Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.69K photos
1.44K videos
7 files
543 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#ahvolimiz / #ōqituvchilar / #shifokorlar

O’qituvchi va shifokorlar kambag’allashishda davom etmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ta’lim sohasi vakillarining o’rtacha ish haqi 3 mln so’mni tashkil etib o’tgan yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga o’sgan. Tibbiyot sohasi vakillarining ish haqi esa o’tgan yilning mos davriga nisbatan 20,6 foizga o’sib 2,9 mln so’mni tashkil etgan.

Umuman olganda, o’qituvchi va shikorlarning nominal hamda real daromadlari o’sayotganligiga qaramasdan ularning daromadlari jamiyatning boshqa sohalariga nisbatan sekinroq o’smoqda. Shu sababli, ular boshqa soha vakillariga nisbatan kambag’allashishda davom etmoqda. Xususan, ta’lim sohasi vakillarining ish haqi 2021-yilninng yanvar-iyun oylari holatiga respublikadagi o’rtacha maoshning 76 foizini tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich joriy yilning mos davriga kelib 70,2 foizgacha pasaygan. Tibbiyot sohasi hodimlarida esa bu ko’rsatkich 2021-yilda 69,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2023-yilga kelib 66,1 foizgacha pasaygan.

Taqqoslash uchun moliya va bank sohasi vakillarining ish haqi 2021-yilda respublikadadagi o’rtacha maoshdan 2,47 barobar yuqori bo’lgan bo’lsa, 2023-yilga kelib bu ko’rsatkich 2,87 barobarni tashkil etgan. Yoki axborot aloqa sohasi vakillarida bu ko’rsatkich 2021-yilda 1,73 barobarni tashkil etgan bo’lsa, 2023-yilga kelib bu ko’rsatkich bu ko’rsatkich 2,2 barobarga yetgan.

© #mirkonomika telegram kanalidan olindi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#uzbekistan / #shifokorlar / #õqituvchilar

O’qituvchi va shifokorlar boshqa soha vakillariga nisbatan kambag’allashishda davom etmoqda.

So’ngi yillarda kuzatilayotgan achinarli tendensiyalardan biri shu bo’lmoqdaki, ta’lim hamda tibiyot sohasi vakillarining oylik maoshi boshqa soha vakillarinikidan sezilarli darajada ortda qolmoqda hamda shu tariqa ular jamiyatda boshqa soha vakillariga nisbatan kambag’allashib bormoqda.

Xususan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada o’rtacha ish haqi 4,4 mln so’mni tashkil etgan bo’lsa, ta’lim hamda tibbiyot sohalarida bu ko’rsatkich mos ravishda 3,0 hamda 2,9 mln so’mni tashkil etgan.

Ta’lim sohasidagi o’rtacha ish haqi respublikadagi o’rtacha maoshning 69 foizini tashkil etgan bo’lsa, tibbiyot sohasi vakillarining o’rtacha maoshi esa respublikadagi o’rtacha maoshning 66 foizini tashkil etgan. Taqqoslash uchun, o’tgan yilning mos davrida bu ko’rsatkich ta’lim sohasi vakillari uchun 69,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, tibbiyot sohasi vakillari uchun 67.3 foizni tashkil etgan. Ya’ni bu sohalarda oylik maoshlar boshqa soha vakillariga nisbatan sekin o’smoqda. Agar taqqoslashni 2017-yilning mos davriga nisbatan amalga oshirsak ko’ramizki, ta’lim hamda tibbiyot sohasi vakillari boshqa soha vakillariga nisbatan sezilarli darajada kambag’allashgan. Xususan, ta’lim sohasi vakillarining o’rtacha ish haqisi o’sha davrda respublikadagi o’rtacha maoshning 79,5 foizini (hozirgiga nisbatan 10,5 foiz bandga yuqoriroq) tashkil etgan bo’lsa, tibbiyot sohasi vakillarida bu ko’rsatkich 67,3 foizni (hozirgiga nisbatan 1 foiz bandga yuqoriroq) tashkil etgan.

Ta’lim hamda tibbiyot sohasi vakillari jamiyatning boshqa a’zolaridan bu darajada ortada qolayotganligi hamda boshqa sohalardagi ish haqlari bilan farqning yildan yilga yiriklashib borayotganligi bu sohaning rivojlanishiga to’siq bo’layotgan omillardan biri bo’lsa kerak.

Bundan tashqari odamlar uchun real hamda nominal o’sishi qatorida, daromadlarining qo’shnisi, tanish bilishi hamda umuman o’zini o’rab turgan jamiyatdagi boshqa vakillarga nisbatan qanday o’zgarayotganligi juda muhim sanaladi.

© #Mirkonomika telegram kanalidan olindi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news