Qarshi davlat universiteti
10.5K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.8K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
🟦🟦🟦

📢 Professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar diqqatiga!

11-noyabr “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan 2024-yil 8-noyabr kuni soat 14.00 da professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning quyidagi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi.


➡️Arqon tortish (erkaklar jamoalari o‘rtasida)
➡️Tosh ko‘tarish (erkaklar o‘rtasida)
➡️Shaxmat (erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida)
➡️Voleybol (xotin-qizlar jamoalari o‘rtasida)

🎁 Musobaqa natijasiga ko‘ra 1-2-3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar universitet Xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Musobaqalar o‘tkaziladigan joylar
Arqon tortish va tosh ko‘tarish:
📍Universitet stadioni
Shaxmat: 📍Sport fakulteti binosi universitet shaxmat klubi
Voleybol: 📍Universitet sport majmuasi

Murojaat uchun telefon
☎️+99890 721 31 13

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#xalqaro_reyting #xushxabar

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2025-yil uchun (QS Asia University Rankings - 2025) reyting natijalarini e’lon qildi.

Quvonarlisi, Qarshi davlat universiteti ushbu xalqaro reytingda yuqori natija ko‘rsatib, mintaqadagi yetakchi universitetlar qatoridan joy oldi.

Jumladan, natijalarga ko‘ra, Qarshi davlat universiteti QS Osiyo reytingida 825-o‘rinni, Markaziy Osiyo universitetlari orasida esa 55-o‘rinni egalladi.

Ushbu yuksak natija bilan universitet jamoasini chin dildan qutlaymiz!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏45👍25🎉18
Bo'sh ish o'rinlari.xlsx
306.7 KB
#foydali_ma'lumot

⚡️Qarshi davlat universiteti bitiruvchilari diqqatiga!

O'z yashash hududingizga yaqin bo'lgan umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi, shuningdek, viloyatdagi davlat va nodavlat tashkilotlardagi bo'sh ish o'rinlari bilan yuqoridagi ⬆️ jadval orqali tanishishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon:
📲+99890 868 18 68


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#profilaktik_tadbir

⚡️Kiberjinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari

Fizika fakultetida “Kiberjinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo’limi mutaxassisi S.Muhammadiyev, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, dekan o’rinbosari F.Muqimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va 1-bosqich talabalari ishtirok etdi. Tadbirda bugungi globallashuv davrida yoshlar ongi va tafakkuriga salbiy ta’sir etuvchi turli mafkuraviy nayranglar, axborot xurujlaridan saqlanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, kiberjinoyatchilik, huquqbuzarlik, giyohvandlik, ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illatlardan saqlanish, ogohlik va hushyorlikni yo‘qotmaslik, axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish har bir insonning eng muhim burchi, kundalik vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Mavzu doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#Эълон

"Насаф"га чемпионлик кубоги
9 ноябр куни топширилади.


📌 Кириш бепул...

Суперлига 24-туридан ўрин олган "Насаф — Сўғдиёна" учрашуви 9-ноябр куни 17:00 да старт олади.

Учрашувдан кейин мамлакатнинг янги чемпионига кубок топшириш маросими ўтказилади.

💥Ушбу маросимдан концерт дастури ва мушакбозлик ҳам жой олган.

Вилоятини, жонажон Насаф клубини яхши кўрадиган барча талабаларни "Марказий" стадионга чорлаймиз. Байрамни биргаликда нишонлаймиз.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥4
#profilaktik_tadbir

7-noyabr kuni Kimyo-biologiya fakultetida “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish - davr talabi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo’limi mutaxassisi S.Muhammadiyev, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov, dekan o’rinbosari O'.Norchayev, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va 4- bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda kiberjinoyatchilarning hiyla-nayranglariga qanday aldanib qolmaslik haqida ma’lumot berildi, shuningdek, hech kimga bank kartalarining ma’lumotlari va maxfiy kodlarini bermaslik, qimor o‘yinlari va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda qatnashmaslik kerakligi tushuntirildi.Yakunda yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#xalqaro_hamkorlik

Ma’lumki, 2021-yilda Qarshi davlat universiteti va Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan. Ushbu shartnoma doirasida joriy yilning 4-noyabridan 9-noyabrigacha bo‘lgan muddatda Qarshi davlat universiteti dotsentlari Nasiba Azizova, Yorqinoy Xamrayeva Janubiy Qozog‘iston universitetida xizmat safarini o‘tashmoqda.

Tashrifdan maqsad - QS reytingida 150-o‘ringa ega bo‘lgan Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, Erasmus+ dasturi loyihalarini amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish kabilardan iborat.

Xizmat safari davomida universitetimiz olimalari hamkor OTM professor-o‘qituvchilariga "O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida til va madaniyat mushtarakligi" mavzusida seminar o‘tkazdilar. Shuningdek, Filologiya fakulteti rus tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlaridan ma’ruza darslari o‘tmoqdalar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#bilimlar_bellashuvi

10-sonli talabalar turar joyida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tarbiyachi-pedagog M.Rahmonova, Filologiya fakulteti koordinatori S.Niyozova tomonidan mantiqiy savollardan iborat “Bilimlar bellashuvi” o‘tkazildi.

Unda yotoqxonada turadigan talabalar jamoalarga bo‘lingan holda oʻz bilim va koʻnikmalarini sinab koʻrishdi. Oʻyin davomida yoshlarga xos shijoat, topqirlik, gʻalabaga boʻlgan intilish sezilib turdi. Qizgʻin va qiziqarli kechgan bellashuv yakunida gʻolib va sovrindorlar rag‘batlantirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
⚡️Talaba-qizlar bandligi doimiy e’tiborda

Talabalar bandligini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat universitetida “Chevar qizlar” tikuvchilik sexi tashkil etilgan. Bu yerda universitet ichki ehtiyojlaridan kelib chiqib, talabalar turar joylari uchun tikuv-trikotaj buyumlari (yuqori sifatli sochiq, choyshab, matras, yostiq jildlari) ishlab chiqariladi. Tikuvchilik sexida 2 smenada ish tashkil qilingan bo‘lib, 20 nafar talaba-qizlar ish bilan ta’minlangan.

Ish jarayonida tikuv sexi ish yurituvchisi, Texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi T.Qahhorova tomonidan boshlang‘ich tikuvchilikka tayyorlash, milliy kiyimlar tarixi, tikuv mashina jihozlari tuzilishi, tikuv buyumlarni konstruksiyalash va jihozlash, tikuvchilik texnologiyasi oid bilimlar ham berib boriladi. Mazkur tikuvchilik sexida ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba-qizlarni o‘qitish va keyinchalik tadbirkorlik qilish orqali qo‘shimcha daromad topishlari maqsad qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, “Chevar qizlar” tikuvchilik sexi 2022-yil 10-mart kuni ish boshlagan bo‘lib, hozirda sex faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida alohida tikuv xonasi tashkil etildi hamda qo‘shimcha 10 ta yangi zamonaviy rusumdagi tikuv mashinalari xarid qilindi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3