Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.57K photos
1.39K videos
6 files
513 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#bilasizmi / #qonunlardan_gapiramiz

Ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 4,5 mln so'm jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Ushbu qilmish ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

⚠️ Ma'lumot uchun nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

© #huquqiyaxborot_lotin kanalidan olindi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#guvohnoma / #qonunlardan_gapiramiz

🗓Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirilgan:

🔹2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
🔹2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
🔹2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
🔹2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

📌Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

2023-yil oxirigacha qachon berilganligidan qatʼiy nazar barcha haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisi bilan almashtirilishi shart.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#bilasizmi / #qonunlardan_gapiramiz

🔰 Qonunchilikka koʻra, tungi vaqtda – soat 23.00 dan 06.00 gacha – fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, yaʼni:

👉 baland ovoz bilan qoʻshiq aytish;
👉 musiqa chalish;
👉 tovush signallari berish;
👉 xonadonlarda, turar joylarning yoʻlaklari va eshiklarida, koʻchalarda ovozi baland qilib qoʻyilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;
👉 turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur boʻlmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish ⬇️

❗️fuqarolarga 110 ming soʻm, mansabdor shaxslarga esa 165 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

© #huquqiy_axborot telegram kanalidan olindi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news