Qarshi davlat universiteti
10.6K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.8K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#bag‘rikenglik_haftaligi
#kitoblar_ko‘rgazmasi

Ayni kunlarda yurtimizda "16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni"ga bag‘ishlangan "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkazilmoqda.

Haftalik munosabati bilan Qarshi davlat universitetida "Kitobxonlik bizni birlashtiradi" mavzusida turli millat yozuvchilari, shoirlar hamda olimlarning asarlari va tadqiqot ishlari, milliy madaniy markazlari vakillari tomonidan nashr etilgan adabiyotlardan tashkil topgan  kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
#ma’rifat_ulashib_loyihasi_mehmoni

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍1
#xushxabar

14-noyabr kuni QarMII sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha viloyat final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Keskin va shiddatli kurashlar ostida bellashuvlarda Qarshi davlat universiteti jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏2🔥1
#talabalar_diqqatiga

⚡️Qarshi davlat universiteti Inkubatsiya markazida 2024-yil hisobida 1 000 nafardan ortiq talabalarimiz bepul Web dasturlash tillari va komputer savodxonligi kurslarida o'qidilar, ulardan 500 nafarga yaqini xalqaro darajadagi IT sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

📱 Hurmatli yoshlar! Yil yakuniga qadar davom etadigan kurslarimizga barchangizni taklif etamiz.


Murojaat uchun:
@TrBoburjon
+99891 963 07 70

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🎉2🤩1
doktoranturaga qabul.pdf
409.4 KB
#doktorantura

Qarshi davlat universitetida 2025-yil uchun davlat budjeti hisobidan doktoranturaga (PhD/DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilikka qabul imtihon/suhbat jarayonlari bo'lib o'tadigan sanalar bilan yuqoridagi ⬆️ jadval orqali tanishishingiz mumkin.

Imtihon/suhbat savolnomalari bu yerda 👉 havola

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#xushxabarlar_davom_etmoqda

Bugun oliy ta’lim muassasalari jamoalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning stritbol turi bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, musobaqada Qarshi davlat universiteti talaba yigitlaridan iborat jamoa muvaffaqiyat qozonib, respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, talaba qizlarimiz ham mazmunli o‘yin namoyish etib, uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldilar.

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, musobaqaning mini-futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarida ham universitet jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥2
#tanlovlar
#fakultet_bosqichi

Qarshi davlat universitetida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan insholar, rasmlar, videoroliklar va antikorrupsiya bilimdoni mavzusida tanlovlarga start berildi. Ayni kunlarda ushbu tanlovlarning fakultetlar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, kuni kecha Kimyo-biologiya, Filologiya va Xorijiy tillar fakultetlarida insholar tanlovi o'tkazildi. Ma’lumot o‘rnida, tanlovlarning universitet bosqichi g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
⚡️16-noyabr – “Xalqaro bag‘rikenglik kuni”

Ma’lumki, 16-noyabr – “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. E’tiborlisi, haftalik vatanimizda istiqomat qilayotgan turli millat va din vakillari o‘rtasidagi hamjihatlik, hurmat, bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega. Qarshi davlat universitetida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mamlakatimizda millatlararo va dinlararo totuvlik hamda bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan beqiyos islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ushbu sohada olib borilayotgan izchil siyosatning zamirida ochiq va bag‘rikeng, birdam va hamjihat jamiyat ravnaqini ta’minlashdek ezgu maqsad o‘z mujassamini topgan. Tadbir davomida mavzu doirasida ma’ruzalar, shuningdek, yoqimli kuy-qo‘shiqlar tinglandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1