Qirqqishloq News
1.73K subscribers
3.33K photos
1.29K videos
5 files
450 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yong‘in xavfsizligi xodimi sifatida noqonuniy pul undirayotgan firibgarlardan ogoh bo‘ling

⚠️ So‘nggi yillarda, asosan kuz-qish mavsumi boshlanishida aholi orasida, ayniqsa tumanlarda maxsus-formali kiyim-bosh kiyib yurgan yoki shu kiyimga juda o‘xshash kiyimdagi shaxslar o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organi xodimi” sifatida tanishtirib fuqarolardan yillik 20 000-40 000 so‘m atrofida majburiy tarzda soliq yoki kommunal to‘lov sifatida noqonuniy yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.

☑️ Yuqoridagi masalalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda, ushbu harakatlar turli xil shaklda tashkil etilgan, asosan nomida “yong‘in”, “olov”, “qarshi kurash”, “xavfsizlik”, “himoya” kabi so‘zlardan iborat bo‘lgan va yong‘inning oldini olish aks etgan turli xil ramzlar tushirilgan muhr-shtamplardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirib kelinayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holat bo‘yicha Adliya vazirligi ayrim shaxslar tomonidan o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organlari xodimi” sifatida tanishtirgan holda yolg‘on maʼlumotlar asosida fuqarolardan majburiy to‘lov to‘lanishini talab etishi noqonuniyligini maʼlum qiladi.

🔰 Eslatib o‘tish joizki, fuqarolar majburiy tarzda quyidagi kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishi lozim:

👉 Sovuq suv taʼminoti;
👉 Isitish va issiq suv taʼminoti (ko‘p qavatli uylarda);
👉 Elektr taʼminoti;
👉 Gaz taʼminoti;
👉 Kanalizatsiya (isteʼmolchi ulangan bo‘lsa);

❗️Shu o‘rinda takroran maʼlum qilinadiki, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq biron bir to‘lab borilishi shart bo‘lgan kommunal to‘lov yoki soliq qonunchilikda mavjud emas.

📋 Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209¹-moddasiga ko‘ra formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish uchun javobgarlik belgilanganligini eslatamiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

❗️2022–2023-o'quv yili qabulida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko'ra:

🔰 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo'lgan 3 ta fan bo'yicha:

▫️Ona tili (o'zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol (har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball – 11 ball);
▫️Matematika – 10 ta savol (har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball – 11 ball);
▫️O'zbekiston tarixi – 10 ta savol (har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball – 11 ball).

🔹Jami to'plash mumkin bo'lgan ball – 33 ball.

🔰 Bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos bo'lgan 2 ta fan bo'yicha:

▫️1-fan – 30 ta savol (har biri uchun 3,1 balldan, maksimal ball – 93 ball);
▫️2-fan – 30 ta savol (har biri uchun 2,1 balldan, maksimal ball – 63 ball).

🔹Jami to'plash mumkin bo'lgan ball – 156 ball.

➡️ Shunga ko'ra, 2022-2023-o'quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo'yicha jami 90 ta test topshirig'i beriladi. Bunda to'plash mumkin bo'lgan maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

Davlat test markazi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

‼️Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma bering

2023-yil 30-yanvardan
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YIDXP orqali olish mumkin.

📝 Buning uchun my.gov.uz orqali buyurtma berilib, unda:

🔸bo'sh qatorlar shaxsiy ma'lumotlar bilan to'ldiriladi;
🔸tegishli bandlar tanlanadi;
🔸yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko'rsatiladi;
🔸shaxsiy imzo qo'yiladi;

So'ngi qadamda invoys shakllanib, BHMning 70 foizi (210 ming so'm) miqdorida, pochta xizmati uchun esa 25 ming so'm to'lanadi.

📁Buyurtma ko'rib chiqilib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

🗓 Guvohnoma pochta xizmati tomonidan 2 ish kunida manzil bo'yicha yetkaziladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talon olinib, yangisi beriladi.

📌 Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni DXMga topshiradi.

© #huquqiy_axborot telegram kanalidan olindi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Jannat onalar oyog‘i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan shaxslar jarimaga tortildi

Аdliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida Qirg‘iziston Respublikasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan namoyish etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan ruxsatsiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling. 

@adliyangiliklari