HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )
3.43K subscribers
55 photos
161 videos
833 links
SHOIR📃 "Qodir Qaxxor" ning Telegramdagi rasmiy saxifasi.🎼

Mualliflik huquqiga rioya qiling

Taklif va sher buyurtmalar uchun

ʍʊʀօʝǟaT: @QodirQaxxor

https://www.instagram.com/qodirqaxxor

Inistagramda👆
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nevomusic Premyera🔥

🎵Jamshidbek Nuridinboyev - Tirikligim sizga yoqmasa

✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ona qarang zo'r bo'lib ketdim (audio 2025)
Sanjay
#qoshiq🔥

🎵Sanjay -Ona qarang zo’r bo’lib kettim

✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Laylijon
Zarifjon Safarov
#megaxit🔥 Qo’shiq tanishmi?🥰

🎵Zarifjon Safarov - Laylijon

✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👆😔Aktiv juda ham sus to’g’ri sherlarim zo’r emas lekin shunday bo’lsa ham qo’yilayotgan postlarga beetibor bo’lmay ❤️ Likelarni bosib turaylik eng avvolo etibor boshqa narsa kerakmas man sizlar uchun ijoddaman rahmat hammaga
Meni yolg’iz qo’yma sevgilim,
Sensizlikda ado bo’laman.
Sensiz bedor o’tar har kunim,
Men sen bilan baxtga to’laman.

👆Davomni chiqaramizmi?
Sen baxtli bo’laver..

Taqdirga jimgina ko’namiz chog’i,
Unga vafoli bo’l, mayli boraver.
O’zimga ayondir yuragim ohi,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.

Yo’q dema qo’lingdan tutib olayin,
Sochlaringni hidlab to’yib olayin,
To’yingga ham aytma, bilmay qolayin,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.

Endi mensiz baxtli kunlaringni kut,
Dard-u alamlaring sen ichingga yut,
Yig’lab yurma yana, shunchaki unut,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.

Suratlarim o’chir, termulib boqma,
Men haqimda sira o’ylanib yotma,
Meni o’ylab aslo qayg’uga botma,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.

Bizni siylamadi bag’ritosh taqdir,
Armonlar qiynaydi naqadar og’ir,
Senga baxtlar tilab qoladi Qodir,
Sen baxtli bo’laver, meni qo’yaver.

23:23.31.01.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Otasi bor…

Yo’qchilik yo’qlab kelsa,
Sira boshin egmaydi.
Omadi bor sinsa ham,
Otasi bor sinmaydi.

Samo quchar qush bo’lar,
Tashvishlari tush bo’lar,
Ishlari ham besh bo’lar,
Otasi bor sinmaydi.

Bordur temir qalqoni,
Bayram bo’lar har oni,
Titratadi dunyoni,
Otasi bor sinmaydi.

Cho'ntagida pul yurar,
Har damda omad kular,
Juda ham baxtli ular,
Otasi bor sinmaydi.

Hayot bo’lsa otangiz,
Belingiz bukilmaydi.
Duosin oling har dam,
Otasi bor sinmaydi.

Ota qadrin bilganni,
Xudo o’zi qo’llaydi.
Omadi bor sinsa ham,
Otasi bor sinmaydi.

03:23.04.02.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sevmasam bo’larkan..

Armonlarga ko’mib, azoblar berib,
Yoqib ketding ishon, gulxanda meni.
Netay taqdir ekan, aybdor o’zim,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.

Yuragimga buyruq berolmagandim,
Sensizlikka bir zum ko’nolmagandim,
Senga o’xshab kechib ketolmagandim,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.

Dunyoda bormikin menday dardi bor,
Bilmaysan-da hamon yurak senga zor,
Sevmasang ham sevib adashdim-da, yor,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.

Seni vafoli yor bo’lasan derdim,
Yonimda bir umr qolasan derdim,
Senla o’tgan kunlar baxtiyor edim,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.

So’zlaring shirin-u iboli eding,
Tan olaman, go’zal, chiroyli eding,
Qadrimga yetmading, qadrli eding,
Sevmasam bo’larkan o’shanda seni.

02:23.05.02.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👆Yangi sher bor xudo xoxlasa aktivga qarab joylaymiz🥰

50ta ❤️ like bo’lsa
joylavoramiz 👇
Bir kun sizga…

Qandayligim onamdan so’rang,
Men juda ham yaxshi bolaman.
Imkon bering, gullarim oling,
Bir kun sizga yoqib qolaman.

Rad javobin bermay turing siz
Qalbim vayron qilmay turing siz,
Peshonamga yozilgan, ey qiz,
Bir kun sizga yoqib qolaman,

Sog’inaman qora ko’zingiz,
Tan olaman - tanho o’zingiz,
Bo’ldi yetar, burmang yuzingiz,
Bir kun sizga yoqib qolaman,

Boylik so’rang, beray boyligim,
Ko’nglingizni bir kun olaman.
Qalbim guli, ey chiroyligim,
Bir kun sizga yoqib qolaman,

Qodir sevsa yonib sevadi,
Hali sizga she'rlar bitaman.
Armonlarda qoldirmang meni,
Bir kun sizga yoqib qolaman,

13:23.10.02.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
,,ONA’’ shu so’zga hamma kamentda tarif bersinchi man kamentda yozilgan tariflardan foydalanib ona haqida sher yozaman. 🥰

👇Qani kettik kim ko’rib turib yozmasa onasini yomon ko’radi😅
Meni menday sevmaysan

She'rlarimni maqtaysan.
Kulib-kulib aldaysan.
Alam qilar, hali ham,
Meni menday sevmaysan,

Orzularing ko’kdami?
Yoki qalbing xastami?
Oshiqlaring yuztami?
Meni menday sevmaysan.

Dardimni tushunmaysan.
Sira rahm qilmaysan.
Qancha qilmay harakat,
Meni menday sevmaysan.

Ololmadim ko’nglingni,
Tutolmadim qo’lingni,
Qancha to’smay yo’lingni,
Meni menday sevmaysan.

Balki atay qiynaysan.
Yuragimni tig’laysan.
Qaysarginam, gulginam,
Meni menday sevmaysan.

Izlaganim - topganim,
Sevib ko’ngil qo’yganim,
Jonimdan to’ydirganim,
Meni menday sevmaysan.
Qachongacha qiynaysan?

00:23.13.02.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Alishmayman-ku..

"Sevsangiz gar isbotlang"- deysan,
Sevmasam men talashmayman-ku.
Ishon, gulim, bir tola soching,
Yuzta qizga alishmayman-ku.

Rashk qilaman yomon o’zingni,
Sog’inaman shirin so’zingni,
Yonib turgan qora ko’zingni,
Mingta qizga alishmayman-ku.

Asragin sen menday yoringni,
Chalg’itmagin hech hayolingni,
Shirin-shirin bu iforingni,
O’n ming qizga alishmayman-ku.

O’ylab ko’rgin o’zga qiz bilan
Yurak yutib tanishmayman-ku.
Meni sevgan go’zal qalbingni
Yuz ming qizga alishmayman-ku.

So’zlarimni hech qilma kulgu.
Sen bo’lasan qalbimda mangu.

01:23.13.02.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
👇Kanalimizda yigitlar ko’pmi qizlar?
Anonymous Poll
59%
🕺Yigitlar
41%
💃Qizlar
Chiroylisan-ey

Ko’z tegmasin, senda yo’q bir kam,
Haddan ziyod ibolisan-ey.
Lablari bol, ko’zlari qoram,
Voyey, buncha chiroylisan-ey.

Xayolimda yashaysan har kun,
Yechilmaydi yurakda tugun,
Qanday seni sevmaslik mumkin?
Voyey, buncha chiroylisan-ey.

Hech rozilik bermading to’yga,
Seni o’ylab tolaman o’yga,
Qamab qo’ygim kelar bir uyga,
Voyey, buncha chiroylisan-ey.

Oshiqlaring seni talashar,
Har qadamda yo’ling poylashar,
Qanday libos kiysang yarashar,
Voyey, buncha chiroylisan-ey.

Lov yonaman jilmayib, kulsang,
Baxtim kular sen yorim bo’lsang,
Ta'riflashga til ojiz, bilsang,
Voyey, buncha chiroylisan-ey.

02:23.16.02.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
AKBAROVA NASIBA!
#Chiroyli_ijro

NASIBA AKBAROVA - Alishmayman-ku

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Audio
#Chiroyli_ijro

Xolboyva Layloxon - Onam betob bo’lgan kechada🥺

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Audio
#Chiroyli_ijro

Iroda Muzaffarovna - Yomon bo’lsam

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Audio
#Chiroyli_ijro

Oymoma - Sevmasam bo’larkan..

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Audio
#Chiroyli_ijro

Sevinch Xoliqova - Onam duo qilgani uchun🥰

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg