Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Viloyat kasaba uyushmalari federatsiyasi zalida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.

Oliy Majlis Senati aʼzosi Abduraim Irkayev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Farhod Zayniyev tomonidan tadbir ishtirokchilariga Konstitusiyaviy Qonun loyihasining mazmun-mohiyati toʼgʼrisida batafsil ma'lumotlar berildi.

👉 @qarshishaharhokimligi
📊Qashqadaryo viloyatida xizmatlar sohasida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi?

2022-yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 16 325,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,1 % ga o‘sdi.

👉 @qarshishaharhokimligi
Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan "Yug-M" MCHJ korxonasi tomonidan bugungi kunda qurilish sohasida ishlatiladigan asfalt ishlab chiqarishni kengaytirish va bu orqali bozorni sifatli mahsulot bilan ta'minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu korxonaning umumiy yer maydoni 3,0 gektar bo'lib, bir kunda 1,5 ming tonna asfalt mahsuloti ishlab chiqarilmoqda. Korxona ishga tushirilishiga 25,0 mlrd. so'm sarmoya kiritilgan bo‘lib, natijada 10 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan.

Qarshi shahri hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi xodimlari korxonada bo‘lib, asfalt ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi hamda mavjud muammolar o'rganildi.

👉 @qarshishaharhokimligi
📊Qashqadaryo viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi?

2022- yil yakunlariga ko‘ra Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8 125,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 10,5 % ga o‘sdi.

👉 @qarshishaharhokimligi
Qarshi shahri hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi xodimlari bugun "Akbar Alians Nur" MCHJga qarashli pishiq g‘isht ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi. Ushbu korxonada hozirda bir kunda 12 ming dona g'isht mahsuloti ishlab chiqarilmoqda. Korxonani ishga tushirishga 4,76 mlrd. so'm sarmoya kiritilib, 80 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan.

Shuningdek, investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi xodimlari "Akbar Alians Nur" MCHJ korxonasining shag'al ishlab chiqarish loyihasi bilan ham tanishdi. Ushbu korxonada bir kunda 100 kub turli xil shakldagi toshlar qayta ishlab chiqarilmoqda. Korxonani ishga tushirishga 3,35 mlrd. so'm sarmoya kiritilgan bo‘lib, 11 kishi doimiy ish bilan ta'minlangan.

👉 @qarshishaharhokimligi
#Munosabat Qashqadaryo 24/7 telegram kanalida eʼlon qilingan murojaatda Qarshi shahri viloyat DSI chorrahasidagi yoʼlning ahvoli yomonligi, svetofor yaqinidagi yamalar haydovchilarning haqli eʼtiroziga sabab boʼlayotgani aytilgan.

Qarshi shahri obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mazkur yoʼldagi "yama"larni taʼmirlash ishlari olib borildi.

👉 @qarshishaharhokimligi