Qarshi davlat universiteti
10.5K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.8K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#pazandachilik_mahorati

3-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarning darsdan tashqari bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni mustaqil hayotga tayyorlash va pazandachilik mahorati bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishlarini ta'minlash maqsadida hududga xos taom tayyorlash bo‘yicha master klass o‘tkazildi.

Matematika va kompyuter ilmlari fakultetining Xorazm viloyatidan kelib oʻqiyotgan talabasi Muhayyo Ozodboyeva talaba-qizlarga tuxum barak tayyorlash sirlarini oʻrgatdi. Shuningdek, goʻshtli, qovoqli va ismaloqli somsalar ham tayyorlandi. Fakultetning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi F.Klicheva va Yoshlar bilan ishlash bo’limi tyutori Sh.Suyunova talaba-qizlarning oshpazlik mahoratini yuqori baholashdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍4🤩1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#innoWeek_2024

“InnoWeek 2024” - Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya, Ispaniya, Malayziya kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatidan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

14-16-noyabr kunlari O‘zEkspomarkazda o‘tadigan ”Innoweek 2024”da biz bilan bo‘ling!

Darvoqe, tadbirning rasmiy sayti
www.innoweek.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#anjuman #batafsil

⚡️Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari

Xabar berilganidek, Fizika fakulteti Sanoat muhandisligi kafedrasi tomonidan “Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjumani tashkil etildi. Anjumanda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ikkilamchi energiya resurslarini mamlakat energetika balansiga jalb etish va undan unumli foydalanishning fundamental va amaliy dolzarb masalalariga qaratilgan bir qator muammolar muhokama qilindi. Konferensiyani Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori I.Bekpulatov kirish soʻzi bilan ochdi. U oʻz soʻzida anjumanning maqsadi, vazifalari va muqobil energetikaning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan oʻrni toʻgʻrisida fikr bildirdi. Anjumanning plenar yig‘ilishda “Oʻzbekenergo” AJ “Ilmiy-texnika markazi” laboratoriya mudiri, akademik R.Zoxidov “Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning hozirgi holati va istiqbollari” toʻgʻrisida ma'ruza qildi.

Shuningdek, Qarshi davlat universiteti professori M.Normurodov, OʻzR FA Fizika Texnika instituti professori M.Tursunov va OʻzR FA Fizika Texnika instituti professori, akademik. R.Mo‘minov anjuman dasturida belgilangan mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar. Anjumanda, shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori B.Umirzaqovning “Ion implantasiyasining SdTe plyonkalari elektron strukturalari, emission va optik xususiyatlariga ta'siri” mavzusida, OOO “Solar designs” korxonasi direktori, professor N.Avezovaning “Qayta tiklanuvchi energetika: salohiyat, yutuqlar va oʻzaro manfaatli hamkorlik” mavzusida, Ozarbayjon Respublikasi Boku muhandislik instituti Sanoat muhandisligi kafedrasi professori Etibar Gaxramanovning “Ozarbayjonda muqobil energiya manbalari integrasiyasi muammolarini bartaraf etish va optimallashtirish” mavzusida, Fargʻona politexnika instituti professori A.Kasimaxunovaning “Fototermalar uchun yupqa plenkali termoelektrik va fotoelektrik oʻzgartgichlarning ayrim xususiyatlarining dastlabki tahlili” mavzusida, Qarshi muhadislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, professor G’.Uzoqovning “Oʻzbekistonda Biomassa va uglerod chiqindilari energiyasidan foydalanish istiqbollari” mavzularida ma'ruzalari tinglandi.

Konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirildi. Anjuman mehmonlari universitetning geliopoligon maydoni va u yerda bunyod etilgan Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasi bilan ham tanishdilar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥1
🌀#haftalik_dayjest

⚡️ Qarshi davlat universiteti faoliyatiga doir muhim yangiliklar "qisqa satrlarda" (28.10 - 02.11.2024)

☑️ “Til bilimdonlari” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o’tkazilmoqda

☑️ Universitetning 3 nafar talabasi tanlovning respublikasi bosqichida qatnashadi

☑️ Lochin jamoasi qatorasiga uchinchi marta viloyat kubogini qo‘lga kiritdi

☑️ Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar – umr zavoli

☑️ Shoirga ehtirom

☑️ Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi

☑️ Ta’lim va oila

☑️ Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari

☑️ O’zbekistonda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar va islohotlar

☑️ Universitet jamoasi musobaqaning respublika bosqichida qatnashadi

☑️ Vatan - sarmanzili saodatimdir

☑️ Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1