Munosabat

Qarshi shahrida kuzatilayotgan kuchli shamol oqibatida Nasaf ko‘chasida bezak chiroqlar uchun o‘rnatilgan temir konstruksiyali ustun qulab tushgan. Hozirda ushbu holatni bartaraf qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu o‘rinda, fuqarolardan kuchli shamol vaqtida ehtiyot choralarini ko‘rishni hamda zaruratsiz tashqariga chiqmaslikni so‘rab qolamiz.

👉@qarshishaharhokimligi
📊Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 16 585,1 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 2,7 % ga o‘sdi.

👉@qarshishaharhokimligi
#muhokama

JINOYATChILIK MUHOKAMASI

🔹Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Shuhratali Imomov Qarshi shahridagi “Gulshan” mahallasida bo‘lib, mahallada yashovchi R.B. tomonidan sodir etilgan jinoyatni jamoatchilik ishtirokidagi muhokamasida qatnashdi.
🔸Unda fuqaro R.B. tomonidan firibgarlik jinoyati sodir etilib, qo‘lga olinganligi ma’lum qilindi.
🔹Mas’ullar va jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur jinoyatning sabablari, kelib chiqish omillari keltirib o‘tildi.
🔸Muhokamada oila va mahalladagi ijobiy muhitni mustahkamlash, odamlarning har qanday voqeaga dahldorlik hissi bilan yashashigina jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi eng samarali vosita ekanligi tushuntirildi.

✍️Qashqadaryo viloyati
  soliq boshqarmasi

Telegram | Facebook
ГЕРМАНИЯДА ИШЛАШ ИСТАГИДА БЎЛГАН ҲАМШИРАЛАР ДИҚҚАТИГА!

🇩🇪 Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги ҳамда Швейцариянинг “GLOBOGATE Concept AG.” ташкилоти ўртасидаги ҳамкорлик келишувига асосан тажрибали тиббиёт ходимларини Германия тиббиёт муассасаларига ишга жалб қилиш дастури ишлаб чиқилган.

📌 Мазкур дастурда иштирок этишни истаган ҳамширалар 2024 йил 8 февраль куни соат 11 дан бошлаб Абу Али ибн Сино номидаги Қарши жамоат саломатлиги техникуми биноси йиғилишлар залида германиялик масъуллар томонидан ўтказиладиган суҳбатга таклиф этилади.

💶 Меҳнат шароитлари немис ҳамширалари билан бир хил ва бутун жараён давомида доимий қўллаб-қувватлаш.

Номзодларга қўйиладиган талаблар ва бошқа маълумотлар хусусида БАТАФСИЛ

Қашқадарё вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси ахборот хизмати.

▶️ @qashqadaryo_ssb
#Tayinlov

Bekmurodov Odilbek Xudoyberdiyevich - Qarshi shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, Qashqadaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish sho’basi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan.

👉@qarshishaharhokimligi
Obodonlashtirish boshqarmasiga yuk tashishga mo‘ljallangan aravachali mototsikllar topshirildi

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilari va ishchi-xodimlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda shahar obodligi yo‘lida olib borilishi lozim bo‘lgan obodonchilik hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari xususida so‘z yuritilib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Obodonlashtirish boshqarmasiga yuk tashishga mo‘ljallangan yangi mototsikllar va yaxshi ishlagan ishchilarga velosipedlar topshirildi.

👉@qarshishaharhokimligi