#Xushxabar

Qarshi shahridagi 16-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Umida Umarova sportning boks turi bilan shugʻullanib keladi. Yaqinda Umida Umarova 14-16 yoshli o‘smir qizlar oʻrtasida 80 kg vazn toifasida Oʻzbekiston chempionati bahslarida faxrli II-oʻrinni qoʻlga kiritib, kumush medali bilan taqdirlandi.

Ushbu natija evaziga Umida Umarova Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati bahslarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

👉 @qarshishaharhokimligi
Forwarded from Qashqadaryo 24/7 (Ҳусан Комилжонов)
⚡️Қарши шаҳрининг «Бўстон» маҳалласи ички кўчаларини асфальтлаштириш ишларининг навбатдаги босқичи бошланди

Маҳалланинг «Касби», «Мафтуна», «Чорчинор», «Манной Уйғур» кўчаларига асфальт қопламаси ётқизилди. Шунингдек, «Тўйтепа» кўчасини ҳам асфальтлаштириш жараёнлари об-ҳаво шароитидан келиб чиқиб давом эттирилади.

Мавзуга доир: Шавкат Мирзиёев: Маҳалла яхши бўлса - давлат яхши бўлади.

https://t.me/qarshiliklar
#Эълон Қуёш панеллари ва сув иситиш тизимларини ўрнатиб, имтиёзга эга бўлмоқчимисиз?

Унда Ўзбекистон Савдо саноат палатаси томонидан тавсия этилаётган муқобил энергия билан таъминлашга ёрдам берадиган ишлаб чиқарувчи, етказиб берувчи ва ўрнатувчи тадбиркорлари билан боғланинг!

Муқобил энергия манбалари, уларни харид қилганда компенсация ва имтиёзлар тўғрисида ишончли маълумотларни расмий www.energymarket.uz сайтидан олиш мумкин.

Қашқадарё вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати.
Foto | Obodonlashtirish oyligi davom etmoqda.

👉 @qarshishaharhokimligi
Forwarded from Farxod Zayniyev
Energetika sohasidagi soʻnggi voqealar, energiya yetkazib berish va uni hisob-kitob tizimidagi muammolarni koʻrsatdi.

Shu jumladan, samaradorligi past nazorat tizimi, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga imkon yaratgan. Afsuski, bu talon-tarojliklar sohadagi masʼullar yoki ularning ruxsati bilan amalga oshirilgan holatlar ham aniqlandi.

Energiya isteʼmolini nazorat qilish tizimidagi boʻshliqlarni toʻldirish, uni kuchaytirish va boshqa masalalarni hal etishga qaratilgan Prezident qaroriga asosan bir qator vazifalar belgilandi.

Xususan, Oʻzenergoinspeksiyaga isteʼmolchilarning yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash sohasida hech qanday toʻsiqlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri davlat nazoratini amalga oshirish vakolati berildi.

Shuningdek, inspeksiya zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish va faoliyatini muvofilashtirish uchun Bosh prokurorning alohida yoqilgʻi-energiya resurslariga masʼul oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan energiya resurslarini sarflash meʼyorlari va avariyalarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuklatildi.

Eng asosiysi ushbu qaror bilan mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi belgilangan meʼyordan oshgan taqdirda, ularga yangi isteʼmolchilarni ulash qatʼiyan taqiqlandi.

Umuman olganda, energetika sohasidagi koʻplab muammolar yechimiga qaratilgan mazkur qaror tizimda nazoratni kuchaytirishga, asosiysi qonun ustuvorligini taʼminlashga katta hissa qoʻshadi.

✔️ @deputat_f_zayniyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊Qashqadaryo viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi?

2022- yil yakunlariga ko‘ra Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 8 125,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 10,5 % ga o‘sdi.

👉Kanalga ulanish t.me/qashstatuz
«Юксалиш» умуммиллий ҳаракати инфографикасига кўра, Қашқадарё вилоятида 34 дона электромобил ва қувватлаш учун битта станция бор экан.

Nasafnews расмий саҳифаси
Obodonlashtirish oyligi davom etmoqda

Viloyat hokimi tomonidan fevral-mart oylari vohamizda obodonlashtirish oyligi deb eʼlon qilinganidan soʼng Qarshi shahri boʼylab bu borada keng koʼlamda obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Ushbu xayrli tashabbus doirasida Qarshi shahrining Kunchiqar mahallasi hududida boshlangan obodonlashtirish ishlarining borishi haqida maʼlumotlarni muntazam berib borayapmiz. Аyni paytda bu yerda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadal davom ettirilmoqda.

👉 @qarshishaharhokimligi