Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasidan o‘rin olgan 23-tur uchrashuvi “Do‘stlik” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Lokomotiv jamoasi Nasaf bilan uchrashdi.
Ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasida Akmal Mozgovoy gol urib hisobni ochdi. Uchrashuvda tomonlar boshqa to‘p kirita olmadi.
Shu tariqa Nasaf safarda Lokomotivni mag‘lub etib, muddatdan avval o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi.
Barakalla Nasaf! Chempionlik muborak bo'lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🎉16👏2🤩2🔥1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik
Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!
Darhaqiqat, globallashuv davrida tahdidlar va tazyiqlar xavf tugʻdirmasidan avval ogohlik, daxldorlik tuygʻularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim. Jamiyatning tinchligiga va xavfsizligiga raxna soladigan barcha xatti-harakatlar, maʼnaviy, mafkuraviy tahdidlar yoshlar ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan xalqimizni haq yoʻldan toydirish, ularni jaholat, buzgʻunchilik, nodonlikka boshlash bilan bor hunarini ishga solyapti.
Yoshlarimizni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash orqali yurtimiz farovonlik va taraqqiyotimiz barqaror boʻladi. Shuning uchun ham yoshlarni maʼnaviyatli, komil inson qilib tarbiyalash, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar jamiyatda sodir boʻladigan har qanday voqeliklarga oʻzgacha, ruhiy his kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar. Qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala — yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir”, deb qayd etgan.
Darhaqiqat, globallashuv davrida tahdidlar va tazyiqlar xavf tugʻdirmasidan avval ogohlik, daxldorlik tuygʻularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim. Jamiyatning tinchligiga va xavfsizligiga raxna soladigan barcha xatti-harakatlar, maʼnaviy, mafkuraviy tahdidlar yoshlar ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan xalqimizni haq yoʻldan toydirish, ularni jaholat, buzgʻunchilik, nodonlikka boshlash bilan bor hunarini ishga solyapti.
Yoshlarimizni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash orqali yurtimiz farovonlik va taraqqiyotimiz barqaror boʻladi. Shuning uchun ham yoshlarni maʼnaviyatli, komil inson qilib tarbiyalash, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#ijodiy_kecha
⚡️ Vatan - sarmanzili saodatimdir!
Viloyat musiqali drama teatrida Qarshi davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Do‘stlik" ordeni sohibi Nafas Shodmonovning "Vatan - sarmanzili saodatimdir!" deb nomlangan ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli ijodkorlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi I.To‘rayev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professorlari N.Jabborov, U.Jo‘raqulov, Muqimiy nomidagi akademik musiqali drama teatri bosh rejissori D.Haqberdiyev, Qarshi davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori O.Kuziyev so‘z olib, kecha qahramonining ilmiy, adabiy, dramaturglik faoliyati, umr yo‘li, chin insoniy fazilatlari haqida to‘xtaldilar.
Shu kuni Nafas Shodmonovning hayoti va ijodi haqida videolavha namoyish etilib, she'rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar ijro etildi. Jumladan, taniqli xonandalar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist O.Xalilova, "Shuhrat" medali sohibi U.Quvvatov, shuningdek, O.Ismoilov, I.Qurbonov, H.Salohiddinov, I.Jumanov, B.Boltayev, E.Rustamovning dilbar qo‘shiqlari kechaga o‘zgacha fayz kiritdi. Tadbir davomida viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Nafas Shodmonov qalamiga mansub "Abu Muin Nasafiy", "Oqsaroy" va "Qobil ila Hobil" asarlari asosida sahnalashtirgan spektakllardan parchalar namoyish etildi.
Ayniqsa, ijodiy kecha mehmonlaridan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, "Mehnat shuhrati" va "Do‘stlik" ordenlari sohibi Turg‘un Beknazarov, "Madaniyat va san'at fidokorlari" ko‘krak nishoni sohiblari Nurbek Mamatov hamda Gulasal Rahmonovaning "Baxshi" musiqali dramasidan kichik ko‘rinishlarni mahorat bilan ijro etganliklari tomoshabinlarning davomiy olqishiga sazovor bo‘ldi. Tadbir yakunida Nafas Shodmonov barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram

👍11🔥5
#ijodiy_kecha
#fotolavhalar
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
#fotolavhalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍2