Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.56K photos
1.39K videos
6 files
511 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#bayram / #xodim / #prokuratura

8-yanvar - O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!

Shu munosabat bilan prokuratura tizimida faoliyat yuritayotgan barcha kanalimiz kuzatuvchilari hamda ularning yaqinlarini @qirqqishloq_news kanali nomidan tabriklaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#baxmal / #tayinlov / #prokuratura

Baxmal tumaniga yangi prokuror tayinlandi.

Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida prokuratura tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, jami 5 ta yangi tayinlov kuzatilgan.

Bosh prokuror buyrug‘iga asosan 1-darajali yurist Sheroz Shavkatovich Abrayev Baxmal tuman prokurori lavozimiga tayinlandi.

Sh.Abrayev tayinlovga qadar viloyat prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#prokuratura / #ekologiya / #baxmal

Baxmal tumani Prokuratura va ekologiya idoralari etiborida.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bugun Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bo‘lishdi.

Ishchi guruh a’zolari Baxmal tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1 va 5-umumta’lim maktablarida bo‘lishib, tumanda ekologik ta’lim jarayonlarining borishi bilan tanishdilar. Shuningdek, bolalarning ekologik savodxonligi, ekologik muammolarga munosabatlari bilan ham qiziqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev hamda Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i E.Xolmatov hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o‘quvchilarga Ekologiya vazirligi tomonidan yangi nashr etilgan "Bolalar uchun Qizil kitob"lar beg‘araz tarqatildi.

© Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#prokuratura / #ekologiya / #baxmal

Baxmal tumani Prokuratura va ekologiya idoralari etiborida.

Shu kunning o‘zida ishchi guruh a’zolari Baxmal tuman o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Baxmal o‘rmon xo‘jaligida daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish, gul va shifobaxsh o‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirish borasida amalga oshirlayotgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, o‘rmon xo‘jaligi hududlarida noqonuniy qurilishlarning bugungi holati ham o‘tganildi.

Shuningdek, daryo o‘zanlaridan noqonuniy foydalanish, Gʻallaorol va Baxmal tumanlari hududlaridan oqib o‘tuvchi "Sangzor" daryosining bugungi holati, mavjud muammolar, xususan suv-yer resurslarini noqonuniy qazilishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Nihoyat, Sangzor daryosidagi ekologik halokatga alohida e’tibor qaratiladi deb umid qilamiz. Bu mavzuga hali alohida va tizimli ravishda toʻxtalamiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#tabrik / #bayram / #prokuratura

8-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!

Kanalimiz nomidan adolat va qonuniylik posboni bo‘lgan prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan chin dildan qutlaymiz va olib borayotgan mas’uliyatli va sharafli faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Qonun ustuvorligini taʼminlash sizning sharafli burchingizdir.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news