Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.69K photos
1.44K videos
7 files
543 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#ziyorat / #xorazm / #turizm

Bir guruh hamqishloqlarimiz Xorazm viloyatiga sayohatga borishibdi.

Ulardan biri To'ychiyev Asliddin akaga sinfdoshlari samimiy salom yo'llashmoqda

Ziyoratlaringiz qabul bo'lsin.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#ziyorat / #vodiy / #turizm

Bir guruh 18-82-85-maktab oʻqituvchilar jamoasidan iborat hamqishloqlarimiz Fargʻona vodiysiga 17-18-mart kunlari sayohatga borishibdi.

Ziyoratlaringiz qabul bo'lsin.

Umringizdan bir kun qolsa ham sayohat qiling. Pulingizdan bir pul qolsa ham sayohat qiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#qirqqishloq / #turizm / #sayohat

Fransiyalik ikki sayyoh qishlogʻimizga mehmon boʻlishibdi.

Hamqishlogʻimiz Boymatov Hojiakbar aka bergan maʼlumot hamda yuborgan rasmga koʻra, Fransiyalik ikki velosayyoh qishlogʼimizga kelishgan.

Ikkisi ham 25-30 yoshlar atrofida fransuz millatiga mansub. Birining ismi Falentin, ikkinchisining ismi Jan-Pier ekan. Velosayyohlar bir yil oldin sayohatga chiqishgan ekan.

Sayyohlar qishlogʻimizda bir muddat dam olib hamda manzarali joylarida rasmlarga tushib keyin yoʻllarida davom etishgan.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qirqqishloq / #turizm / #sayohat

Qishlogʻimizga yana bir guruh sayyohlar kelishdi.

Fransiya, Italiya va Hindistonlik 3 nafar sayyoh qishlogʻimizga mehmon boʻlishibdi.

Ushbu sayyohlar Xivada tanishib qolishgan va saýohatlarini birgalikda davom ettirishga kelishib olishgan. Piyoda sayyohlar endilikda Baxmal orqali Zominga yoʻl olishibdi.

Sayyohlar qishlogʻimizda bir muddat dam olib bir guruh hamqishlogʻimiz bilan suhbatlashib keyin yoʻllarida davom etibdi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qirqqishloq / #turizm / #sayohat

Sayyohlar bilan suhbat jarayonidan yana bir videolavha.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#sayohat / #zomin / #turizm

Bugun bir guruh hamqishloqlarimiz Zominga Baxmal orqali sayohatga borishibdi.

Umringizdan bir kun qolsa ham sayohat qiling. Pulingizdan bir pul qolsa ham sayohat qiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#sayohat / #zomin / #turizm

Sayohatga borgan hamqishloqlarimiz yaqinda qurilgan zamonaviy osma koʻprikkka chiqib videolavhalar yuborishibdi.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu koʻprikka bir marta chiqib aylanib tushish 50 000 soʻm ekan.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#zomin / #turizm / #osma_kōprik

Zominda osma koʻprik ochildi.

Jizzax viloyati Zomin tumanida uning uzunligi 305 metr, balandligi 150 metr boʻlgan koʻprik ochildi.

Ma’lumotlarga koʻra, ushbu koʻprik bir vaqtning oʻzida 600 nafar odamni koʻtara oladi.

Koʻprik Shveysariyaning “Fatzer AG” kompaniyasi uskunalari asosida barpo etilgan.

Ushbu koʻprikka bir marta chiqib aylanib tushish 50 000 soʻm.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#baxmal / #turizm / #rivojlanish

Baxmalni rivojlantirish uchun turizmni rivojlantirish kerak.

Borgan sari qishki taʼtilni oʻtkazish uchun Baxmal ajoyib joyga aylanib bormoqda. Oxirgi 3 yildan beri yangi yilga yaqin yoki bayram kuni qalin qor yogʻmoqda. Bunaqa ajoyib ob-havo boshqa hududlarda deyarli kuzatilmayapti. Bundan tashqari, Baxmal kelib dam olishga har tomonlama qulaylashib bormoqda. Kerakli barcha narsani shu yerning oʻzidan topish mumkin. Bu bilan shahardan qolishmaydi.

Shu bilan birgalikda, bir qator kamchiliklar ham mavjud. Birinchisi, yoʻl infratuzilmasi juda yomonligicha qolmoqda. Yoʻllarning ba'zi joylari ta'mirlangani bilan asosiy qismi haligacha eskiligicha qolmoqda. Keladigan mehmonlar, avvalo, yoʻlning yaxshi yomonligiga qaraydi. Uzoq masofa boʻlganidan keyin yoʻl mehmonlarni qiynamasligi va juda qulay bolishi kerak. Yoʻl birinchi marta kelgan mehmonlarning yana kelish yoki qaytib kelmasligining eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Ikkinchidan, Baxmaldagi dam olish joylari asosan bahor va yoz oylariga moʻljallangan, mavsumiy hisoblanadi. Biznes nuqtai nazaridan olganda bu yilning yarmida bekor qolish hisoblanadi. Shularni hisobga olib ushbu biznes bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar kuz va qish oylarida ham dam oluvchilarni qabul qila olish choralarini koʻrishsa, shunga yarasha qulayliklar yaratishsa, ham dam oluvchilar uchun, ham oʻzlari, ham aholi uchun birdek manfaatli boʻlar edi.

Baxmalda ishlab chiqarish korxonalari, sanoat yoq. Tabiiyki, pul kirib kelish oqimi ham kam. Shu sababli, asosiy eʼtiborni turizm va unga yondosh xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirishga qaratish lozim. Turizm maʼlum hududni katta miqdorda pul oqimi bilan ta'minlovchi eng katta sohalardan biri hisoblanadi.

Baxmalning kelajagi turizmda.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#jizzax #turizm #info_tur

🏔Baxmal tumani turizm imkoniyatlarini yaqindan o'rganish maqasdida info tur o'tkazildi.

🏡 Ziyorat turizm: O'smat ota va Novqa ota ziyoratgoh imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.
Ekoturizm sohasida: Baxmal tumani go'zal tabiati, Mo'g'ol ekoturizm obyektlari va sayyohlar bilan o'zaro muloqot va turizm sohasida hunarmandlar faoliyatini o'rganishdi;
🗻🏔 Etnoturizm turizm : Novqa qishlog'i turizm salohiyati va hunarmandlar faoliyati bilan tanishdi.

Jizzax viloyat Turizm boshqarmasi tashabbusi bilan turoperatorlar, OAV vakillari, bloggerlar hamda mahalliy muhbirlar ishtirokida bo'lib o'tgan mazkur INFO TUR bugungi kunda turizm sohasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida kengroq ma'lumotga ega bo'lishdi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling.
Telegram | Facebook | Instagram‌‌