Qarshi davlat universiteti
10.5K subscribers
23.5K photos
1.67K videos
373 files
7.8K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
📣Diqqat tanlov !

🔰Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligiga bag‘ishlangan Respublika miqiyosida “Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy maqolalar” tanlovini o‘tkaziladi.

Tanlovda barcha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va magistrlar ilmiy maqolari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy maqolani rasmiylashtirish taiablari: ilmiy maqola 14 shrift (Times New Roman), 1 interval, sahifaning yuqori, past, chap va o‘ng tomonidan 2 sm hoshiya, 5-6 bet;
ilmiy maqola mavzusi o‘zbek, rus, ingliz tillarida keltiriladi. Navbatdagi satrda ilmiy maqolada muallifining (materiallar yakka mualliflikda qabul qilinadi)
F.I.Sh.; oliy ta’lim muassasasining nomi; ta’lim bosqichi (bakalavr/magistr), ta’lim kursi; elektron pochta manzili; telefon raqami ko‘rsatiladi;
yangi satrdan ilmiy maqolaning qisqacha mazmuni/annotatsiya (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 4-5 qator); kalit so‘zlar (o‘zbek, rus, ingliz tillarida; 6-10 ta) maqola Kirish, Asosiy qism, Xulosalar, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (alifbo tartibida) qismlaridan iborat; matnda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatda keltirilgan tartibda raqamlangan shaklda, kvadrat qavsda keltiriladi.

❗️Faqatgina tartibga rioya qilingan holatda yozilgan maqolalargina tanlovga qabul qilinadi.

🏆 Har bir o‘rin bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari quydagicha rag'batlantriladi:
🥇 1-o‘rin - 7 000 000 so‘m;
🥈 2-o‘rin - 6 000 000 so‘m;
🥉 3-o‘rin - 5 000 000 so‘m.


Tanlovga maqolalar 2024-yilning 5-noyabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

👉Tanlov Nizomi va Baholash mezoni

📨 Tanlov ishtirokchilarining maqolalari Sh.Ibroximov telgram va mr.shohfizik@gmail.com elektron pochtalari orqali qabul qilinadi


📍Murojjat uchun: Sh.Ibroximovga
📞 +998 996664314

QarDu Iqtidorli talabalar telegram kanali:
@QarDuIqtidorlitalabalar
👍11
⚖️👨‍💻👩‍💻💬 📺📺

Ayni vaqtda Qarshi davlat universitetida “Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Anjuman tafsilotlari biroz keyinroq...


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏1🤩1
#ma'ruza_darsi

⚡️O’zbekistonda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar va islohotlar

Geografiya va agronomiya fakultetida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi Yig’ma axborot tahliliy bo’lim boshlig’i Samadov Xurshid Ravshanovich tomonidan “O’zbekistonda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar va islohotlar” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkazildi.

Ma’ruzachi o’z nutqida so’ngi yillarda mamlakatimizda ekologiya sohasiga qaratilayotgan katta e’tibor haqida gapirdi. Jumladan, dunyo bo’ylab yil sayin ekologik muammolarning keskinlashib borayotganligi, O’zbekiston Respublikasi bu sohada peshqadam davlatlar qatorida ekologik siyosat olib borayotganligi, qabul qilinayotgan Prezident qaror va farmonlari, konsepsiyalar, ayniqsa “Yashil makon” umummilliy loyihasi va ularning ijrosi haqida to’liq ma’lumot berib o’tdi.

Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ushbu ma’ruzadan orqali yoshlar ekologiya sohasiga taalluqli muhim ma’lumotlarga ega bo’ldi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1🎉1🤩1
#yengil_atletika

⚡️Yengil atletika musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning yengil atletika turidan oliy ta'lim talabalari hamda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari Qashqadaryo viloyat bosqichi yakunlandi.

Yakuniy natijalarga quyidagicha:

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida:
🥇Shahrisabz pedagogika instituti;
🥈QarDU;
🥉Qarshi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-qizlari o‘rtasida:
🥇G‘uzor Energetika sanoat texnikumi;
🥈Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi;
🥉Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali akademik litseyi;

Professional ta’lim muassasalari o'g‘il bolalari o‘rtasida:
🥇Shahrisabz shahar 2-son k/h maktabi;
🥈Koson tumani 3-son k/h maktabi;
🥉Kasbi tumani 1-son k/h maktabi;

G‘olib va sovrindorlar Sport vazirligi tomonidan ajratilgan diplom va sport epikirovkalari bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1🎉1
#universiada

⚡️Universitet jamoasi musobaqaning respublika bosqichida qatnashadi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sport majmuasida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Universiada” sport musobaqasining gandbol boʻyicha hududiy bosqich bellashuvlari oʻtkazildi.

Yigitlar oʻrtasidagi bahslarda gʻoliblik murabbiylar Kamol Bo'riyev va Botir Salaydinov boshchiligidagi Qarshi davlat universiteti jamoasiga nasib etdi hamda respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Shahrisabz davlat pedagogika instituti gandbolchilari 2-oʻrinni, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi 3-oʻrinni egalladilar.

Qizlar bellashuvida Shahrisabz davlat pedagogika instituti jamoasi gʻolib sifatida keyingi bosqich yoʻllanmasiga sazovor boʻldi. Qarshi davlat universiteti va TATU Qarshi filiali jamoalari keyingi oʻrinlarni band etdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🎉1