чтении рассматриается законопроект, направленный на дальнейшее совершенствование деятельности Комитета по развитию конкуренции и защите прав потребителей.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

🔹 Mazkur qonun loyihasi bilan raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda mazkur tizim faoliyatini takomillashtirish maqsadida “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining nomini aniqlashtirish, davlat yordami berilishiga taalluqli loyihalarni ushbu qo‘mita bilan kelishish nazarda tutilmoqda.

🔹 Shuningdek, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritilib, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya subyektlari jumlasiga kiritilsa, o‘sha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanishi belgilanmoqda.

🔹 Bundan tashqari, jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bo‘lgan hollar bo‘yicha birinchi marta raqobat sohasida huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralarini qo‘llamaslik ko‘zda tutilmoqda.
_______________________

🔹 Данным законопроектом в целях углубления реформ в сфере развития конкуренции и защиты прав потребителей и совершенствования деятельности данной системы в Закон «О нормативно-правовых актах» вносятся изменения, которые уточняют название Комитета по развитию конкуренции и защите прав потребителей и предусматривают согласование с ним проектов по предоставлению государственной помощи.

🔹 Также в Закон «О конкуренции» внесены изменения, согласно которым определено, что исходя из вида деятельности хозяйствующего субъекта, включенного в перечень субъектов естественной монополии, этот вид деятельности будет считаться его основным видом деятельности.

🔹 Кроме того, в целях либерализации системы наказаний предусматривается не применять меры ответственности в виде финансовых санкций к субъектам предпринимательства, впервые совершившим правонарушения в сфере конкуренции, в случаях с низким уровнем экономического воздействия.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☝️ Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi tovar va moliya bozorlarida sog‘lom raqobat muhitini ta’minlashga, iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bo‘lgan hollar bo‘yicha raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektga moliyaviy sanksiyalarni qo‘llashda adolatlilik prinsipiga rioya etilishiga xizmat qiladi.

👉 Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
_______________________

☝️ По мнению депутатов, принятие законопроекта послужит обеспечению здоровой конкурентной среды на товарных и финансовых рынках, а также соблюдению принципа справедливости при применении финансовых санкций к хозяйствующему субъекту за нарушение законодательства о конкуренции, по случаям, имеющим низкую степень экономического воздействия.

👉 После бурных обсуждений законопроект был принят депутатами.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

Majlisda suv resurslarini boshqarish tizimi yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

На заседании во втором чтении рассматривается проект закона, направленный на дальнейшее совершенствование системы управления водными ресурсами.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO