Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.57K photos
1.39K videos
6 files
512 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uzbekistan / #mexiko / #amerika

Bir guruh hamqishloqlarimiz Amerikaga yoʻl olishibdi.

Ularning sogʻ salomat Amerikaga yetib olishlarini hamda yoʻl yoʻlakay bizga videolavhalar yuborib turishlarini soʻraymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#korrupsiya / #farmasevtika / #uzbekistan

65 nafar bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan kompaniya masʼullarga 33 ming dollar pora bergan.

Davlat ayblovchisi Saidkarim Oqilovning soʻzlariga koʻra, Quramax bosh direktori Singx Ragvendra Pratar dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish davlat markazi mansabdor shaxslariga oʻz mahsulotlarini majburiy sinovdan oʻtkazmaslik uchun 33 ming dollar toʻlagan.

Bunaqa tajribalar faqatgina kalamushlar va amaldorlari poraxoʻr bo'lgan mamlakat fuqarolari ustida o'tkaziladi.

Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari hamda hamqishloqlar. Dori vositalarini sotib olishda juda hushyor boʻling. Sababi siz amaldorlari poraxoʻrlik botqogʻiga botib ketgan davlatda yashayapsiz.

Oʻzingizni va yaqinlaringizning, ayniqsa, qadrli farzandlaringizning sogʻligʻini oʻzingiz asrang. Chunki bu ishga davlat tomonidan masʼul boʻlgan amaldorlar ularning bebaho umrini arzimas pulga pullashyapti.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oylik_maosh / #uzbekistan

1. Oʻqituvchilarning oyligini oshiramiz.
2. Oʻqituvchilarning oyligini 1000 dollar qilamiz.
3. Davlat byudjeti.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#taziya / #uzbekistan / #sherali

O'zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raev vafot etdi. Marhum 77 yoshda edi.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#futbol / #uzbekistan / #U23

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-U23ga yo‘llanma oldi.

Osiyo kubogi U23 saralash bosqich 3-turi doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Abbosbek Fayzullayevning goli evaziga guruhdagi asosiy raqibi Eronni mag‘lub etib, keyingi yil Qatarda o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Ushbu turnirda Parij-2024 yo‘llanmasi o‘ynaladi. Futbolchilarimizga keyingi bosqichda ham muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#yangi / #uzbekistan / #eski

Yangi Oʻzbekiston haqida.

Endi boshqa yo`ldamiz,
Dedi bizlarga.
Qiziq, yana duch keldik
Eski izlarga...

© Boburmirzo Hamroqulov

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#aholi / #uzbekistan / #statistika

O‘zbekistonda 9 oyda 700 mingdan ortiq chaqaloq tug‘ildi.

Joriy yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 716 885 nafar chaqaloq tirik tug‘ildi. Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 5,1 foizga ko‘p.

Yil yakunigacha yillik tugʻilish 1 million nafardan oshishi kutilyapti.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uzbekistan / #ekologiya / #daraxt_ek

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” - Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mas’ullar, mahalla raislari va barcha aholini “Yashil makon” loyihasida faol bo‘lishga chaqirdi. Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev Chilonzordagi mahallada daraxt ekib, loyihaning kuzgi mavsumini ochib bergandi. 1 dekabrgacha respublika bo‘ylab 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

Daraxt eking, kelajak avlod uchun dunyoni qutqarib qolishga oʻz hissangizni qoʻshing.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#uzbekistan / #jizzax / #piyoz / #rekord

Jizzaxlik fermer piyoz yetishtirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Jizzax viloyati, Zomin tumani, «Chorvador» qishlog‘idagi «Jilg‘alisoy shabadasi» fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev 2023-yilda har gektar maydondan 150 tonna piyoz hosilini olib, rekord o‘rnatdi

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#uzbekistan / #ecologiya / #daraxt_ek

Yaponiyalik 30 nafar ko‘ngilli Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirishda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi

Yapon ko‘ngillilari Orol dengizining qurigan 10 gektar tubiga 10 ming tup daraxt ko‘chatlarini ekishi rejalashtirilgan.

Daraxt eking, kelajak avlod uchun dunyoni qutqarib qolishga oʻz hissangizni qoʻshing.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#uzbekistan / #shifokorlar / #õqituvchilar

O’qituvchi va shifokorlar boshqa soha vakillariga nisbatan kambag’allashishda davom etmoqda.

So’ngi yillarda kuzatilayotgan achinarli tendensiyalardan biri shu bo’lmoqdaki, ta’lim hamda tibiyot sohasi vakillarining oylik maoshi boshqa soha vakillarinikidan sezilarli darajada ortda qolmoqda hamda shu tariqa ular jamiyatda boshqa soha vakillariga nisbatan kambag’allashib bormoqda.

Xususan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada o’rtacha ish haqi 4,4 mln so’mni tashkil etgan bo’lsa, ta’lim hamda tibbiyot sohalarida bu ko’rsatkich mos ravishda 3,0 hamda 2,9 mln so’mni tashkil etgan.

Ta’lim sohasidagi o’rtacha ish haqi respublikadagi o’rtacha maoshning 69 foizini tashkil etgan bo’lsa, tibbiyot sohasi vakillarining o’rtacha maoshi esa respublikadagi o’rtacha maoshning 66 foizini tashkil etgan. Taqqoslash uchun, o’tgan yilning mos davrida bu ko’rsatkich ta’lim sohasi vakillari uchun 69,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, tibbiyot sohasi vakillari uchun 67.3 foizni tashkil etgan. Ya’ni bu sohalarda oylik maoshlar boshqa soha vakillariga nisbatan sekin o’smoqda. Agar taqqoslashni 2017-yilning mos davriga nisbatan amalga oshirsak ko’ramizki, ta’lim hamda tibbiyot sohasi vakillari boshqa soha vakillariga nisbatan sezilarli darajada kambag’allashgan. Xususan, ta’lim sohasi vakillarining o’rtacha ish haqisi o’sha davrda respublikadagi o’rtacha maoshning 79,5 foizini (hozirgiga nisbatan 10,5 foiz bandga yuqoriroq) tashkil etgan bo’lsa, tibbiyot sohasi vakillarida bu ko’rsatkich 67,3 foizni (hozirgiga nisbatan 1 foiz bandga yuqoriroq) tashkil etgan.

Ta’lim hamda tibbiyot sohasi vakillari jamiyatning boshqa a’zolaridan bu darajada ortada qolayotganligi hamda boshqa sohalardagi ish haqlari bilan farqning yildan yilga yiriklashib borayotganligi bu sohaning rivojlanishiga to’siq bo’layotgan omillardan biri bo’lsa kerak.

Bundan tashqari odamlar uchun real hamda nominal o’sishi qatorida, daromadlarining qo’shnisi, tanish bilishi hamda umuman o’zini o’rab turgan jamiyatdagi boshqa vakillarga nisbatan qanday o’zgarayotganligi juda muhim sanaladi.

© #Mirkonomika telegram kanalidan olindi.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#kazakstan / #uzbekistan

Qozogʻiston va Oʻzbekiston misolida.

Kanalga ulanish uchun ⤵️

@qirqqishloq_news
#qarzlar / #ahvolimiz / #uzbekistan

O‘zbekiston davlat qarzi 31,5 mlrd dollarga yetdi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston davlat qarzi 2,3 mlrd dollarga ko‘paydi. Mamlakatlar kesimida eng ko‘p tashqi qarzi Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan olingan.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#futbol / #uzbekistan / #sergeyev

Bugun Eron bilan oʻyinda durangga olib kelgan hal qiluvchi golni Igor Sergeyev urdi.

Bir vaqtlar hamma rosa soʻkkan, ustidan kulgan edi. Mana vaqt oʻtib Sergeyev foydali oʻyinchi ekanligini isbotlayapti. Hal qiluvchi gollar uryapti. Qozogʻistonda ham ancha sermahsul oʻynadi. Hozir Tailandda oʻynayapti.

Shu sabab oʻsha vaqtlarda soʻkkanlar Sergeyevdan uzr soʻrab qoʻyishi kerak. Ayniqsa, bir tiyinga qimmat "Million", "Bravo" ga oʻxshash masqaraboz jamoalar.

Yashavor Igorjon. Sen bilan faxrlanamiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news