Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.69K photos
1.44K videos
7 files
543 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#ahvolimiz

Sportchi va artistlarga mashinalar, kvartiralar beriladi, e'tibor berib ulug‘lanadi.

Lekin ilmli, bilimli yoshlarga quruq faxriy yorliq, tunuka medal berilgani uchun 30 yildan beri hamma sohada rivojlanmay orqada qolib ketdik.

Agar ahvol shunday davom etsa, yana 30 yildan keyin ham huddi shu holatda yer tepib turaveramiz.

Rasmga yaxshilab e'tibor bilan qarang. Juda katta ma'no bor.

@qirqqishloq_news
#chorshanba_bozori / #ahvolimiz

Chorshanba dehqon bozori bugun.

P/S: Bu rasm bozordagi umumiy ahvolga taalluqli, savdo qiluvchi savdogarlarga aloqasi yoʻq.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#bozorimiz / #ahvolimiz / #chorshanba

O'zbekiston goʻzal goʻshadur,
Lek Chorshanba bozor 100 yildan beri oʻsha-oʻshadur.

Chorshanba bozor tengdur chorshanba bozorga😂

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#kulgi_vaqti / #hazil / #ahvolimiz

Yil nomi oʻzgaribdi❗️

2023-yil Yangi O'zbekistonda inson sarson - ta'lim hayron yili!

Oʻzbekiston tengdir Oʻzbekistonga

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#ahvolimiz / #yarmi_xazil / #qish

Xullas, yarim kechasi chol uyqusi qochib uyg'onib ketipdi. Batareyani ushlasa, qaynoq emish. Svetni yoqsa, svet bor emish. Gazni yoqib ko'rsa, gaz ham bor emish. "Yo tovba" deb issiq suvni ochib ko'rsa, issiq suv ham bor emish.

Yugurib borib "Kampir, tur, yaramas kommunistlar hukumatni yana egallab olibdi" dermush😂

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ahvolimiz / #yomğir / #yōllarimiz

Bir necha kunlik yogʻingarchilikdan keyin yoʻllarimiz ahvoli oʻz achinarli boʻlsada yanada ayanchli holatga kelib qoldi.

Yoʻl boʻyida mashinasining balonini almashtirayotgan haydovchilarni koʻrish ham ancha koʻpayib odatiy holga aylanmoqda.

Yoʻllarda ehtiyot boʻling hamda oʻzingizni va mulkingizni oʻzingiz asrang.

Sugʻurta baribir bunaqa holatlarda yetkazilgan zararni qoplab bermaydi.

Bizning buyukligimizga shubha qilganlar yogʻingarchilikdan keyin yoʻllarimiz ahvoliga boqsin.

© Yoʻlchi ibn Yamaga tushgan.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabriston / #ahvolimiz / #qirqqishloq

Qabristonlar "bedarvoza"mi?

Kanalimiz kuzatuvchilaridan biri yuborgan videodan ma'lum bo'lyaptiki, bir necha avlod ota-bobolarimizning soʻngi manzili boʻlgan hamda siz-u bizning ham oxir borar joyimiz bo'lgan qishlogʻimiz qabristoni qarovsiz qolib qo'ylar tomonidan oyoqosti qilinayapti.

Qabriston va qabrlarni tahqirlashga hech kimning haqqi yoʻq. Qo'yku bir ongsiz jonivor, lekin bu ishni qilayotganlar insondir?! Ko'rib bilib turib qanday qilib bunga yoʻl qo'yish mumkin!?

Hayvonlarni qarovsiz qoldirish natijasida yetkazilgan zarar uning egasi tomonidan qoplanadi. Qabrlarni tahqirlash esa jinoyat hisoblanadi va buning uchun ham jinoiy javobgarlik bor.

Ma'sul shaxslar ko'rib hulosa chiqaradi deb oʻylaymiz. Aks holda, tegishli choralar ko'rilishi uchun shikoyat qilinadi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabriston / #ahvolimiz

Kecha kechasi kanalimizda e'lon qilingan "Qabristonlar "bedarvoza"mi?" nomli postimizga qabriston qorovullaridan biri munosabat bildiribdi.

Tezkor munosabat uchun, avvalo, rahmat. Biz bu ishlarga aybdorlar haqida yozganda qorovullarni deyarli tilga olmagandik.

Lekin shu o'rinda qabristonlarni qo'riqlash, uni muhofaza qilish qorovullarning xizmat vazifasi hisoblanadi. Ular ushbu vazifalarni sidqidildan bajarishga majbur.

Ushbu vaziyatda kim qay darajada aybdor uni ma'sul shaxslar aniqlashadi. Shunday boʻlsa ham oʻz vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan qorovullarga rahmat aytamiz.

Yuqorida kabi holatlarga duch kelganda esa zudlik bilan rasm va video ko'rinishida dalillartirib yuqori turuvchi organga xabar berishlarini soʻraymiz.

Chunki vaqtida xabar bermaslik ham ayb hisoblanadi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#davlat_qarzi / #ahvolimiz

Davlat qarzi rekord darajaga yetdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarzi 29,2 mlrd dollar yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich.

Davlat qarzi 2022-yil uchinchi choragiga nisbatan 3,1 mlrd dollarga koʻpaygan. Uch oy ichida davlat qarzining YAIMga nisbatan ulushi ham 2,3 foizga oshgan.

2021-yildan beri davlat qarzining YAIMga nisbatan barqarorlashgani kuzatilayotgan edi. Biroq, 2022-yilning soʻnggi choragida bu tendensiya yakunlandi.

Shuningdek, 2022-yilda Oʻzbekiston davlat qarzi 2021-yilga nisbatan 2,9 mlrd dollarga koʻpaydi.

Barcha kanalimiz kuzatuvchilarini ushbu ajoyib rekord natija bilan tabriklaymiz. Bundan-da yuqori natijalarga erishish nasib qilsin.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#ahvolimiz / #ōqituvchilar / #shifokorlar

O’qituvchi va shifokorlar kambag’allashishda davom etmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ta’lim sohasi vakillarining o’rtacha ish haqi 3 mln so’mni tashkil etib o’tgan yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga o’sgan. Tibbiyot sohasi vakillarining ish haqi esa o’tgan yilning mos davriga nisbatan 20,6 foizga o’sib 2,9 mln so’mni tashkil etgan.

Umuman olganda, o’qituvchi va shikorlarning nominal hamda real daromadlari o’sayotganligiga qaramasdan ularning daromadlari jamiyatning boshqa sohalariga nisbatan sekinroq o’smoqda. Shu sababli, ular boshqa soha vakillariga nisbatan kambag’allashishda davom etmoqda. Xususan, ta’lim sohasi vakillarining ish haqi 2021-yilninng yanvar-iyun oylari holatiga respublikadagi o’rtacha maoshning 76 foizini tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich joriy yilning mos davriga kelib 70,2 foizgacha pasaygan. Tibbiyot sohasi hodimlarida esa bu ko’rsatkich 2021-yilda 69,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2023-yilga kelib 66,1 foizgacha pasaygan.

Taqqoslash uchun moliya va bank sohasi vakillarining ish haqi 2021-yilda respublikadadagi o’rtacha maoshdan 2,47 barobar yuqori bo’lgan bo’lsa, 2023-yilga kelib bu ko’rsatkich 2,87 barobarni tashkil etgan. Yoki axborot aloqa sohasi vakillarida bu ko’rsatkich 2021-yilda 1,73 barobarni tashkil etgan bo’lsa, 2023-yilga kelib bu ko’rsatkich bu ko’rsatkich 2,2 barobarga yetgan.

© #mirkonomika telegram kanalidan olindi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talim / #ahvolimiz / #navbat

Maktabgacha taʼlim tizimining davlatga bogʻliq qismi haqida qisqacha.

Bundan ortigʻi, ortiq boʻlsa kerak.

Bu kuladigan holat emas, achinarli va yigʻlaydigan holat.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#qarzlar / #ahvolimiz / #uzbekistan

O‘zbekiston davlat qarzi 31,5 mlrd dollarga yetdi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston davlat qarzi 2,3 mlrd dollarga ko‘paydi. Mamlakatlar kesimida eng ko‘p tashqi qarzi Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan olingan.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#siyosat_nima / #ahvolimiz

Siyosat nima?

Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Baxtiyor Alimjanovdan siyosat atamasiga ajoyib ta'rif.

Xoʻsh, sizningcha siyosat nima?

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ahvolimiz / #hind_kinosi / #bizku

Shohruhxondan yana bir qoyilmaqom ijro.

Hindlar kinosida g‘alati narsalarni ko‘rsatishga usta. Hind kinoijodkorlari esa kino olish uchun senariyni Oʻzbekistondan ilhomlanib yozadi shekilli.

Ahvolimizga maymunlar yigʻilaydi degan gapni yigʻishtirish kerak. Oʻrniga mosroq boshqasi bor:

Ahvolimiz hind kinosi boʻlib yotibdi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ahvolimiz / #unchalik / #yomonmas

Ahvolimiz unchalik yomonmas ekan. Bartaraf qilsa boʻlarkan.

Nega unda bartaraf qilmayapsizlar?! Kim bartaraf qilishi kerakligini ham aytib ketmabsizda
, Zoir Toirovich.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#baxmal / #qirqqishloq / #ahvolimiz

Koʻpkari maydoni emas, chiqindi maydoni.

Bu Qirqqishloq qishlogʻida joylashgan koʻpkari maydoni va uning atrofidagi juda achinarli ahvol.

Yerning otlar tuyogʻi ostida toptalgani ham yetadi. Bunaqa chiqindi qilib tashlab ketish ikki hissa noinsoflik hisoblanadi.

Tomoshaga kelganlar, yegan-ichganlar, sotganlar chiqindilarni yigʻishtirib, tozalab ketishi kerak. Juda qiyin boʻlsa, koʻpkari toʻy qilib shu holatga sababchi boʻlgan toʻy egalari koʻpkaridan keyin butun atrofni tozalab chiqishi kerak.

Mahalla oqsoqollari, toʻyboshi, koʻpkariboshi, yosh-u qari tomoshabinlarni bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslikka chaqiramiz. Boʻlmasa, Ichki ishlar, milliy gvardiya va ekologiya tashkilotlari orqali javobgarlik masalalari koʻrib chiqiladi.

Unutmang, faqatgina hayvonlar oʻz chiqindilarini oʻzlari yigʻmasdan toʻgʻri kelgan joyga tashlab ketadi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#ahvolimiz / #etiborimiz / #chōlpon

Maktabga yoʻq bir tiyinni toʻyga ming soʻmlab berur, Chorasi mushkul kasalga mubtalodir bizni xalq.

© Choʻlpon

P.S. 100 yil oʻtsa ham bizning xalqning DNK oʻzgarmadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ahvolimiz / #hind_kinosi / #bizku

Shohruhxondan yana bir qoyilmaqom ijro.

Hindlar kinosida g‘alati narsalarni ko‘rsatishga usta. Hind kinoijodkorlari esa kino olish uchun senariyni Oʻzbekistondan ilhomlanib yozadi shekilli.

Ahvolimizga maymunlar yigʻilaydi degan gapni yigʻishtirish kerak. Oʻrniga mosroq boshqasi bor:

Ahvolimiz hind kinosi boʻlib yotibdi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#qarzlarimiz / #ahvolimiz / #davlat

O‘zbekistonning davlat qarzi 35 mlrd dollardan oshdi.

Joriy yilning 1 aprel holatiga davlat qarzi 35,3 mlrd dollar yoki YaIMga nisbatan 38,3 foizni tashkil etdi.

O‘tgan yilda tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 2,82 mlrd dollarga yetgan.

Davlat qarzining 93 foizdan ortiq qismi xorijiy valutada jalb qilingan.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#ahvolimiz / #teshik / #byudjet

1-chorakdagi davlat budjeti taqchilligi 1,5 barobarga oshdi.

2024 yilning 1-choragida davlat budjeti daromadlari 52,6 trln, xarajatlari esa 70,3 trln so‘mni tashkil etib, taqchillik 17,7 trln so‘mga yetgan.

Bu – bir yil oldingi ko‘rsatkichdan 1,5 barobar, ikki yil oldingi ko‘rsatkichdan 18 barobar ko‘p.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news