Qirqqishloq News
1.84K subscribers
3.57K photos
1.39K videos
6 files
512 links
Qishlog‘imiz, yaqin atrof hamda Oʻzbekistonda sodir bo‘layotgan eng soʻnggi yangiliklar.

Qishloq haqida.
Baxmal haqida.
Ekologiya haqida.
Taʼlim haqida.
Biznes haqida.
Download Telegram
#prokuratura / #ekologiya / #baxmal

Baxmal tumani Prokuratura va ekologiya idoralari etiborida.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bugun Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bo‘lishdi.

Ishchi guruh a’zolari Baxmal tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1 va 5-umumta’lim maktablarida bo‘lishib, tumanda ekologik ta’lim jarayonlarining borishi bilan tanishdilar. Shuningdek, bolalarning ekologik savodxonligi, ekologik muammolarga munosabatlari bilan ham qiziqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sh.To‘xtaboyev hamda Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i E.Xolmatov hamda viloyat prokuraturasi tomonidan o‘quvchilarga Ekologiya vazirligi tomonidan yangi nashr etilgan "Bolalar uchun Qizil kitob"lar beg‘araz tarqatildi.

© Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
#prokuratura / #ekologiya / #baxmal

Baxmal tumani Prokuratura va ekologiya idoralari etiborida.

Shu kunning o‘zida ishchi guruh a’zolari Baxmal tuman o‘rmon xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Baxmal o‘rmon xo‘jaligida daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish, gul va shifobaxsh o‘simliklarni o‘stirish va ko‘paytirish borasida amalga oshirlayotgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, o‘rmon xo‘jaligi hududlarida noqonuniy qurilishlarning bugungi holati ham o‘tganildi.

Shuningdek, daryo o‘zanlaridan noqonuniy foydalanish, Gʻallaorol va Baxmal tumanlari hududlaridan oqib o‘tuvchi "Sangzor" daryosining bugungi holati, mavjud muammolar, xususan suv-yer resurslarini noqonuniy qazilishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Nihoyat, Sangzor daryosidagi ekologik halokatga alohida e’tibor qaratiladi deb umid qilamiz. Bu mavzuga hali alohida va tizimli ravishda toʻxtalamiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️
@qirqqishloq_news
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#futbol / #uzbekistan / #U23

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etib, Osiyo kubogi-U23ga yo‘llanma oldi.

Osiyo kubogi U23 saralash bosqich 3-turi doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Abbosbek Fayzullayevning goli evaziga guruhdagi asosiy raqibi Eronni mag‘lub etib, keyingi yil Qatarda o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Ushbu turnirda Parij-2024 yo‘llanmasi o‘ynaladi. Futbolchilarimizga keyingi bosqichda ham muvaffaqiyat tilaymiz.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#diqqat / #traktor / #sotiladi

Traktor sotiladi.
Narxi kelishiladi.
Manzil: Gʻallaorol shahri.


Murojat uchun +998974846118 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news
#diqqat / #muhim / #mashinalar

Jentra mashinalari sotiladi.

Oq jentra:
- yili 2021
- 8500 yurgan
- Mexanika  
- Narxi 165 mln kami bor.

Qora jentra:
- Yili 2022
- 37000 ming yurgan
- Avtomat 
- Narxi 210 mln kami bor.

Murojat uchun +998996779214 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Kanalga ulanish uchun⤵️

@qirqqishloq_news