Qashqadaryo sport I Rasmiy kanal
1.76K subscribers
25.6K photos
2.78K videos
9 files
7.07K links
Download Telegram
#e’tirof

YIL YAKUNIDA QASHQADARYOLIK PARA DZYUDOCHILAR
E'TIROF ETILDI.

Viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan Viloyat para dzyudochi sportchilariga 2023-yil davomida erishgan yutuqlari uchun esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🌐 Rasmiy sahifalarimiz
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
#e’tirof

🇺🇿 O‘ZBEKISTON HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI QO‘L JANGI FEDERATSIYASI QASHQADARYO VILOYAT BO‘LIMINING YIL YAKUNI YUZASIDAN YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI.

Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyat qo‘l jangi federatsiyasi bo‘limi raisi J.
E.Noraliyev so’zga chiqib, qo‘l jangi sportini viloyatimizda keng rijovlantirish yo‘lida qilinayotgan ishlar hamda sportchilarimizning respublika va Xalqaro musobaqalarda erishgan natijalari bilan tabrikladi.

Viloyat qo‘l jangi federatsiyasi ijrochi direktori B.Raxmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-iyun kunidagi 287-sonli qarori bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot tinglandi.

🔰 Tadbir tavomida 2023-yil davomida qo‘l jangi sport turida yuqori natija ko‘rsatgan sportchilar va trenerlar
e’tirof etilib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🌐 Rasmiy sahifalarimiz
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
#e’tirof

QO‘L JANGI FEDERATSIYASINING YIL YAKUNI BO‘YICHA
E’TIROFIGA KIMLAR MUNOSIB TOPILDI?

TANISHING:
🌟 “Yilning eng yaxshi tuman bo‘limi” – Nishon tumani;

🌟 “Yilning eng yaxshi sport klubi” – “Bek” sport klubi , Dehqonobod tumani;

🌟 “Yilning eng yaxshi treneri” – Turopov Muxriddin;

🌟 “Yilning eng yaxshi hakami” – Sultonmurodov Qamariddin;

🌟 “Yilning eng yaxshi 10-11 yosh sportchisi” – Ziyodov Abdurahmon;

🌟 “Yilning eng yaxshi 12-13 yosh sportchisi” – Bahodirov Akbar;

🌟 “Yilning eng yaxshi 14-15 yosh sportchisi” – Sunnatov Jonibek;

🌟 “Yilning eng yaxshi 16-17 yosh sportchisi” – Dilmurodov Abdumalik;

🌟“Yilning eng yaxshi 18 yosh va kattalar sportchisi” – Normurodov Qurbonali
e'tirof etildi.

🔰Sportchilarimizni Qashqadaryo viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi nomidan tabriklaymiz!
🌐 Rasmiy sahifalarimiz
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yengil_atletika
#e’tirof
#videorolik

-“Bizning tanimizda Jaloliddin Manguberdi, bobomiz Amir Temur, Pahlavon Mahmud qoni oqayapti. Biz shunga munosibmiz va shu munosiblikni har daqiqada butun dunyo hamjamiyatiga, xalqimizga ham tarannum qilishga shoshilishimiz kerak” – Shavkat Mirziyoyev.

👏YUTUQLAR BARDAVOM BO‘LSIN!

💠 Rasmiy sahifalarimiz
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
#e’tirof

🎗QASHQADARYOLIK SPORTCHIGA O'ZBEKISTON SPORT USTASI UNVONI MUNOSIB TOPSHIRILDI.

Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining Sambo bo'limi o'quvchisi Abdiyeva Sevinch Jahon chempionati musobaqasida "Sport ustasi" talablarini bajardi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 2-may kuni Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi rahbari Erkin Vohidov ushbu yuksak unvonni sportchiga topshirdi.

Viloyat sport boshqarmasi hamda viloyatimizdagi barcha sportchi, trenerlar nomidan ushbu yuksak
e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
#e’tirof_2024

🎗SPORTCHILAR VA TRENERLAR MEHNATI E’TIROF ETILDI

2024-yil 24-avgust kuni Viloyat sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida trenerlar kengashi o‘tkazildi. Tanqidiy hamda tahliliy ruhda o‘tkazilgan mazkur kengash yig‘ilishida sport maktabining 2023/2024 o‘quv yili davomida bo‘lib o‘tgan Respublika va Xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularni trenerlarining natijalari tahlil qilindi.

Bundan tashqari 2024/2025 o‘quv yili uchun sport maktabi o‘quv yili rejasi muhokama qilindi hamda trenerlarga sportchilarning natijalarinini oshirish talabi qo‘yildi.

Kengash davomida sport maktabining 2023/2024 o‘quv yili davomida bo‘lib o‘tgan Respublika va Xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlari «E’TIROF–2024» tadbirida taqdirlandi. Ularga maxsus sport epikirovkalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
#e'tirof

⚡️Prezident
Parij Paralimpiyadasida qatnashgan Qashqadaryolik sportchilarni mukofotladi.

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan;

Mirzayorova Asila Ubaydulla qizi - Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi.

«Jasorat» medali bilan;

Karomatov Davurxon Fozil o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi

«Shuhrat» medali bilan;

Mamedov Shoxruh Qo‘ysin o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi
#e’tirof

MASHAQQATLI MEHNAT, HARAKAT VA NATIJA SAMARASI E'TIROF ETILDI

Xabaringiz bor, joriy yilning 21-sentabr kuni Qashqadaryolik yosh ogʻir atletikachimiz Nigora Abdullayeva Ispaniyada oʻtkazilgan jahon chempionatida -59 kg vazn toifasida ishtirok etib siltab koʻtarish mashqida 115 kg bilan kumush, ikki kurash natijasiga koʻra esa 208 kg bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Bugun Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i V.Ro‘ziyev chempion bilan uchrashib, erishgan g‘alabasi bilan samimiy tabrikladi. Unga kelgusi musobaqalarda yuksak g‘alabalar tilab, viloyat hokimining sovg‘asini topshirdi.

🌐Instagram I Facebook
#e’tirof

🎗QASHQADARYOLIK SPORT TRENERI SPORT VAZIRLIGINING YUKSAK E'TIROFIGA SAZOVOR BO‘LDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2024-yil 30-sentabrdagi 01/1459-sonli buyrug‘iga asosan tomonidan Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Taekwando WT sport bo‘limi treneri Zuxridinova Sayyoraxon Nuridinovna “JISMONIY TARBIYA VA SPORT A’LOCHISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Malakali trenerga ushbu ko‘krak nishoni Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘I V.Ro‘ziyev topshirib, Sport vazirligining yuksak e’tirofi bilan tabrikladi.

🌐Instagram I Facebook
#e’tirof

🎗QASHQADARYOLIK YANA BIR SPORT TRENERI SPORT VAZIRLIGINING YUKSAK E'TIROFIGA SAZOVOR BO‘LDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligining 2024-yil 30-sentabrdagi 01/1459-sonli buyrug‘iga asosan tomonidan Koson tuman 2-sonli sport maktabining dzyudo bo‘yicha treneri Mardonov Abbos Boboyorovich “JISMONIY TARBIYA VA SPORT A’LOCHISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Malakali trenerga ushbu ko‘krak nishoni Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘I V.Ro‘ziyev topshirib, Sport vazirligining yuksak e’tirofi bilan tabrikladi.

Instagram I Facebook I Telegram I Youtube
#e'tirof

⚡️⚽️"NASAF"CHILAR O‘ZBEKISTON PROFESSIONAL FUTBOL LIGASI TOMONIDAN
E'TIROF ETILDI

🎗Yil murabbiyi — Ro‘ziqul Berdiyev.

Ro‘ziqul Sa'dullayevich Nasaf jamoasini tarixiy chempionlik sari boshlab bordi va yilning eng yaxshi murabbiyi deya e'tirof etildi.

Shuningdek,

🎗Yil futbolchisi — Akmal Mozgovoy.

📲Bizni kuzatib boring!
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
#e’tirof

🎗SPORT FIDOYILARI MUNOSIB E’TIROF ETILDI

"Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumi tantanali ochilish marosimida mazkur musobaqaning 2024-yilgi mavsumi doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari yakunlari bo‘yicha respublikadagi jami 14 ta hudud, 208 ta tuman (shahar)lar orasida eng faollik ko‘rsatgan jami 42 nafar mas’ul va tashkilotchilarga Sport vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonlari tantanali tarzda topshirildi.

Shu jumladan Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi Ommaviy va etno sport turlarini rivojlantirish hamda sport normativlarini o‘tkazish bo‘limi shu’basi boshlig‘i Samiyev Temur Ulug‘bek o‘g‘li - “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

⚡️Viloyat Sport boshqarmasi hamda vohamiz sportchilari nomidan ushbu yuksak unvon bilan samimiy tabriklaymiz.

📲Bizni kuzatib boring!
Telegram|Instagram|Facebook|Youtube
#e’tirof

SPORTCHI QIZLARIMIZGA ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BERILADI

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan bir guruh sportchi qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanishi belgilandi. Unga koְra;

-Ibragimova Shaxzoda Alisher qizi - Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi (Qoraqalpog‘iston Res.);

-Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi - Andijon davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi;

-Xamdamova Afro‘za Akbarovna - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi;

-Sobirova Layloxon Arslonbek qizi - Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Xorazm vil.).

Mazkur Davlat mukofoti 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida topshiriladi.
#e'lon

❗️DIQQAT! E’LON!!!

Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi va tuman (shahar) sport maktablari rahbar kadrlari zahira fondini shakllantirish maqsadida malaka talablari asosida ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov shartlari quyidagicha:
🔹Ma’lumoti: oliy, (bakalavr darajasi);

🔹Mutaxassislik: Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi;

🔹Mehnat staji: 4 yil (Sport yo‘nalishida);

🔹Kompyuter savodxonligi: Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi;

🔹Qo‘shimcha talablar: Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi;

Hujjatlarni Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basiga taqdim etishingiz so‘raladi.

📲 Murojaat uchun telefon: +998 91-454-86-86

🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
#taekvondo_WT #e'tirof

"Kashkadarya Open" xalqaro turniri hakamlari
e'tirof etildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-27-mart kunlari Qarshi shahridagi "Geolog" sport sog‘lomlashtirish majmuasida sportning Taekvondo WT turi bo‘yicha kichik o‘smirlar va kichik o‘smir qizlar, o‘smirlar va o‘smir qizlar, yoshlar va qizlar o‘rtasida “1-KASHKADARYA OPEN” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida Viloyat sport boshqarmasi hamda O‘zbekiston Taekvondo Wt Assotsiatsiyasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi tomonidan Taekvondo Wt sportini rivoji, yoshlar tarbiyasi yo‘lidagi fidokorligi va ko‘rsatgan jonbozligi uchun bir qator hakamlar jamoasi e'tirof etildi.

🌐Telegram|Instagram|Facebook|Youtube