Qirqqishloq News
1.72K subscribers
3.29K photos
1.26K videos
5 files
447 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#bilasizmi / #qonunlar / #elektr

❗️ Qonunchilikka ko‘ra, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining rejali taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida kamida 3 kun oldin ogohlantirishga majbur.

Shuningdek, isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishning to‘xtatib turilishi va buning sabablari to‘g‘risida maʼlumot berilishi lozim.

© #huquqiy_axborot kanalidan olindi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#elektr_yōq / #gaz_yōq / #ōtin / #tappi

Qalaysizlar endi, quyoshi botmaydigan,
Chirogʻi oʻchmaydigan yurt fuqarolari.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#elektr / #energiya / #qish_mavsumi

O‘zbekiston energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tib bu yil qishda elektr energiyasi oʻchmas ekan.

– Bu yil energetika tizimini yaxshilashga barcha manbalardan 14,5 trillion so‘m berdik. Qanday xomashyo, buyum, texnika kerak bo‘lsa, olib berildi. Endi soha rahbarlari mas’uliyatni to‘liq zimmasiga olib, aniq reja qilishi va energiya yetkazib berishni kafolatli ta’minlashi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#mayning / #elektr / #jinoyat

Davlatga qariyb 500 million so’mlik zarar yetkazgan 2 ta mayning ferma fosh etildi.

DXX hamkorlikda Jizzax viloyatida tezkor nazorat tadbiri o'tkazdi. Xususan, Sh.Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz yashash xonadonida va Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o’ziga tegishli sartaroshxonaning qo‘shimcha xonasida kripto-aktiv va mayning qurilmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, noqonuniy foydalanish holatlari natijasida davlat manfaatlariga 490 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#baxmal / #elektr / #energiya

Baxmal tumani "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning rasmiy telegram gruppasi.

Ushbu gruppada siz qachon elektr energiyasi o'chishi, qachon yonishi, qayerda ta'mirlash ishlari olib borilyapti, hullas, tumandagi elektr energiyasiga aloqador barcha eng soʻngi yangiliklar berib boriladi.

Gruppaga ulanish uchun quyidagi havolani bosing⬇️

https://t.me/Baxmal_TET_istemolchilar
#baxmal / #elektr / #energiya

Yongʻin sodir boʻlganligi tufayli "Moʻgʻol" elektr uzatish liniyasi oʻchirildi. Ishchi guruh ishlamoqda. Tez orada elektr energiyasi qayta tiklanadi.

© Baxmal tumani "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ.

Gruppaga ulanish uchun quyidagi havolani bosing⬇️

https://t.me/Baxmal_TET_istemolchilar
#baxmal / #elektr / #energiya

Hurmatli isteʼmolchilar, kuchli yomgʻir sabab elektr energiyasi uzatishda uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulaylik uchun oldindan uzr soʻraymiz.

© Baxmal tumani "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ.

Gruppaga ulanish uchun quyidagi havolani bosing⬇️

https://t.me/Baxmal_TET_istemolchilar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#elektr_energiya / #tejamkorlik

Tariflar oshirilgandan keyin elektr va gaz iste’moli kamaydi - energetika vaziri.

May oyi uchun tariflar oshirilganidan so‘ng O‘zbekistonda 2023 yilning shu davriga nisbatan elektr energiyasi iste’moli 324 million kVt/soatga, gaz iste’moli 125 million kub metrga kamaydi, dedi energetika vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, abonentlar va korxonalar soni ko‘payishi sharoitida iste’molning kamayishi energiya tejamkorligidan dalolat beradi.

Qoʻshimcha: Kimdir Energetika vaziriga telefon qilib elektr energiyasi isteʼmoli narx oshganligi uchun emas, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan elektr juda koʻp oʻchirilganligi uchun kamayganligini aytib qoʻysin.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news