Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.57K photos
1.39K videos
6 files
513 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#diqqat / #muhim / #yangi_hokim

Baxmal tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Jizzax shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxmal tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bugun xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Sessiyada Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev kun tartibidagi masala yuzasidan ma'ruza qildi.

Shundan soʻng deputatlar Ergashev Aziz Mamarasulovichni Baxmal tumani hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarini bir ovozdan maʼqulladilar.

Ergashev Aziz Mamarasulovich hozirga qadar Jizzax shahar hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Yangi hokimimizni tabriklaymiz. Ushbu tayinlov Baxmal tumani va xalqiga foydali va manfaatli boʻlsin.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news