Qirqqishloq News
1.74K subscribers
3.36K photos
1.3K videos
5 files
460 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
Qirqqishloq News
Photo
#sangzor / #ekologiya / #moratoriy

Daryolar oʻzanidan qum shagʻal qazib olishga moratoriy joriy qilinadi.

“Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-14-son, 17.01.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2024-yil 1-maydan:

Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi.

Moratoriy davrida daryo oʻzanlari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini noqonuniy qazib olish oqibatida tabiatga etkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.

Baxmalning beshigi boʻlgan Sangzor daryosini himoya qilish, asrab-avaylash barchamizning burchimiz hisoblanadi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news