#ahvolimiz / #ōqituvchilar / #shifokorlar
O’qituvchi va shifokorlar kambag’allashishda davom etmoqda.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ta’lim sohasi vakillarining o’rtacha ish haqi 3 mln so’mni tashkil etib o’tgan yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga o’sgan. Tibbiyot sohasi vakillarining ish haqi esa o’tgan yilning mos davriga nisbatan 20,6 foizga o’sib 2,9 mln so’mni tashkil etgan.
Umuman olganda, o’qituvchi va shikorlarning nominal hamda real daromadlari o’sayotganligiga qaramasdan ularning daromadlari jamiyatning boshqa sohalariga nisbatan sekinroq o’smoqda. Shu sababli, ular boshqa soha vakillariga nisbatan kambag’allashishda davom etmoqda. Xususan, ta’lim sohasi vakillarining ish haqi 2021-yilninng yanvar-iyun oylari holatiga respublikadagi o’rtacha maoshning 76 foizini tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatkich joriy yilning mos davriga kelib 70,2 foizgacha pasaygan. Tibbiyot sohasi hodimlarida esa bu ko’rsatkich 2021-yilda 69,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2023-yilga kelib 66,1 foizgacha pasaygan.
Taqqoslash uchun moliya va bank sohasi vakillarining ish haqi 2021-yilda respublikadadagi o’rtacha maoshdan 2,47 barobar yuqori bo’lgan bo’lsa, 2023-yilga kelib bu ko’rsatkich 2,87 barobarni tashkil etgan. Yoki axborot aloqa sohasi vakillarida bu ko’rsatkich 2021-yilda 1,73 barobarni tashkil etgan bo’lsa, 2023-yilga kelib bu ko’rsatkich bu ko’rsatkich 2,2 barobarga yetgan.
© #mirkonomika telegram kanalidan olindi.
Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news