Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.55K photos
1.39K videos
6 files
510 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#bugun / #ekologiya / #ozon_qatlami

Bugun, 16-sentabr – BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1994-yilda maxsus rezolyutsiya bilan "Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni" deb e’lon qilingan.

16-sentabr bejizga tanlanmagan, chunki shu kuni ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo'yicha Monreal protokoli imzolangan.

Ozon atmosferamizning kichik bir qismi hisoblansa-da, inson farovonligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Ozonning katta qismi atmosferada, Yer yuzasidan 10-40 km balandlikda joylashgan. Bu hudud stratosfera deb ataladi va barcha atmosfera ozonining taxminan 90% ni o'z ichiga oladi.

Bu yilgi kun mavzusi Monreal protokolining ozon qatlamini himoya qilish va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashdagi roliga qaratilgan.

Tabiatni, ekologiyani asrang, dunyoni qutqarib qolishga oʻz hissangizni qoʻshing.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news