Istiqlol mahallasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi obodonlashtirish ishlari aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mahallada hashar yo‘li orqali ko‘p qavatli uylar oldini tartibga keltirish, gullar ekish, piyodalar yo‘lakchasi va chiqindixonalar qurish ishlari davom etmoqda.

Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi
Qarshi shahar hokimi N.Xolboyev, “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti filiali boshlig‘i G‘.Murodov va 3-sektor rahbari F.Ibragimov birgalikda Bunyodkor MFY Beklar massivida yashovchi aholini gaz tarmog‘iga ulash masalasini muhokama qilishdi. Aholi tomonidan berilgan murojaat o‘rganilib, ushbu masalani ijobiy hal etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi
Bugun Qarshi shahri hokimi Geolog mahallasida olib borgan o‘rganishlari davomida mahalladagi ayrim ko‘p qavatli uylar oldidagi kanalizatsiya quduqlarida qopqoq yo‘qligi aniqlandi. Ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi. "Qashqadaryo suv ta’minoti" AJ Qarshi shahar filiali tomonidan bugun kanalizatsiya quduqlariga qopqoqlar o‘rnatildi.

Kanalga ulanish 👉 @qarshishaharhokimligi