Qarshi davlat universiteti
10.5K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.8K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#e'lon

⚡️She'riyat ixlosmandlari diqqatiga!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti qoshida "Mushoira" klubi  o'z faoliyatini boshlaganini e'lon qilamiz.

Klubga a'zo bo 'lish uchun quyidagi guruhga a'zo bo'lsangiz shartlar bilan batafsil tanishasiz.

➡️Telegram guruhimiz: @mushoiraqardu

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1
#xalqaro_anjuman

⚡️Hayvonot olamini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari

Joriy yilning 7-8-noyabr kunlari Qarshi davlat universitetida Zoologiya kafedrasi tomonidan “Hayvonot olamini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Anjumanda umurtqasiz va umurtqali hayvonlar faunasini o‘rganishning dolzarb muammolari va istiqbollari, parazititizm, o‘simlik zararkunandalari, biozararlanish va ekologik xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar haqida so‘z bordi.

Konferensiya yalpi majlisida zoolog, biologiya fanlari doktori, professor, OʻzR FA akademigi Azimov Jaloliddin Azimovich, Rossiya Federatsiyasi Oltoy davlat universiteti biologiya fanlari doktori, professor Yakovlev Roman Viktorovich, Qozog‘iston Respublikasi Pavlodar pedagogika instituti biologiya fanlari doktori, professor Jumabekova Bibigul Kallibekovna, Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi, biologiya fanlari doktori, professor Abdullayev Ikram Iskandarovich, O’zbekiston zoologlar jamiyati raisi, biologiya fanlari doktori, professor Kuchboyev Abduraxim Ergashevichning ma’ruzalari tinglandi.

Anjuman sho‘balaridan so‘ng zoologiya fanining dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari, hayvonot dunyosini saqlash va barqaror foydalanish, uni muhofaza etish va monitoring qilish asoslari yuzasidan muhim tahlil va xulosalar ishlab chiqildi hamda kelgusi amalga oshiriladigan rejarlar belgilab olindi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#talabalar_yutug'i

“Til bilimdonlari” hamda “Kitobxon yoshlar ligasi” resublika tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

Joriy yilning 8-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi amfiteatrida “Til bilimdonlari” hamda “Kitobxon yoshlar ligasi” resublika tanlovi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi. Quvonarlisi, ular orasida Qarshi davlat universiteti talabalari ham bor. Jumladan, Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Ulasheva Dinara Mirvohid qizi “Til bilimdonlari” tanlovida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi hamda 5 million so‘m pul mukofoti va III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Tarix fakulteti 3-kurs talabasi Normurodova Sevinch O‘tkir qizi “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 4-mavsumida uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi va planshet, III darajali diplomni qo‘lga kiritdi. Qolaversa, har ikki tanlovning rag‘batlantiruvchi o‘rinlariga Filologiya fakulteti 4-kurs talabalari Yangiboyeva Dilafruz Shuxrat qizi, Samadova Ismigul Sanjar qizi, Shermamatova
Shohista Baxtiyor qizi munosib ko‘rilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining sertifikatlari va smartfonlar bilan taqdirlandi.

Talabalarimizning ushbu yutug‘i bilan samimiy qutlaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉4🔥2👏2🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha

Xabar berilganidek, 8-noyabr kuni “11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning arqon tortish, tosh ko‘tarish, shaxmat va voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqalar qizg‘in va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet Xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1
#yashil_kelajak☘️
#marafon🌿

Bugun Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi. Qarshi davlat universiteti yoshlari ham ushbu marafonda faol ishtirok etdi.

Shuningdek, loyiha doirasida oliygoh hududida 250 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Jarayonlar O'zbekiston 24 telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda yoritildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6