Qarshi davlat universiteti
10.5K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.8K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli tizim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar!

2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barchani ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishini so‘raydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Qarshi davlat universitetida Zoologiya kafedrasi tomonidan “Hayvonot olamini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.


Anjuman tafsilotlari #Qashqadaryo_axborotida

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#dolzarb_50_kunlik

⚡️Qurol va pirotexnika vositalari – inson hayoti uchun xavf-xatardir

Ayni kunlarda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbiri doirasida bugun Qarshi davlat universitetida “Qurol va pirotexnika vositalari – inson hayoti uchun xav-xatardir” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB Nazorat litsenziyalash guruhi katta inspektori, mayor S.Rahmonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari, Matematika va kompyuter ilmlari, Fizika, Xorijiy tillar fakultetlari dekan o‘rinbosarlari A.Jo‘rayev, F.Muqimov, H.Murodov va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir mehmoni S.Rahmonov qurol va pirotexnika vositalarini ishlatishning huquqiy, ijtimoiy, psixologik va boshqa oqibatlari haqida so‘zlab berdi. Amaliyotdan bir nechta misollar keltirdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan Qonunlar (O‘RQ-946-son, 27.08.2024 y, O‘RQ-949-son, 28.08.2024 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o’zgartirishlar kiritildi. Qo’shimchaga ko‘ra, shaxs o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Shuningdek, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik va O‘zbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekistonga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

S.Rahmonovning qayd etishicha, ushbu Qonunlar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinishishini ta’minlashga, shuningdek, jamoat tartibini saqlash va o‘qotar bo‘lmagan qurol turlarining qonunga xilof muomalasining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Tadbir davomida yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berilib, mavzuga doir bukletlar tarqatildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#sport_sinovlari
#oliy_ta'lim

⚡️Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan talaba-yoshlar munosib taqdirlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-sonli qaroriga muvofiq, jismoniy faollik darajasini oshirishda yuqori natijalarga erishgan viloyat oliy ta'lim muassasalari talabalari ko'krak nishonlari hamda sport formalari bilan taqdirlandi.

Xususan, 18-29-yoshli talabalar o‘rtasida sport sinovlarini ixtiyoriy va maxsus talablarini bajarib gʻolib va sovrindor boʻlgan Qarshi davlat universiteti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali hamda Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining 44 nafar talabalariga I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonlari (guvohnomasi) va sport formalari topshirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
#ogohlik

Axborot xurujlari orasida “kiberjinoyat” tushunchasi mavjud. Jahonda sodir etilayotgan jinoyatlar ichida kiberjinoyatchilik to‘rtinchi pog‘onada turadi. U insonlar tomonidan boylik orttirish yoki boshqa g‘arazli maqsadlarda axborot texnologiyalaridan noqonuniy foydalangan holda sodir etilgan xavfli jinoyat sanaladi. Uning yuzaga kelishiga global internet tarmog‘ining paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Sodda qilib aytganda, bu turdagi jinoyatni kompyuter qarshisida o‘tirib, minglab kilometr uzoqlikdagi mintaqada joylashgan biror tashkilotning mablag‘ini o‘marish orqali sodir etish mumkin.

Tarix va Pedagogika fakultetlarida tashkil etilgan targ'ibot tadbirlarida mavzu doirasida atroflicha fikr yuritildi. Tadbirlarda Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo’limi xodimlari S.Muhammadiyev, A.Ubaydullayev, universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov, Yoshar bilan ishlash bo'limi tyutorlari, fakultetlarning dekan o'rinbosarlari, talaba-yoshlar qatnashdi.

Ma'ruzalarda qayd etilishicha, kiberjinoyatning asosiy turlariga viruslar yordamida zarar yetkazuvchi dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi raqamlarni o‘g‘irlash, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlarni tarqatish kabilar kiradi. Tadbirlar doirasida talabalarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4