Qirqqishloq News
1.74K subscribers
3.36K photos
1.3K videos
5 files
460 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qishloq_hayoti

Qishlog‘imizning azamat yigitlari dala ishida. 🌿 🌳 🌿
17 - aprel 2022yil

@qirqqishloq_news
#qishloq_manzarasi

Ayni damda obunachilarimizdan kelayotgan manzarali rasmlar 😍

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#santexnik / #zarurat / #qishloq

Oxirgi yillarda qishloqlarda boʻlayotgan asosiy oʻzgarish hamda rivojlanishdan kelib chiqib tobora talab ortib borayotgan kasb bu santexnik kasbi hisoblanadi.

Qishloqda ham turmush darajasi yuksalib bormoqda. Oilalar barcha sharoitlar uyning ichida boʻlishi uchun harakat qilishmoqda. Bu ishlar oʻz oʻzidan amalga oshmaydi. Buning uchun shu sohaning yetuk va tajribali mutaxassislari kerak.

Mana oxirgi anomal sovuq sababli juda koʻpchilikda santexnika masalalariga oid muammolar koʻpayib ketdi. Kimdadir suv nasos buzilgan, kimdadir kanalizatsiya quvurlarida muammolar bor. Hullas hozirgi kunda ushbu soha vakillariga yetarlicha ish bor.

Istardikki, santexnika ishlarini qoyilmaqom qilib bajarib beradigan mutaxassis ustalar koʻpaysin. Kimlardir qanday ish bilan shugʻullanish haqida oʻylab yurgan boʻlsa, mana tayyor maslahat. Talab ham yuqori. Xizmat haqqi ham yaxshigina. Faqatgina bitta talab yaxshi mutaxassis boʻlish kerak.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#texnika / #xashak / #qishloq

Qishloq xoʻjaligi texnikalari keldi.

Hozir ayni xashak oʻrim vaqti. Ishchi kuchi esa tobora kamayib bormoqda. Borining ham xizmat haqqi juda yuqori boʻlib ketyapti.

Shu sabab qishloq xoʻjaligida texnikalarda foydalanish har tomonlama zarurat hisoblanadi.

Texnikalardan foydalanish orqali ham vaqtdan, ham naqddan yutasiz.

Baxmal qishlogʻida joylashgan ehtiyot qismlari doʻkoniga xashak oʻrish texnikalari keltirilibdi.

Narxi 750 000 so'm, yanada kelishtiriladi.

Manzil: Baxmal qishlogʻi.
Moʻljal: 60-maktab roʻparasi.

Murojaat uchun quyidagi raqamga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin:
+998990845478

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#diqqat / #qishloq_ligasi / #futbol

Qishlog'imizda mini futbol bo'yicha "Qirqqishloq ligasi" tashkil qilmoqda.

Sizlardan ligada qatnashish uchun o'z jamoangizni shakllantirib qatnashishingiz so'raladi.

Shakllangan jamoalar guruhlarga bo'linadi va jamoalar o'zlari uchun qulay vaqtni tanlab yoki haftaning shanba va yakshanba kunlari o'z o'yinlarini o'tkazadilar.

Yakunda yuqori natija qayd etgan jamoalar "Qirqqishloq ligasi" g'olibligini qo'lga kiritadi.

Ushbu musobaqa qishlog'imizdagi iqtidorlarni aniqlash va ularni rag'batlantirish maqsadida tashkillashtirilmoqda.

Musobaqada qatnashish uchun ushbu post izohlarida jamoangizni shakllantirib yozib qoldiring yoki @okmaker profiliga jamoa nomi va a'zolarini yozib yuboring.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#diqqat / #qishloq_ligasi / #futbol

Qishlog'imizda mini futbol bo'yicha "Qirqqishloq ligasi" tashkil qilindi.

Bugun 22:00 da "Qirqqishloq-95" hamda "Daryoboʻyi mahallasi" jamoalari oʻrtasida ilk ochilish oʻyini oʻtkaziladi.

Manzil: Bekkeldi markaziy oʻyingohi.

Barcha muhlislar va futbol ishqibozlarini taklif qilamiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qishloq / #traffic / #tungi_qishloq

Qirqqishloq qishlog'i markaziy ko'chasi.

15.09.2023 19:20

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqishloq_news
#tabriklar / #kuchli_jamiyat / #qishloq

Hurmatli kanalimiz foydalanuvchilari, bugun biz telegram kanalimizda tugʻilgan kun tabriklariri berishning ahamiyatini ta'kidlamoqchimiz.

Tugʻilgan kunlar har bir inson hayotida alohida oʻrin tutadi, chunki ular insonning bu dunyoga kelgan kunini belgilaydi. Telegram kanalimizda tugʻilgan kun tabriklari chiqarishning juda muhimligining bir necha sabablari bor.

Telegram kanali nafaqat yangiliklar va xabarlarni almashish uchun platforma, balki bizni bir-birimiz bilan bogʻlaydigan, muloqot qiladigan va do'stona muhit oʻrnatadigan virtual yigʻilish joyidir. Tugʻilgan kun tabriklari insonlar orasidagi rishtalarni mustahkamlashga yordam beradi va yanada mustahkamroq jamiyat yaratadi.

Tugʻilgan kun tilaklari orqali insonlar bir biriga iliq va ezgu tilaklar izhor qiladi. Bu ularning oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkamlaydi va ularni orzu va intilishlariga intilishda davom etishga undaydi.

Telegram kanali - bu odamlar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashadigan, maslahat soʻraydigan va yordam beradigan joy. Tugʻilgan kun tabriklari orqali biz hammaga ular suyanadigan gʻamxoʻr va qoʻllab-quvvatlaydigan jamoaga ega ekanligini eslatamiz. Bu tegishlilik tuyg'usini kuchaytiradi va qishloq aholisini oʻz doʻstlaridan koʻmak va dalda olishlari mumkinligini bilib oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi.

Telegram kanalida tugʻilgan kun tabriklarini e'lon qilish orqali biz kelajak avlodlarga oʻrnak boʻlib, ularni bir-biriga gʻamxoʻr munosabatda boʻlishga undaymiz.

Keling, telegram kanalimizda eʼlon qilinayotgan tug'ilgan kun tabriklarida samimiy tilaklar bildirish va bir-birimizga hurmat hamda qoʻllab-quvvatlash koʻrsatish uchun birgalikda harakat qilaylik.

Sizning yaxshi tilaklaringiz kichik boʻlib tuyulishi mumkin, ammo ular kimningdir yaxshi kunida oʻzlarini qadrli va kerakli his qilishiga sabab boʻladi. Shu sababli, tabriklar koʻpayib ketsa, eʼtiroz va tanqidlar boʻlmasligini soʻraymiz.

Birgalikda biz bir-biriga oqibat va mehrli kuchli jamiyat quramiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xotiralar / #qishloq / #qirqqishloq

Uydan ketganimga oʻn yil boʻlibdi.
Oʻn yil qishlogʻimdan yuribman uzoq...

© Abdulla Oripov.

Ertalabdan eski xotiralarni eslaylik.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#qishloq_kochalari / #murojaat

XAVFLI BURILISH

Qishlog'imizda qurilishlar ancha ko'payib qoldi . Bu yaxshi ,lekin ko'chalarda katta tezlikda yuradigan katta mashinalar haydovchilariga murojaatimiz bor : Iltimos , sal sekinroq yuring , siz aholi yashash punktida harakatlanyabsiz. Kimningdir umriga zomin bo'lmang . Aynan o'sha holat bo'lishi shart emas ,bo'lmasligi uchun eslatma tarzida murojaat qilyabmiz.

Guvohi bo'ldimki , ko'prikdan "yaxshi" harakatlanib kelayotgan "mixer" mashinasi burilishda o'z yo'lida harakatlanib kelayotgan "Nexia-3" avtomashinasi yo'liga "ataydan" chiqdi . Yaxshiyamki,tajribali va omadli yengil mashina haydovchisi hushyorlik bilan mashinani chekkaga olib qochdi va ko'ngilsiz holat oldi olindi.

Xalqqa murojaatimiz ,agar katta tezlikda harakatlanayotgan "kattakon"larning katta mashinalarini ko'rsangiz ,yurakni "katta"qilib katta toshni oling va oting.