QAYERDA?
4.66K subscribers
1.45K photos
77 videos
797 links
Qayerda oilam yoki do’stlarim bilan vaqt o'tkazsam bo'ladi? Qayerda o'qisam ishonchliroq? Eng sara va noyob joylar qayerda?

Javob topmoqchimisiz, kanalimizga marhamat!

Fikr va takliflar uchun: @qayerda_admin_kanal
Download Telegram
Kamonda o’q otishni o’rganishga qandaysiz?

Hero Parkda kamondan o’q otish bo’yicha bepul mahorat darsiga bo’lib o’tadi.

Unda bolalar:
Kamondan o’q otish ko’nikmalari
Diqqatni jamlash mashqlari
Qo’llarning motorikasini rivojlantirish
Qad rostlash
Bel mushaklarini mustahkamlash va boshqalarni o’rganishadi

🕑29-mart (18:00)

Kirish bepul

❗️Ishtirokchilarning yoshi: 7 yoshdan 15 yoshgacha bo’lishi kerak

📍Hero Park
🗺Lokatsiya

Telegram | Instagram | TikTok
#tabiat #iftorlik

Tabiat qo’ynida iftorlik

Shovqin suronlardan charchaganlar uchun yurtimizning ajoyib manzaralaridan birini taqdim etamiz. Oilaviy iftorlik, piknik va varrakbozlik qilishingiz mumkin😍

Manzil: Toshkent viloyati
📍Lokatsiya

Telegram | Instagram | TikTok
#dunyo #turkiya #istanbul #sayohat

Turkiyaga sayohat - Ayo Sofiya masjidi.

Siz ko’rib turgan ulkan bino (hajmi bo’yicha dunyoda 4-o’rinni egallaydi) 5 yilda qurib bitkazilgan, dastavval cherkov vazifasini o’tagan. 1453-yil cherkov masjidga aylantiriladi.

1934-yil masjid muzeyga aylantirildi va 1935-yil tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi.

Ish vaqti: qish kunlari 09:00 dan 17:00 gacha, 15-apreldan 30-sentyabrgacha 09:00 dan 19:00 gacha.
Dam olish kuni - dushanba.
Mehmonlar ko’p bo’ladigan vaqt 11:00-16:00, kassada katta navbat bo’ladi.

Masjidga kirish bepul.

P.S Turkiyaga sayohat qilsangiz, masjidga albatta boring. Rasmlarini biz bilan bo’lishing😊

Manzil: Turkiya, Istanbul, Sultan Ahmet ko’chasi Ayasofya maydoni

Telegram | Instagram | TikTok
Oilaviy piknik va sayr uchun go’zal va musaffo joy qayerda?

Yapon bog’ida
! Dunyoning barcha go’zalliklari yig’ilgan keng yashil makonga o’xshaydi, bu bog’.

Bu yerda kabutarlar, laylaklar, o’rdak, g’oz, hatto, tovusni ham uchratasiz!
Baland yashil daraxtlar atrofinfizni o’rab oladi.

Kirish narxi: kattalarga - 20.000 kichiklar (3-12) va pensionerlarga - 10.000

Manzil: Toshkent, Yunusobod, NBU yaqinida

Telegram | Instagram | TikTok
O’zbekistondagi yagona golland lolalari qayerda yetishtiriladi?

Namangan vodiysining Kosonsoy tumanida! Ushbu lolazor Tuyatoydi Massivida joylashgan.

Agar lolazorga sayohat qilsangiz rasmlar bilan bo’lishing😊

Manzil: Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Tuyatoydi massivi

Telegram | Instagram | TikTok
Nostaljik muzey

Yoshlik davrlarimizni eslatuvchi bu muzeyda 80, 90-yillardagi kamera, telefon, disk va pullar saqlanadi. Hattoki tushlik yoki nonushta tanovvul qilmoqchi bo'lganlar uchun muzeyda maxsus, qadimiy hududlar mavjud.🏚

📍Manzil: Nukus
🗺Lokatsiya

Telegram | Instagram | TikTok