Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.69K photos
1.44K videos
7 files
543 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jizzax / #zomin / #aeroport

Endi Jizzaxda ham aeroport bor.

Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Ergash Saliyev, Zomin tumani hokimi Alisher Abdugʻaniyev, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

Zomin aeroporti 30 oʻringa moʻljallangan yoʻlovchi terminaliga ega boʻlib, qurish uchun 60 gektar yer maydoni ajratilgan.

Obyektda jami 200 dan ziyod xodimlar va 110 ta texnikalar bilan ishlar olib borilmoqda.

Turizm sohasining eng muhim va e'tibor talab etadigan muhim bir jihatlardan biri bu - transport infratuzilmasidir.

Hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun transport infratuzilmasi qanchalik qulay va samarali boʻlishi ularning sayohat davomiyligini uzaytirishiga sabab boʻladi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#elektromobil / #BYD / #jizzax

Xitoyning “BYD” kompaniyasi Jizzaxda avtomobil ishlab chiqarmoqchi.

Bugun, 26 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi “BYD” kompaniyasi prezidenti va asoschisi Van Chuanfu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishning amaliy jihatlari, xususan, Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni tez fursatda yo‘lga qo‘yish hamda keyingi bosqichlarda uning quvvatini 300 ming donaga yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mahsulot tannarxini kamaytirish uchun butlovchi va ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish loyihalariga hamda avtomobillarni uchinchi mamlakatlar bozoriga eksport qilishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mamlakatimizga “BYD” elektrobuslarini yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandislik-servis markazlarini ochish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#uzbekistan / #jizzax / #piyoz / #rekord

Jizzaxlik fermer piyoz yetishtirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Jizzax viloyati, Zomin tumani, «Chorvador» qishlog‘idagi «Jilg‘alisoy shabadasi» fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev 2023-yilda har gektar maydondan 150 tonna piyoz hosilini olib, rekord o‘rnatdi

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#aholi_tarkibi / #jizzax_viloyati

Jizzax viloyatining yosh guruhlari va jinsi bo‘yicha aholi tarkibi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Jizzax viloyatining doimiy aholisi tarkibini jinsi va yosh guruhlari bo‘yicha (65 yoshgacha bo‘lganlar 5 yillik yosh intervalida, 65 va undan yuqori yoshdagilar esa jamlangan holda) tahlil qilinganda, erkaklar tarkibida 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 96,4 ming kishini tashkil etgan. Erkaklar tarkibida eng kam aholi soni 60-64 yoshlilar hissasiga to‘g‘ri kelib 23,6 ming kishini tashkil etdi.

Shuningdek, ayollar tarkibida ham 4 yoshgacha bo‘lgan qizlar eng yuqori ko‘rsatkichni, ya’ni 88,8 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng kam ayollar soni 60-64 yoshlilar hissasiga to‘g‘ri kelgan, ya’ni 26,5 ming kishini tashkil etgan.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram / #bayroq_kuni / #jizzax

Bayrogʻim mening gʻururim.

Jizzax shahrida bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Milliy bayrogʻimiz doim baland hilpirayversin.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jizzax / #zomin / #kõpkari

Bir guruh hamqishloqlarimiz Jizzax viloyati Zomin tumanida boʻlib oʻtayotgan katta koʻpkaridan video lavha yuboribdi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#qōl_jangi / #jizzax / #chempionat

Qirqqishloq chempionlari.

Kecha Jizzax shahrida Qo‘l jangi bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi va unda qirqqishloqlik ukamiz Hayitov Ozodbek Husniddin o‘gli faxrli 1-o‘rinni egallabdi.

Ozodbekning oila a‘zolarini hamda ustozi Jamol akani g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qōl_jangi / #jizzax / #chempionat

Jizzax shahrida oʻtkazilgan Qo‘l jangi bo‘yicha viloyat chempionatidan videolavha.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#yil_ayoli / #tanlov / #jizzax

Jizzaxlik oʻqituvchi Oʻzbekistonda “Yil ayoli” boʻldi.

Bugun Oʻzbekiston Anjumanlar saroyida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Unda Jizzaxlik boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Roʻzigul Orziqulova “Yil ayoli” tanlovi gʻolibi deb topildi. Roʻzigul Orziqulova Prezident sovgʻasi – “Onix” avtomobili topshirildi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#jizzax #turizm #info_tur

🏔Baxmal tumani turizm imkoniyatlarini yaqindan o'rganish maqasdida info tur o'tkazildi.

🏡 Ziyorat turizm: O'smat ota va Novqa ota ziyoratgoh imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Ekoturizm sohasida: Baxmal tumani go'zal tabiati, Mo'g'ol ekoturizm obyektlari va sayyohlar bilan o'zaro muloqot va turizm sohasida hunarmandlar faoliyatini o'rganishdi;
🗻🏔 Etnoturizm turizm : Novqa qishlog'i turizm salohiyati va hunarmandlar faoliyati bilan tanishdi.

Jizzax viloyat Turizm boshqarmasi tashabbusi bilan turoperatorlar, OAV vakillari, bloggerlar hamda mahalliy muhbirlar ishtirokida bo'lib o'tgan mazkur INFO TUR bugungi kunda turizm sohasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida kengroq ma'lumotga ega bo'lishdi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling.
Telegram | Facebook | Instagram‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#portlash / #jizzax / #gazballon

Neksiya-2 endi legenda emas.

Kecha 28-may kuni soat 13:00 larda Baxmal tumanida yashovchi 63 yoshli haydovchi “Nexia-2” bilan M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan qismida harakatlanayotib AGQShdan mashinasiga gaz quyib chiqqan.

So‘ng harakatlanib ketayotganda to‘satdan mashinaga o‘rnatilgan gazballon portlagan. Oqibatda haydovchi, uning 56 yoshli xotini va 1993-hamda 2015-yilda tug‘ilgan yo‘lovchilar og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Barcha haydovchilarni hushyorlikka chorlash maqsadida doimiy ravishda transport vositalarining texnik holatini nazorat etib borishlarini va o‘zlari boshqarayotgan ulovning texnik holatiga javobgar ekanliklarini unutmasliklarini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#zilzila / #jizzax / #baxmal

Jizzaxda yer silkinishi kuzatildi.

Episentr: Baxmal tumani. Magnituda M=3,2. Zilzila episentri Toshkentdan 197 km janubi-g‘arbda.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#jizzax_xabarlari / #aqshga_afrikaga

Jizzaxda fuqaroni AQShga yuborishini aytib, Afrikaga jo‘natgan shaxs ushlandi.

Jabrlanuvchining otasi ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘g‘li Afrika qit’asida chorasiz qolib ketganini ma’lum qilgan.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news