QAYERDA?
4.43K subscribers
1.45K photos
77 videos
797 links
Qayerda oilam yoki do’stlarim bilan vaqt o'tkazsam bo'ladi? Qayerda o'qisam ishonchliroq? Eng sara va noyob joylar qayerda?

Javob topmoqchimisiz, kanalimizga marhamat!

Fikr va takliflar uchun: @qayerda_admin_kanal
Download Telegram
Sayyohlarni o’z go’zalligiga rom qil oladigan sharshara qayerda joylashgan?

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida! Ushbu sharshara “Nanay”sharsharasi bo’lib, uning balandligi 5 metr.

Sharshara atrofiga karavot-supalar joylashtirgan.

Sharsharaning o‘zini tomosha qilish va cho‘milish bepul, albatta. 

Manzil: Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani (G’azalkentdan 50km uzoqlikda)

Telegram | Instagram | TikTok
Eng mazzali muzqaymoqlarni qayerda tatib ko’rsa bo’ladi?

2. Giotto - Vanilla, Yogurt, Oreo Cookies, Blueberry, Bounty, Pista va boshqa ta’mli muzqaymoq do’koni.

Giotto yaqinda Belgiya shokoladiga asoslangan yangi muzqaymoq ta'mlarini e'lon qildi.
Halol sertifikatiga, shuningdek Italiyaning Gelato federatsiyasining kubogi va sifat sertifikatiga ega.

Narxlar: 50gr - 9.000, 100gr - 18.000

Ish vaqti: 10:00 - 23:00

Manzillar:

1. Ц1, Shahrisabz ko’chasi, 33-A

2. Sodiq Azimov ko’chasi, 54 (Yapon pasolstvasi)

3. Yakkasaroy tumani, Mahmud Tarabi ko’chasi, 29

4. Yunusobod tumani, Ц-5, X. Ergashev ko’chasi (Qozog’iston kinoteatri)

5. Samarqand, “Family’s Park” savdo markazi

Telegram | Instagram | TikTok
Farzandimni IT sohasini yoshlikdan chuqur o’rganishi uchun qayerda o’qitsam bo’ladi?

Muhammad al-Xorzamiy ixtisoslashtirilgan IT maktabida! Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifasi - matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quvchilarni dasturlash asoslari, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo’lish va intellektual madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirishdan iboratdir.

Maktabga qabul 5-sinfdan boshlanib, imtihon asosida qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent, Pahlavon Mahmud ko’chasi 28

Telegram | Instagram | TikTok
O’zbekistondagi Lavanda maydoni qayerda joylashgan?

Qo’qonda! Ushbu go’zal manzara insonga rohat bag’ishladi.

Lavanda mavsumiy o’simlik bo’lib, bu yerga faqat mavsum vaqti tashrif buyurish kerak.

2021-yilda Yuqori Qibray va Namanganda ham lavanda maydonini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Manzil: Farg’ona, Qo’qonga kirish

Telegram | Instagram | TikTok
Dubaydagi Safari cho'lidan qolishmaydigan Cho'l Oasis va Spa kompleksi qayerda joylashgan?

Buxoroda! Buxoro cho'lidagi Oasis & Spa turistik kompleksida katta plyaj, milliy va evropa oshxonalari restoranlari va boshqa xizmatlarni uchratasiz.

Ushbu kompleksda tuya va otda, cho'lda yurishga mo'ljallangan avtoulovda, elektromobil va jiplarda sayohat qilishingiz mumkin!

Manzil: Buxoro, Romitan, Bo'rontepa

Telegram | Instagram | TikTok
O’zbekistondagi eng go’zal vodiy qayerda joylashgan?

Paltauda! Paltau vodiysi Toshkentdan 100 km uzoqlikda, Chotqol daryosi bo'yida joylashgan go'zal joy.

Uzoq yo'ldan keyin mehmonlar boradigan birinchi joy - bu 38 metr balandlikdan tushadigan Paltau sharsharasi.

Manzil: Toshkent viloyati, Chotqol (Burchmulladan teparoqda)

Telegram | Instagram | TikTok
Oilaviy piknik va sayr uchun go’zal va musaffo joy qayerda?

Yapon bog’ida! Dunyoning barcha go’zalliklari yig’ilgan keng yashil makonga o’xshaydi, bu bog’.

Bu yerda kabutarlar, laylaklar, o’rdak, g’oz, hatto, tovusni ham uchratasiz!
Baland yashil daraxtlar atrofinfizni o’rab oladi.

Kirish narxi: kattalarga - 20.000 kichiklar (3-12) va pensionerlarga - 10.000

Manzil: Toshkent, Yunusobod, NBU yaqinida

P.S Ushbu joy videolarini TikTok sahifamiz orqali ko’rishingiz mumkin!

Telegram | Instagram | TikTok