#diqqat_tanlov
📣 “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e'lon qilinadi!
📝 Maqolaga qoʻyiladigan talablar:
1️⃣ . Mavzuning mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi;
2️⃣ . Maqolalarning stilistik va grammatik jihatdan toʻgʻri yozilganligi;
3️⃣ . Mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi;
4️⃣ . Tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
5️⃣ . Mavzuni yoritishda oʻziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
6️⃣ . Mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;
7️⃣ . Mavzuga oid dolzarb masalalar yuzasidan takliflar keltirilganligi.
🏆 Tanlov g'oliblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan rag'batlantiriladi:
🥇 -o‘rin - 2 000 000 so‘m;
🥈 -o‘rin - 1 500 000 so‘m;
🥉 -o‘rin - 1 000 000 so‘m.
⏰ Maqolalar 2024-yilning 1-dekabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
📨 Tanlov ishtirokchilarining maqolalari @Mr_shohfizik telegram manzili va
mr.shohfizik@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon:
📞 +99899 666 43 14
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
mr.shohfizik@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
#ректор_табриги
Ҳурматли тиббиёт ходимлари!
Мана бир неча йилдирки, ноябрь ойининг иккинчи якшанбаси мамлакатимизда "Тиббиёт ходимлари куни" сифатида нишонланади.
Шифокорлик касби – энг машаққатли ва шу билан бирга шарафли касблардан бири ҳисобланади. Чунки, маҳорат, малака, маъсулият инсонларнинг ҳаёти ва тақдирида муҳим ўрин эгаллайди.
Давлатимиз раҳбарининг 2020 йил 12 ноябрдаги ПФ-6110-сонли Фармони билан университетимизда 2021-2022-ўқув йилидан бошлаб Тиббиёт факультети ташкил этилди ва ҳозирда 778 нафар бўлғуси шифокорлар таҳсил олмоқда.
Ўқув дастурларидан келиб чиққан ҳолда қиймати салкам 4 млрд сўмлик дарслик, атлас, адабиётлар ва ўқув лаборатория жиҳозлари харид қилинди. Шунингдек, Қарши шаҳрида жойлашган 18 та тиббиёт муассасаларида талабалар амалиёт ўтамоқда.
Бир сўз билан айтганда, келгусида вилоятимиз учун малакали шифокорлар етиштириш мақсадида мустаҳкам пойдевор қўйилди.
Сизларни касб байрамингиз – Тиббиёт ходимлари куни билан табриклаб, барчангизга сиҳат-саломатлик, шарафли ва масъулиятли фаолиятингизда улкан ютуқ ва омадлар, хонадонларингизга файзу барака тилайман.
Дилмурод Набиев
Қарши давлат университети ректори, профессор

🎉26👍7👏7🔥4🤩2
#xushxabar
⚡️ Sifatli ta'lim: Endi universitet diplomi xalqaro darajada tan olinadi
Xabaringiz bor, 2024-yil sentyabr oyida ENQA – Oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha Yevropa assotsiatsiyasi a’zoligiga ega “IAAR” mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tashqi ekspert komissiyasi Qarshi davlat universitetining ta’lim faoliyati sifati va samaradorligini jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligini baholadi.
Baholash natijasiga ko‘ra, universitetning “60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” bakalavr ta’lim dasturi 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Ta’kidlash joiz, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dastur bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi. Ma'lumot o‘rnida, kelgusida Qarshi davlat universitetining boshqa ta'lim yo‘nalishlarini ham xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ushbu muvaffaqiyat bilan universitet jamoasini tabriklaymiz!

👍65🎉19🤩8🔥4👏3
#табрик
✅ 11 ноябрь - Ўзбекистон касаба уюшмалари куни
Қарши давлат университети жамоаси 11 ноябрь - Ўзбекистон касаба уюшмалари куни байрами муносабати билан соҳа вакилларини самимий муборакбод этади.
Маълумот учун, «Ўзбекистон касаба уюшмалари кунини белгилаш тўғрисида»ги қонунга кўра, 11 ноябрь - Ўзбекистон касаба уюшмалари куни этиб белгиланган.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Қарши давлат университети жамоаси 11 ноябрь - Ўзбекистон касаба уюшмалари куни байрами муносабати билан соҳа вакилларини самимий муборакбод этади.
Маълумот учун, «Ўзбекистон касаба уюшмалари кунини белгилаш тўғрисида»ги қонунга кўра, 11 ноябрь - Ўзбекистон касаба уюшмалари куни этиб белгиланган.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍5
Har bir shifokor o‘z faoliyatini boshlash oldidan, albatta, qasamyod qiladi. Bemor qanday inson, qaysi millat vakili bo‘lishidan qat’iy nazar davolashga, tibbiy yordam berishga ahd qiladi, shu vazifani, mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Viloyat musiqali drama teatrida Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, ota-onalar va Tibbiyot fakulteti talabalari ishtirokida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Dastlab Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor O.Kuziyev fakultetning 1-bosqich talabalariga yo'llangan “Rektor tabrigi”ni o‘qib eshittirdi hamda bo‘lajak shifokorlarning o‘qish va ishlarida ulkan zafarlar tiladi. Joriy o‘quv yilida Tibbiyot fakulteti talabalari safiga 285 nafar o‘g‘il-qizlar qo‘shildi. Bo‘lg‘usi shifokorlar qasamyod qabul qilish orqali teran bilim olishni, kasbni mukammal egallab, xalqimizga vijdonan xizmat qilishni maqsad qilishdi.
Shifokorlik - sharafli va ayni damda o‘ta mas’uliyatli kasb. Bu zahmatli faoliyatga umrini baxshida etmoqchi bo‘lgan yoshlar kelgusida nafaqat egnidagi oq libosi, balki qalbiga ham gard yuqtirmasliklari lozim. Bemorlarga o‘z jon-jigarlari, yaqinlaridek munosabatda bo‘lish uchun esa, avvalo, pokiza niyat, olijanob maqsad va qat’iy ahd zarur. Tadbir davomida faol talabalar taqdirlandi. Qiziqarli sahna ko‘rinishlari, go‘zal kuy-qo‘shiqlar bayram tadbiriga o‘zgacha mazmun kasb etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🎉2
#ma’rifat_ulashib_loyihasi_mehmoni
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#tanlov
➡️ Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajarilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida olib borilishi belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar tanlovi e’lon qilinmoqda.
✅ Mazkur tanlovning fan yoʻnalishlari va amaliy loyiha mavzulari:
1️⃣ Veterinariya va chorvachilik fanlari
➡️ Fitoterapiya veterinariya-yirik shoxli hayvonlarda tugʻruqdan keyingi endometritlarni davolash va oldini olishda iqtisodiy samaradorligi yuqori boʻlgan mahalliy dori vositalarini yaratish;
➡️ Orolboʻyi hududlarida asalari boqishning oʻziga xos yangi texnologiyasini ishlab chiqish;
➡️ Orolboʻyi hududida saksovullar orasida mahalliy yantoq turlarini koʻpaytirish texnologiyasini ishlab chiqish;
➡️ Orolboʻyi hududlarida chorva uchun ozuqabop ekinlarni yetishtirish va mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha namunaviy texnologik xaritalarni ishlab chiqish;
➡️ Orolboʻyi hududida baliqchilik sohasida baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarni ishlab chiqish.
2️⃣ Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
➡️ Orol dengizining qurigan tubida tabiiy iqlim, va tuproq sharoitining oʻzgarishiga moslashini hisobga olgan holda shoʻrga chidamli boʻlgan ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish;
➡️ Janubiy Orolboʻyi tabiiy va ekologik sharoitlarini hisobga olgan holda noanʼanaviy qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish;
➡️ Qoraqalpogʻistonning shoʻrlangan tuproqlari sharoitida paxta va gʻalla ekinlarini har xil organik (baktomin, plantastim, sporagin, fosfomaks, green fulvika, eko root) ozuqalarni qoʻllagan holda yuqori hosil olish agrotexnologiyasini ishlab chiqish;
➡️ Masofadan turib Orolboʻyi zonalarining tuproq xususiyatlarini aniqlash uchun kosmik tasvirlarni spektral tahlil qilish;
➡️ Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasining oldini olish, yuqori mahsuldorlik salohiyatiga erishish, tuproq unumdorligini tiklash texnologiyasini ishlab chiqish;
➡️ Orolning qurigan tubida mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos qashqarbeda, oq joʻxori, xashaki lavlagi, javdar kabi chorva uchun ozuqabop ekinlar navlarini yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish;
➡️ Kuzgi bugʻdoyning yangi navlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasida turli tuproq iqlim sharoitida yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish;
➡️ Yumshoq bugʻdoyning markerlarga asoslangan seleksiya texnologiyasi asosida Qoraqalpogʻiston
Respublikasi tuproq-iqlim sharoitiga mos shoʻrga va qurgʻoqchilikka chidamli, yuqori hosildor yangi navini yaratish.
3️⃣ Filologiya va ijtimoiy fanlar
➡️ Qoraqalpoq zamonaviy ijrochilik sanʼati va folklori namunalari jamlangan elektron platforma yaratish.
▶️ Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha.ilmiy.uz manzili orqali 2024-yilning 10-dekabrga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
➡️ Tanlov shartlari.
Batafsil ma'lumot
https://innovation.gov.uz/contest/post-1784
Murojaat uchun: Ramazon Nurmamatov
📞 +99897 744 03 92
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Respublikasi tuproq-iqlim sharoitiga mos shoʻrga va qurgʻoqchilikka chidamli, yuqori hosildor yangi navini yaratish.
Batafsil ma'lumot
https://innovation.gov.uz/contest/post-1784
Murojaat uchun: Ramazon Nurmamatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Bugun, 11-noyabr kuni, Qarshi davlat universitetiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi 316-sonli buyrugʻi ijrosi yuzasidan Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyatini o'rganish maqsadida Respublika ishchi guruhi tashrif buyurdi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan universitetda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyganligi, ayol pedagoglar, xodimalar va talaba-qizlarning ijtimoiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining mavjudligi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va dekan maslahatchilarining ish rejasi hamda talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, “Qizlarjon”, “Lider qizlar” klublari faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyilganlik holatlari batafsil o‘rganildi. Yakunda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati ijobiy baholandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1🤩1