HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )
4.47K subscribers
56 photos
166 videos
805 links
SHOIR📃 "Qodir Qaxxor" ning Telegramdagi rasmiy saxifasi.🎼

Mualliflik huquqiga rioya qiling

Taklif va sher buyurtmalar uchun

ʍʊʀօʝǟaT: @QodirQaxxor

https://www.instagram.com/qodirqaxxor

Inistagramda👆
Download Telegram
🥰Assalom alaykum aziz muxlislar.

Qanday mavzuda sher yozishimni istaysizlar?

✍️Zo’r mavzularni yozinglar o’sha mavzuda yozaman sherni👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ODDIYGINA ODINA QIZ 💕

So’zlariga mast bo’laman,
Husniga-chi? Oy ham ojiz.
Oddiyligi yoqar ko’proq,
Oddiygina Odina qiz.

Har zamonda yo’qlab turar,
Hol-ahvolim so’rab turar,
Yaxshilikni ko’zlab turar,
Oddiygina Odina qiz.

Sochi uzun, ko’zi ohu,
Unga yetish balki orzu,
Xayollarim o’g’risi u,
Oddiygina Odina qiz.

Gullar bersam yashnab ketar,
Shirin so’zni boshlab ketar,
Onamga ham o’xshab ketar,
Oddiygina Odina qiz.

Ko’nglim bir kun to’larmikan?
Bizga taqdir kularmikan?
Mening yorim bo’larmikan?
Oddiygina Odina qiz.

Muallif: Qodir Qaxxor

@QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
❗️Assalomu alaykum qadirdonlar🥰

4000 ming obunachi bo’lsak zo’r yangilik bor sher so’rab yozayotgan muxlislar soni juda ko’p biroq man sherni pulga yozaman endi shu narsani bepul qilmoqchiman xudo xoxlasa✍️

Faqat bir sharti bor xolos
Topilachi nima shart ekan?🥰
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizga oson bo’lmagan, dada.

Ko’cha-ko'yda eng zo’ri edim,
Cho’ntagim bo’sh qolmagan, dada.
Davringizda o’ynab kulganman,
Sizga oson bo’lmagan, dada.

Eskirmagan usti - boshim ham,
Uzoq yurgan mendan dard-u g’am,
Katta bo’ldim sira ko’rmay kam,
Sizga oson bo’lmagan, dada.

Pul topishni sira o’ylamay,
Yurganman-da tashvish ne bilmay,
Qora mehnat qilgansiz tinmay,
Sizga oson bo’lmagan, dada.

Ne istasak topib kelgansiz,
Bizni juda yaxshi ko’rgansiz,
Dardlaringiz ichga yutgansiz,
Sizga oson bo’lmagan, dada.

Yorug’ qilay endi yuzingiz,
Ikki qilmay aslo so’zingiz,
Katta bo’lib bildim qadringiz,
Sizga oson bo’lmagan, dada.

00:05.14.05.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ko’rishib turaylik, sinfdoshlarim

Sizlarga o’rganib qolganman axir,
To’xtamas bo’ldi-da ko’zda yoshlarim.
Tarqalib ketmaylik sog’inaman-da,
Ko’rishib turaylik, sinfdoshlarim.

Bir sinfda o’qimoq boshqacha ekan,
Maktabni bitirmoq alamli ekan,
Shirin xotiralar yurakni yerkan,
Ko’rishib turaylik, sinfdoshlarim.

Bekor chalindi-da so’nggi qo’ng’iroq,
Hech ketgim kelmaydi sizlardan yiroq,
Nahot ajralamiz yurakda titroq,
Ko’rishib turaylik, sinfdoshlarim.

Sizlar bilan birga bildim yozishni,
Mening eng qadrli yelkadoshlarim.
Sizlarday do’stlarim, yaqinlarim yo’q,
Ko’rishib turaylik, sinfdoshlarim.

Endi vaqtlar ortga qaytmas bilaman,
Maktabga borishni orzu qilaman,
Har biringiz juda yaxshi ko’raman,
Ko’rishib turaylik sinifdoshlarim.

09:11.16.05.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PremyeraAlbom

Yangilik qilamizmi?🤩

8 ta qo’shiq ichida man yozgan sher
1 - o’rinda turganidan va albom nomini egallaganidan xursandman😅

🎙️Jaloliddin Ahmadaliyev -
Sinifdosh qiz boshqacha eding❤️

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sinfdosh qiz Jaloliddin ...
Maruf_TV
#premyera

🎵Jaloliddin Ahmadaliyev - Sinfdosh qiz boshqacha eding

✍️Muallif: Qodir Qaxxor
🎙️
Bastakor: Hasan Inomov

Vaqtlar ortga qaytmaydi endi,
Dar-dim hech kim bilmaydi endi,
Qodir hamon eslaydi seni,
Sinfdosh qiz boshqacha eding.

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAYOTIY SHERLAR ( Qodir Qaxxor sherlari )
❗️Assalomu alaykum qadirdonlar🥰 4000 ming obunachi bo’lsak zo’r yangilik bor sher so’rab yozayotgan muxlislar soni juda ko’p biroq man sherni pulga yozaman endi shu narsani bepul qilmoqchiman xudo xoxlasa✍️ Faqat bir sharti bor xolos Topilachi nima shart…
👆4000 ming obunachi bo’lsak sher so’ragan muxlislarga yozib beraman bepulga degandim vada vada🤩

🫂Ota Onangiz uchunmi sevgan qizingiz uchunmi Ism uchunmi singlingiz opangiz aka ukangiz uchunmi do’stingiz uchunmi tug’ulgan kun uchunmi sherni mavzusini farqi yo’q!

✍️Sher 3 kuplet bo’ladi ( 12 qator)

📌Faqat kanalimiz manfati uchun kichkina sharti bor bajaraman deganlar bemalol yozishingiz mumkun!👇

✍️Yozing👉 @qodirqaxxor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iroda Osmon - Xasad qili...
NevoMusic
#qoshiq Ijodimizdan 👇

🎵Iroda Osmon - Hasad qilib nega yonasiz

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Hasad qilib nega yonasiz,
Menda bori sizda bo'lmasa.
Nima qilay yashamaymi-a?
Tirikligim sizga yoqmasa.

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰Yangi sher kutganlar bormi?👇
🫂Sizlardan etibor mandan sher✍️
❤️Likeni to’ldirib tashlaylikchi🥰
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.

Cho’ntagimda pulim tursa, eslab qol,
So’ramasdan ishlatishga haqlisan.
Yo’qchilikda yonimdasan yelkadosh,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.

Jigarimsan deganlarni ko’rganman,
Yaxshiliklar qilib yomon bo’lganman,
Ishon seni sodiqliging bilganman,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.

Pul so’rasam qarz olib bergansan,
O’sha pulni so’ramay ham yurgansan,
Jon so’rasam jon berishga tayyorsan,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.

Jinoyatlar qilsam kelib yonimga,
Qamalib ham ketging kelar o’rnimga,
Yaraysan-da doim og’ir kunimga,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.

Dunyo axir soxtalardan iborat,
Yolg’onchi bu dunyoda sen rostimsan.
Yuz yilgacha uzulmasin oqibat,
Do’st deyishga arziydigan do’stimsan.

15:11.20.05.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

👇Yangi sher baxo beramiz❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#atalgan

🥰Bonu Ikromova shu qizni taniydiganlar bormi? 🥰

✍️Sher shu qizga atalgan…..

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vidio_sher

📌Bu bolakay mani suyikli Jiyanim sherlarimni juda chiroyli o’qiydi 🥰

🎙️Muhammad Komilov - Dada sizga vada beraman…

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#atalgan

🥰Bonu Ikromova shu qizni taniydiganlar bormi? 👆

✍️3 - Sher ham chiqdi unga atalgan…..

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰Yangi sher kutganlar bormi?👇

🫂Sizlardan etibor mandan sher✍️
❤️Likeni to’ldirib tashlaylikchi🥰
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ONAM

Uyga kelsam sizni izlab qolaman,
Baland ovoz bilan chaqiraman ham.
Gullar olib kelsam xursand bo’lasiz,
Sizni juda yaxshi ko’raman, Onam.

Dardlarimni sizga aytib beraman,
Yuragimdan ketar shunda dard-alam.
Shifokorim o’ziz, pul so’ramaysiz,
Bunchalar yaxshisiz, jannatim onam.

"Yaxshi yursang bo’ldi, bolam", - deysiz-da,
Ammo kamim bor deb aytmaysiz hech ham.
Bir og’iz aytsangiz menga kifoya,
Aytganingiz olib beraman, Onam.

Duolar qilasiz - ishlarim zo'r-da,
Omad quvib yurar hamisha hardam.
Pullarimni olib bozor aylaning,
Bor boyligim axir sizniki, Onam,

Tobingiz qochmasin ado bo’laman,
Sal betob bo’lsangiz ko’zlarimda nam.
Yuz yoshda ham menga dalda bo’ling siz,
Baxtimga bor bo’ling o’zimni onam.

00:11.26.05.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

👇Yangi sher baxo beramiz❤️
😊Assalomu akaykum hammaga bugun Onajonimni tug’ulgan kunlari🎊

Nima sovg’a olsam ekan?

Maslaxat beringlar iltimos sizlardan
🎁👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OYJAMOL

Oymisan osmonda? Qiyo boqmaysan,
Menday oshig’ingga bir bor nazar sol.
Ko’rishaylik desam tutqich bermaysan,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.

O’n sakkizda yoshing - oy kabi to’lding,
Meni shaydo qilgan bitta sen bo’lding,
Meni kuydirding-da, yomon suydirding,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.

Sevgida omadim kelmay turibdi,
Onam topgan qizlar yoqmay turibdi,
Men g’aribni ko’ngli senga tushibdi,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.

Qalbingni zab etish bunchalar qiyin,
Sevgim soxta emas, emasdur o’yin,
Seni sog’inyapman kun o’tgan sayin,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.

Men bilaman senga gullar yoqishin,
Senga olib kelgan gullarimni ol.
Bir kun o’zimniki bo’lasan hali,
Meni sog’intirib yurgan Oyjamol.

09:11.27.05.2025

✍️Muallif: Qodir Qaxxor

Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg

👇Yangi sher baxo beramiz❤️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM