Qirqqishloq News
1.72K subscribers
3.29K photos
1.26K videos
5 files
447 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#dron / #ekologiya / #sanzor

Uchuvchisiz uchish apparati (dron) yordamida huquqbuzarlik holati aniqlandi.

Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining xodimlari tomonidan “Sangzor” daryosi o‘zanida dron yordamida navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazilganda, daryo o‘zanida shaxsi noma’lum fuqaro boshqaruvida bo‘lgan yuk avtotransportiga noqonuniy ravishda qum shag‘al ortilayotganligi aniqlandi.

Huquqbuzarlik Gʻallaorol tumanining “Madaniyat” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Sangzor” daryosi o‘zanida sodir etilib, fuqaro tomonidan tegishli ruxsatlarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al kovlab olingan.

Huquqbuzarlik holati yuzasidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan BMHning 10 baravari, ya’ni
3 300 000 so‘m jarima hamda 460 000 so‘m miqdorida tabiatga yetkazgan zarar belgilandi.

© Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Qonunlarga amal qiling, tabiatni asrang.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news